So’nggi yangiliklar

00:49Шахзод Азмиддинов "Пахтакор" билан хайрлашди  3 00:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси "Чертаново" билан дуранг ўйнади  6 23:57"Реал" Конатени нишонга олди  2 23:28"Пахтакор" бугун Камолиддин Тожиевни бош мураббий этиб тайинлади, аммо унда Про лицензияси йўқ  1 23:14Расман: "Арсенал" Гёкерешни 63,5+10 млн еврога сотиб олди  3 22:58Гёкереш тиббий кўрикдан ўтди ва "Арсенал" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  2 22:35Назорат ўйини. "Нефтчи" ФарДУни аяб ўтирмади, Нимели ва Марушичдан дубль  6 22:17Александар Митрович - "Манчестер Юнайтед"нинг янги мақсади  1 21:45Назорат учрашуви. "Пахтакор" ва "Бунёдкор" жамоалари ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  8 21:22"Тоттенхэм" Родриго учун курашга киришди  1 20:47"Манчестер Сити" Эдерсонни сотишга тайёр  2 20:20Ўртоқлик ўйини. "Сурхон" "Бухоро"дан устун келди  7 19:58"Ливерпуль" Англия терма жамоаси вингерини нишонга олди  3 19:00Ўртоқлик ўйини. "Милан" Гонконгда "Ливерпул"ни мағлуб этди  4 18:40"Реал" "Арсенал" билан учрашув учун делегация тайёрламоқда  10

Evropa CHempionlar Ligasi. Guruh bosqichi rekordlari! Yangiliklar

Evropa CHempionlar Ligasi. Guruh bosqichi rekordlari!

Leonel Messining rekord qayd etishi oddiy holga aylanib qoldi. Lekin, ECHLning guruh o'yinlarida Luis Adriano, Xavi Ernandes va Franchesko Totti kabi futbolchilar tomonidan ham o'ziga hos rekord qayd etildi.

- Messi 6 ta o'yinda 8 ta gol kiritdi va CHempionlar Ligasidagi gollari sonini 75 taga etkazdi. Bu uning ECHL rekordchisi hisoblangan Rauldan (71 gol) o'tib ketishi uchun etarli bo'ldi;



- "SHaxtyor" hujumchisi Luis Adriano guruh o'yinlarida 9 ta gol kiritib Ronalduning rekordini takrorladi;



- "Barselona" futbolchisi Xavi Ernandes ECHLda ko'p o'yin o'tkazish bo'yicha rekordchiga aylanib oldi - 146 ta o'yin;

- "Real" guruh bosqichi o'yinlarida ikki marotaba barcha o'yinda g'alaba qozongan ilk jamoaga aylanib oldi;


- 24 ta gol o'tkazib yuborgan BATE eng ko'p gol o'tkazib yuborish bo'yicha antirekordni takrorladi;

- "Manchester Siti"ga gol kiritgan "Roma" sardori Franchesko Totti turnir tarixida gol urgan eng yoshi katta futbolchiga aylanib oldi. CSKAga qarshi o'yinda esa u natijasini yaxshilab oldi. Uning ko'rsatkichi 38 yosh 59 kunlik;

- Uchinchi turda "Roma"ni 7:1 hisobida mag'lubiyatga uchratgan "Bavariya" uch marotaba 7 ta gol kiritib g'alaba qozongan ilk jamoaga aylandi. Bungacha myunxenliklar 2009 yilda "Sporting" (7:1), 2011 yilda "Bazel"ni (7:1) shuncha gol kiritib yutgandilar;

- BATEni 7:0 hisobida yutgan "SHaxtyor" birinchi bo'limda oltita gol kiritgan ilk jamoaga aylandi;



- Uchinchi turning birinchi kunida umumiy hisobda jamoalar 40 ta gol kiritishdi.


Aziz To'xtamurodov tayyorladi
Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика