So’nggi yangiliklar

01:39Расман: Ўткир Юсупов — "Фулад" футболчиси!  5 01:32"Арсенал" Рафиньянинг трансфери бўйича "Барселона"га кўп миллионлик таклиф тайёрлайди  0 01:05Париж-2024. Ўзбекистон - Миср 0:1, Ҳимоядаги хато қимматга тушди  7 00:53"Атлетико" ва Испания терма жамоаси собиқ футболчиси фаолиятини якунлади  0 00:15РПЛ. Эсанов ҳаракат қилаётган "Акрон" меҳмонда "Факел"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  15 23:35Тимур Кападзе: "Иккала ўйинда ҳам ютишимиз мумкин эди"  110 23:01Расман: "Атлетико" Испания терма жамоаси футболчиси билан шартнома имзолади  1 22:29"Навбаҳор" назорат учрашувида йирик ҳисобда ғалаба қозонди. Қувватовдан норасмий дебют, Никабадзедан хет-трик  10 21:31"Манчестер Юнайтед" форварди ПСЖга ўтиши мумкин  5 21:05Париж-2024. Ўзбекистон иккинчи турда Мисрга ютқазди ва гуруҳдан чиқиш имкониятини йўқотди  849 20:53Париж-2024. Испания терма жамоаси биринчи бўлиб плей-оффга чиқди  7 20:22"Манчестер Юнайтед" испаниялик футболчига қизиқмоқда  1 19:56"Барселона" Уильямс учун кутилганидан 4 млн. евро кўп пул тўлаши керак  2 19:22ФИФА Аргентинанинг эътирозига жавоб берди  5 18:52Ҳусниддин Ғофуров - "Қўқон-1912" футболчиси  3

Evroning Mitti 5 yulduzi Yangiliklar

Evroning Mitti 5 yulduzi

Franciyadagi Evro-2016 musobaqalari ortidan 19 yoshgacha bo'lgan o'smirlar ham ko'hna qitaning eng kuchli jamoasini aniqlab olishdi.

Germaniya maydonlarida o'tgan turnirda 8ta eng sara jamoalar g'oliblik uchun kurash olib borishdi. Yakunda franciyalik yosh iqtidor sohiblari shohsupaga ko'tarilishdi. Quyidagi maqolamiz turnirning eng yorqin kashfiyotlari haqida.

Kim? Filipp Oks (Germaniya)

Klubi:
Xoffenxaym

Prototipi: Marko Roys

Bu noyob iqtidor sohibi aniq va kuchli zarbaga ega, vaziyatni yaxshi his etadi, to'p qaerga qachon etib borishi oldindan sezadi. Qita birinchiligidagi ajoyib o'yinlari bilan Filipp shaxsan Arsen Venger etiborini tortdi. O'tgan yili yarim himoyachi mavsumoldi tayyorgarligini Xoffenxaymning asosiy tarkibida o'tkazdi. Markus Gizdol yosh shogirdining tirishqoqligini qadr­lab, bundesliganing dastlabki 2 turida zaxiradan maydonga tushirdi. Lekin kuzda murabbiylik postini gollandiyalik Xub Stevens egallagach, Oks ishsiz qoldi. CHunki tarkibda Kevin Follanddek etuk futbolchi bor edi. Fevral oyida rahbariyat bosh murabbiylikka Yulian Nagelsmanni taklif etdi. 5 yil davomida o'smirlarga ustozlik qilgan bu mutaxassis Oksni asosiy jamoaga tavsiya etgandi. SHu bois, Filippga ishonch bildirdi. SHu tariqa yosh futbolchi goh yarim, goh qanot himoyachisi sifatida tez-tez maydonga tusha boshladi. Aslida u hujum chizig'ida ham ishonchli to'p sura oladi. Universal yarim himoyachi Portugaliya bilan bo'lgan bahsda xet-trikka erishdi. Biroq bu muvaffaqiyat hatto durang natija uchun ham kamlik qildi. O'z uyidagi Evroni o'ta omadsiz o'tkazgan Germaniya 3:4 hisobida mag'lubiyatga uchrab, guruhda qolib ketdi.

Bildning malumotiga ko'ra, Arsen Venger Oksni kuzatish uchun o'z skautlarini yuborgan. Lekin Filippga shoshmaslikni maslahat berardik. CHunki, uning asosiy raqobatchisi - Kevin Folland Bayerga o'tib ketdi, Nagelsmann esa o'z shogirdiga ishonadi. Demak, yangi mavsumda Oks asosiy tarkibdan muntazam joy olish uchun imkoniyatga ega.

Kim? Joshua Onoma (Angliya)

Klubi:
Tottenxem

Prototipi
: Rahim Sterling

Bu futbolchi ayniqsa o'zining lolarang sochlari bilan Angliya terma jamoasi azolari orasida yaqqol ajralib turadi. Ammo uning mahorati ham yorqinlikda sochlaridan qolishmaydi. Onoma terma jamoada himoya va hujum harakatlarini muvofiqlashtirishga masul, London klubida esa tez orada Dele Alli o'rnini egallashiga shubha yo'q. Joshuaning professional futbolga kirib kelishi 9 yoshidan boshlangan. O'shanda taqachilar skautlari iqtidorli bolakayni qandaydir musobaqada ko'rib qolishgan tezkorligiga qoyil qolishgan. Bolakayning o'zi esa Tottenxem afsonasi - Ledli Kingni o'z kumiri deb hisoblardi. SHu sababli u 16ga chiqqanida CHelsi va Manchester Sitining takliflarini rad etib, taqachilar safiga qo'shilgandi.

Qishda Maurisio Pochettino yosh yarim himoyachini yoshlar jamoasidan asosiy tarkibga taklif etdi. SHu paytgacha Joshua APLning 8ta uchrashuvida maydonga tushdi. Terma jamoada u CHelsi vakili Ayzay Braun bilan hamkorlikda markazda to'p suradi. Uning asosiy vazifasi - hujumchilarni to'p bilan taminlash. Inglizlar o'z guruhlaridagi barcha raqiblarni osonlikcha mag'lub etishdi. Biroq yarim finalda Italiya himoyasini yorib o'ta olishmadi.

Futbolchining Ottenxemdagi mavqei haqida gapirishga hali erta. Lekin bu yarim himoyachining yuksak salohiyat sohibi ekaniga murabbiy shubha qilmayapti. Onoma amaldagi shartnomasini yaqinda 2020 yilga qadar uzaytirdi, hozir asosiy tarkibda yangi mavsumga tayyorgarlik ko'rmoqda.

Kim? Joau Karvalyu (Portugaliya)

Klubi:
Benfika

Prototipi: Andre Gomesh

Aftidan, yurtimizda yangi daho voyaga etishmoqda - Portugaliya matbuotining Karvalyuga bergan bahosi ana shunday. Hujumkor yarim himoyachi o'yinni yaxshi tushunadi, vaziyatga to'g'ri baho bera olishi, to'p uzatishni qoyillatishi bilan faxrlansa arziydi. Ana shu fazilatlari bilan u Rui Koshtani eslatadi. Qolaversa, Joau Benfika afsonasining ko'z o'ngida ulg'ayib, undan ko'p narsalarni o'rgangan. Ha, 19 yoshli daho hozircha burgutlarning asosiy tarkibida maydonga tushishga ulgurgani yo'q. O'tgan yili jamoa bosh murabbiyi Ruy Vitoriya Joauning tengdoshi Renatu Sansheshga ishonch bildirgan va Benfika haqli ravishda chempionlikka erishgandi. Muvaffaqiyatning bosh qahramoni may oyida Bavariya bilan sharnoma imzolab, Evro-2016da ham o'z mahoratini namoyish etdi.

Qizig'i, Franciyadagi qita birinchiligida Portugaliya terma jamoasi asosini Sporting tarbiyalanuvchilari tashkil etishgan bo'lishsa, o'smirlar terma jamoasida Benfika vakillari ko'pchilikni tashkil etishdi. Mazkur jamoa Rossiyani final bosqichidan mahrum etib, yarim finalga qadar etib bordi. Lekin bo'lajak chempion - Franciyaga imkoniyatni boy berdi.

Joau Karvalyu yangi mavsumda Sanshesh o'rnini egallashi mumkin. Ammo Jonas va Konstatinos Mitroglu bilan jangovar uchlikni tashkil etish uchun u Odil Taarabat va Anderson Taliskadan ustun kelishi kerak bo'ladi. Yosh iqtidor sohibining Benfika bilan imzolagan bitimi 2021 yilga qadar amal qiladi.

Kim? Aleks Meret (Italiya)

Klubi:
Udineze

Prototipi: Mattia Perin

Italiya futbolida ham iqtidorli yangi avlod voyaga etmoqda. Paolo Vanoli rahbarligidagi jamoa musobaqaning chinakam kashfiyoti bo'ldi. Skuadra Adzurra o'smirlari ayniqsa himoya va darvozabon chiziqlarida tengsiz bo'lishdi. Aslida, italiyaliklarni o'zgacha tasavvur qilishning iloji ham yo'q edi. Aleks Maret - Udineze tasarrufidagi darvozabon. Bo'yi unchalik baland bo'lmasada (185 sm.), u darvozabon maydonchasiga uzatilgan to'plarni qarshi olishda o'ta ishonarli harakat qiladi. O'z vaqtida CHezare Prandelli Aleksning ulkan salohiyat sohibi ekanini bashorat qilgandi. O'tgan yilning dekabrida Meret Atalantaga qarshi maydonga tushib, jamoadagi debyutini nishonlagandi. Lekin 1-raqam egasi bo'lishga Orestis Karnezisning tajribasi imkon bermayapti. Qolaversa, zebralar tarkibida yana bir iqtidor sohibi - 4 yil muqaddam (U-17) terma jamoasi bilan qita chempionatining finaliga qadar ko'tarilgan Simone Skuffet ham bor. Lekin Antonio Konte Evro-2016ning kengaytirilgan tarkibiga aynan Aleksni loyiq ko'rgani ko'p narsani anglatadi. O'smirlar termasi bilan Meret o'z darvozasidan eng oz to'p o'tkazgan holda finalga etib keldi. Angliya bilan bo'lgan yarim final bahsida 20ta aniq zarbani bartaraf etdi, jamoadoshlari esa to'rt marta ozroq zarba yo'llagan holda 2:1 hisobida zafar quchdilar.

Posbon o'tgan mavsumni SPAL klubida ijarada o'tkazdi, hozir unga Yuventus qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar bor. Biroq hozircha Buffon ishonchli harakat qilmoqda. Demak, yaqin 1-2 yil ichida Meret Udineze tarkibida o'zini ko'rsatishi lozim.

Kim? Jan-Kevin Ogsyustin (Franciya)

Klubi:
PSJ

Prototipi: Hotam Ben-Arfa

Francuz futboli qaytadan tug'ilmoqda....


Maqolaning davomini "InterFutbol" gazetasining saytida o'qish mumkin.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика