Evropa chempionatida ishtirok etadigan 20ta jamoa nomi malum
14 okt 2015 02:00
Yangiliklar
Evropa chempionatida ishtirok etadigan 20ta jamoa nomi malum
2016 yili Franciyada navbatdagi Evropa chempionati bo'lib o'tadi.
Evropa chempionati saralash bosqichi yakunlandi. Hozirga qadar musobaqada ishtirok etadigan 20ta terma jamoa nomi aniq bo'lib ulgurdi.
Bular: Franciya, Albaniya, Avstriya, Belgiya, CHexiya, Angliya, Germaniya, Islandiya, Italiya, SHimoliy Irlandiya, Polsha, Portugaliya, Ruminiya, Rossiya, Ispaniya, Slovakiya, SHveycariya, Uels, Xorvatiya va Turkiya terma jamoalari. SHuningdek, yana to'rtta jamoa nomi pley-off o'yinlari orqali aniqlanadi.
Saralash bosqichida o'z guruhlarida uchinchi o'rinni qo'lga kiritgan terma jamoalar pley-off o'yinida o'zaro kuch sinashishadi.
Ukraina, Daniya, SHveciya, Irlandiya, Sloveniya, Bosniya va Gercegovina, Norvegiya, va Vengriya jamoalari qolgan to'rtta o'rin uchun bahs boylashadi.
Fikrlar