Evropa chempionatlari tarixi: Evro-1972
23 may 2016 15:45
Yangiliklar
Evropa chempionatlari tarixi: Evro-1972
4-Evropa chempionati 1972 yilda Belgiyada bo'lib o'tgan. O'shanda turnir g'olibligini finalda Sobiq Ittifoq terma jamoasini mag'lub etgan GFR (Germaniya Federativ Respublikasi) terma jamoasi qo'lga kiritgandi.
Yarim finaldan boshlab o'yinlar Belgiyada o'tkazilgan. Lekin, mezbon mamlakat hech qanday imtiyozlarga ega bo'lmagan. Aniqrog'i, belgiyaliklar ham saralash o'yinlarida ishtirok etishgan.
O'sha turnirdan boshlab agar asosiy vaqtda durang bo'ladigan bo'lsa qo'shimcha taymlar qo'shib berilgan. Bungacha esa durang qayd etilsa, o'yin g'olibi qura orqali aniqlangan.
SHuningdek, ushbu chempionatdan boshlab o'yin davomida ikkita o'zgartirishni amalga oshirishga ruhsat berilgan.
Yarim final:
Belgiya - GFR 1:2
Vengriya - Sobiq Ittifoq 0:1
Uchinchi o'rin uchun:
Vengriya - Belgiya 1:2
Final:
GFR - Sobiq Ittifoq 3:0
Eng yaxshi o'yinchi - Gerd Myuller
To'purar – Gerd Myuller (4 ta gol)
Avvalgi chempionatlar:
Evropa chempionatlari tarixi: Evro-1960
Fikrlar