Yevropa chempionlar ligasi. Messi - 5-turning eng yaxshi futbolchisi

Narzulla Saydullayev
26 noya 2016, 09:19
"Barselona" hujumchisi Lionel Messi Yevropa chempionlar ligasining 5-turida eng yaxshi futbolchi deb topildi.

"Seltik"ka qarshi o'yinda (2:0) dublga erishgan argentinalik futbolchi UEFA rasmiy saytida o'tkazilgan so'rovnomada 46 foiz ovoz oldi.

Ikkinchi o'rinni Dortmundning "Borussiya" klubi yarim himoyachisi Marko Roys 43 foiz ovoz bilan egalladi. Keyingi o'rinlardan: Rafael Varan (3%), Xuan Kuadrado (3%), Antuan Grizmann (2%), Riyad Maxrez (2%) va Edinson Kavani (1%) joy olishdi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: uefa.com