Evropa chempionatlari. Ilk "oltin gol"ga qaysi futbolchi mualliflik qilgan?
31 may 2016 17:10
Yangiliklar
Evropa chempionatlari. Ilk "oltin gol"ga qaysi futbolchi mualliflik qilgan?
Evropa chempionatlariga oid faktlar bilan tanishtirishda davom etamiz.
Bilasizmi? Evro o'yinlarida "oltin gol" qoidasi ilk marotaba 1996 yili Angliyada bo'lib o'tgan chempionatda qo'llangan.
Turnir tarixidagi ilk "oltin gol"ni Germaniya terma jamoasi futbolchisi Oliver Birxoff finalda chexiyaliklar darvozasiga - qo'shimcha vaqtlarda kiritgan va terma jamoasini Evro-96 o'yinlari g'olibiga aylantirgan.
Fikrlar