So’nggi yangiliklar

12:38Расман: Шерзод Эсанов "Бухоро" футболчисига айланди  1 12:20МТЖ 5 майдан йиғин ўтказади ва Суперлиганинг етакчи клубларига қарши ўртоқлик ўйинларида қатнашади  1 11:58​"Пахтакор" Риаскос, Абдихолиқов ва яна 4 нафар футболчи билан хайрлашганини маълум қилди  3 11:35"Навбаҳор"га РПЛда ўйнаётган ҳимоячи келмоқда  12 11:08Расман: Дмитрий Плетнёв — "Бунёдкор" футболчиси!  2 10:44"Навбаҳор" футболчиси "Қўқон-1912" ўтиши мумкин  0 10:18Санжар Қувватов: "Пахтакор"дан таклиф тушганида ўйлаб ҳам ўтирмадим"  5 09:52“Андижон” Анталияда 10 та ўртоқлик учрашувида қатнашади  7 09:25"Истанбул Башакшеҳир" футболчиси Шомуродов ва Файзуллаевнинг ўйинига юқори баҳо берди  5 08:58Шерзод Насруллаев: "Совринларим сонини кўпайтириш учун "Пахтакор"га келдим. Роналдуга қарши ўйнаш орзум бор эди"  12 08:30Sofascore. Гвардиола мақтаган Ҳусанов кечаги учрашувда неча баҳога лойиқ кўрилди?  2 08:04Камолиддин Тожиев: "Алижоновни қолди десак бўлади. Иккита ҳужумчи олсак..."  3 07:32Гвардиола кечаги ўйиндан сўнг Ҳусанов ҳақида фикр билдирди  10 03:44А Серия. "Интер" "Парма"ни енгди. "Наполи" эса очко йўқотди  1 03:15АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Бёрнли" билан дуранг ўйнади, "Ньюкасл" "Лидс"ни мағлубиятга учратди  11

Evropa chempionatlari tarixi: Evro-1980 Yangiliklar

Evropa chempionatlari tarixi: Evro-1980

"Ko'hna qita" chempionatlari tarixi bilan tanishtirishda davom etamiz.
6-Evropa chempionati 1980 yilning 11-22 iyun kunlari Italiya maydonlarida bo'lib o'tgan. O'tgan chempionatlardan farqli ravishda o'sha turnirda ilk marotaba final bosqichida 8 ta terma jamoa ishtirok etgan. Bundan tashqari ilk marotaba mezbon mamlakat saralash o'yinlarisiz final bosqichiga yo'llanma olgan.

Musobaqaning o'zi ham boshqacha formatda o'tkazila boshlangan: 8 ta terma jamoa 4 tadan ikkita guruhga bo'lingan. Birinchi o'rin egalari finalda, ikkinchi o'rinni qo'lga kiritgan terma jamoalar esa bronza medali uchun kurashda to'qnash kelganlar.

Umumiy qilib aytadigan bo'lsak, ushbu turnir Evropa chempionatlari tarixida eng zerikarlilaridan biri sifatida yodda qolgan. Jamoalar ehtiyotkorliklari, kam sonli muxlislar va tribunalardagi tartibsizliklar bunga misol.

"A" guruhida GFR, CHexoslovakiya, Gollandiya va Greciya terma jamoalari o'rin olgan guruhdan GFR va CHexoslovakiya terma jamoalari mos ravishda birinchi va ikkinchi o'rinni egallaganlar.
"B" guruhida esa Belgiya, Italiya, Angliya, Ispaniya terma jamoalaridan dastlabki ikkitasi birinchi va ikkinchi o'rinni qo'lga kiritganlar.

SHu tariqa uchinchi o'rin uchun bo'lib o'tgan o'yinda CHexoslovakiya hamda Italiya terma jamoalari asosiy vaqtda 1:1 hisobini qayd etganlar. Penaltilar seriyasida esa omad CHexoslovakiya terma jamoasiga kulib boqqan va aynan ular chempionatning bronza medallarini qo'lga kiritganlar.

Finalda esa GFR Belgiyani 2:1 hisobida mag'lubiyatga uchratib, Evro-1980 g'olibiga aylangan.



Klaus Allofs - chempionat to'purari (3 ta gol)


Avvalgi chempionatlar:

Evropa chempionatlari tarixi: Evro-1960

Evropa chempionatlari tarixi: Evro-1964

Evropa chempionatlari tarixi: Evro-1968

Evropa chempionatlari tarixi: Evro-1972

Evropa chempionatlari tarixi: Evro-1976

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика