So’nggi yangiliklar

08:55"Бухоро" иккинчи даврада рақибларини Қаршида қабул қилади  1 08:30"Ўзбекистонда қолсам, "Бунёдкор"дан бошқа жамоага ўтмасдим" — Луис Качорри билан интервью  1 08:00Луис Энрике ПСЖда ортиқча футболчиларни захирага юборди — Асенсио, Солер ва Шкриньяр клуб изламоқда  0 07:28Кристиан Новак: "Мухлислар стадионда тасаввур қилиб бўлмайдиган даражадаги атмосферани яратишади ва биринчи ўйинимни сабрсизлик билан кутяпман"  2 01:45"Сабаҳ" ва Умарали Раҳмоналиев Европа лигаси саралашида муваффақиятсизликка учради  2 01:22"Галатасарой" Осимхенни сотиб олишга яқин турибди  2 00:54Кристиан Вьери: "Челси" АПЛ ғолиби бўлади"  4 00:31Шайхлар Винисиусни "нишонга олди" ва рекорд сумма тўлашга тайёр  10 00:13"Интер"нинг Лукман учун таклифи "Аталанта"га маъқул келмади  0 23:43"Бунёдкор" назорат ўйинида "Абдиш Ата" билан дуранг қайд этди  1 23:15"Истанбул Башакшеҳир" назорат ўйинида ғалаба қозонди, Элдор Шомуродовдан ассист  3 22:47"Сурхон" Дмитрий Плетнёвнинг кетганини эълон қилди  4 22:24"Манчестер Сити" рекорд трансферни эълон қилди  6 22:04"Реал"да зиддият: Перес ва Алонсо ўртасидаги илк қарама-қаршиликлар юзага чиқди   10 21:26Консейсаунинг "Ювентус"даги келажаги аниқ бўлди  2

Evrofutbolda Yulduzlar jangi, Diyor Imomxo'jaevdan achchiq haqiqat yoxud Erudit Sport yangi sonida o'qing! Yangiliklar

Evrofutbolda Yulduzlar jangi, Diyor Imomxo'jaevdan achchiq haqiqat yoxud Erudit Sport yangi sonida o'qing!

Teglar :  Erudit Sport
Mamlakatimizning etakchi sport nashrlaridan biri Erudit Sport gazetasining 12 oktyabr, payshanba soni anonsi bilan tanishtirib o'tamiz.

Qayd etish kerak, ushbu sonda ham qator qiziqarli, tahliliy-tanqidiy va dolzarb maqolalar o'rin olgan.

XAYRULLA HAMIDOVDAN: TAQDIR IPI

Gazetaning kirish qismida taniqli jurnalist va sharhlovchi Xayrulla Hamidov chiqish qilgan. O'ziga xos yozish uslubiga ega jurnalist Taqdir ipi sarlavhasi ostida JCH-2018 saralash bahslaridan keyin aktual va dunyoni ikkiga bo'layotgan nozik masala yuzasidan mulohaza yuritgan. Albatta, o'qing!

DIYOR IMOMXO'JAEVDAN: KO'CHA FUTBOLI HAQIDA…
4-sahifada jurnalist Diyor Imomxo'jaev o'tgan haftada qabul qilingan Bolalar va o'smirlar futbolini rivojlantirish to'g'risidaga qarorga to'xtalib, bu borada ayni damdagi ahvol haqida ochiq-oydin gapirgan…

FUTBOL PLYUS KO'RSATUVI TIKLANADIMI? SPORT TVDA YANGI KO'RSATUV…
Konferenciya ruknida muxlislar bilan savol-javob qilayotgan Xayrulla Hamidov o'zi muallifligidagi Futbol plyus ko'rsatuvni Sport TVda tiklash borasidagi savolga javob bergan. Qolaversa, muallif Sport telekanalida yangi ko'rsatuv tashkil etilayotgani haqida aytgan.

DIYOR IMOMXO'JAEVDAN MADRID VA BARSELONA TAQQOSI…
5-sahifadagi Konferenciya ruknidagi savol-javobda Diyor Imomxo'jaev Ispaniyadagi sayyohati davomida Madrid va Barselona, Santyago Bernabeu va Nou Kamp stadionlarini taqqoslagan.

JCHGA CHIQA OLMAGANIMIZ FUTBOLCHILAR TRANSFER BAHOSIGA QANDAY TA'SIR QILDI?
Aynan ushbu savolga javobni gazetamizning 7-sahifasida o'qiysiz. Jumladan, muvaffaqiyatsizlik Sergeev, Nesterov va Jeparov bahosiga salbiy tasir qilgan.

OTA-O'G'IL VA 10 QAROQCHI
Jurnalist O'tkir Jalolxonov Bunyodkor klubining Mirjalol Qosimov qo'l ostida qay daraja o'zgarganligi haqida tahliliy maqola elon qilgan. CHindanam, Qaldirg'ochlarda o'zgarish katta.

ISTAKLAR BIRLASHGAN SARHAD YOXUD 24-TUR OLDIDAN
10-sahifada Oliy Liga 24-tur uchrashuvlari oldidan jamoalarning imkoniyatlari saralangan. Lokomotiv - Navbahor, Paxtakor - Qo'qon-1912, Neftchi - Nasaf qarama-qarshiligi va yana qator qiziqarli bahslar kutmoqda bizni. Obod klubining chetlatilish sabablari ham bayon qilingan.
 
DO'STLIK XIZMATI
O'ziga xos yozish uslubiga ega jurnalist Ulug'bek Rahmonqulov Yup Xaynkesning Bavariyaga kelishi haqida mulohaza yuritgan. CHindanam, muallifning fikriga qo'shilmay iloj yo'q.

DIYOR IMOMXO'JAEVDAN: QARICHIMIZ SHU…
Aksariyat muxlislar gazetani so'ngi sahifadan boshlashlari bejizga emas. Aynan so'nggi sahifadagi Ofsayd ruknida Diyor Imomxo'jaev o'zining o'yindan tashqaridagi fikrlari bilan o'rtoqlashadi. Bu safargi Qarichimiz shu maqolasi ham ancha tasirli va achchiq haqiqatdir…

SHUNINGDEK…
- Everton inqirozi…
- Yuventus va Anelli muammosi
- Xarri Keyn haqida
- Nantning ertakchisi Raneri
- Gollandiya, Uels va Rossiya-2018da o'rni bilinadigan termalar…
- Intervyu: Serxio Buskets bilan suhbat
- Hafta o'yinlari: Atletiko - Barsa, Milan derbisi, Liverpul - MYU jangi
- Evropa va jahon futboliga oid maqola va tahlillar, JCH-2018 saralash yakunlari.

DARVOQE…
Erudit Sport gazetasini 12 oktyabr, payshanba kunidan shahar va tumaningizdagi matbuot do'konlari va xususiy tarqatuvichlardan sotib olishingiz mumkin. SHoshiling!

Erudit Sport gazetasi #82-soni muqovasi:


Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика