So’nggi yangiliklar

01:42ЖЧ-2026 саралаши. Украина Исландияда супер ғалаба қайд этди, Германия, Франциядан голлар шодаси ва бошқа натижалар  3 01:15Амир Галенои: "Жаҳон чемпионати олдидан бизга катта тажриба бўлди"  3 00:57Сон Хён Мин рекордчига айланди  1 00:31ЖЧ-2026 олдидан Бразилия Карло Анчелотти билан шартномани узайтирмоқчи  0 00:05Ўртоқлик ўйини. Россия Эронни мағлуб қилди  9 23:45"Манчестер Юнайтед" ҳужумчисини ижарага бериб юбормоқчи  0 23:06Расман: Ноябрь ойида Ўзбекистон Мисрга қарши ўйнайди  9 22:55Холанд фаолиятида 4-марта АПЛда ой футболчиси бўлди  0 22:29Алексис Мак Аллистер ЖЧ-2026 ғолибини тахмин қилди  4 21:58Ўзбекистон термаси собиқ бош мураббийи: "Каннавародан кўра Кападзе термага кўпроқ мос эди"  26 21:44Жамолиддин Раҳматуллаев: "Ишлашимиз керак бўлган жиҳатлар кўп"  0 21:20ЖЧ-2026 саралаши. Қозоғистон Лихтенштейнни йирик ҳисобда мағлуб қилди  5 20:53Марсело Бьелса: "Ўзбекистон билан ўйин жиддийроқ бўлади"  10 20:13А Сериянинг сентябрь ойидаги энг яхши мураббийи маълум қилинди  1 19:56​Бразилия Кореяни тор-мор келтирди  6

Evro-2024. Xorvatiya - Italiya. Prevyu Yangiliklar

Evro-2024. Xorvatiya - Italiya. Prevyu

Bir necha soatdan so'ng Evropa chempionati 3-turidan o'rin olgan Xorvatiya - Italiya uchrashuvi boshlanadi.

O'yin haqida nimalarni bilish lozim?

Zlatko Dalich va Luchano Spalletti uchun uchinchi turning hal qiluvchi o'yini oldidan juda ko'p narsa haqida bosh qotirish kerak. Xorvatiya Ispaniyaga 0:3 hisobida mag'lub bo'lgach hamda Albaniya bilan 2:2 durang o'ynaganidan keyin atigi bir ochko jamg'ardi. Jamoaning bir vaqtlar mustahkam hisoblangan himoyasi allaqachon besh marta buzildi. Leypcigda ijobiy natija qo'lga kirita olish, avvalo, xorvatlarning himoyadagi xatolarini bartaraf etishiga bog'liq bo'ladi.

Evropaning amaldagi chempioni Albaniyaga qarshi ham birinchi o'yinda 23 soniyadan so'ng gol o'tkazib yuborgan holda jabr ko'rdi. Biroq italiyaliklar to'planib, 2:1 hisobida g'alaba qozonishdi. Ammo Ispaniyaga qarshi o'yinda Spaletti shogirdlari EVRO g'oliblarining xira soyasidek ko'rindi. Faqat bitta jamoa ushbu unvonni munosib himoya qila olgan, Italiya esa buni amalga oshirish uchun avval yo'qotadigan hech narsasi yo'q bo'lgan Xorvatiyaga qarshilik ko'rsatib, pley-offga yo'l olishi kerak kerak.

Taxminiy tarkiblar

Xorvatiya: Livakovich; Stanishich, SHutalo, Pongrachich, Gvardiol; Modrich, Brozovich, Kovachich; Pashalich, Kramarich, Suchich

Kartochkasi bor futbolchilar: Ivushich

Italiya: Donnarumma; Darmian, Bastoni, Kalafori, Dimarko; Kristante, Jorjino; Barella, Pellegrini, Keza; Retegi

Kartochkasi bor futbolchilar: Kalafori, Kristante, Donnarumma, Pellegrini

Oxirgi natijalar

Xorvatiya

Oxirgi natijalar (barcha turnirlar, oxirgi o'yinlar birinchi bo'lib sanab o'tilgan, G' - g'alaba, D - durang, M - mag'lubiyat): DMG'G'G'D

Italiya

Oxirgi natijalar: MG'G'DG'G'

Ekspertlar fikri

Xorvatiyalik muxbir Elvir Islamovich

Xorvatiya bundan ham qiyin vaziyatlardan chiqib ketgan. Uning shiori: "Eng yaxshi lahzamiz qiyin vaqtlarda". Hozirgi vaziyatda bu shior juda o'rinlidir. Dastlabki ikki o'yin ko'ngildagidek o'tmagan bo'lsa-da, har ikki bahsning ikkinchi bo'limida xorvatlar kuchayishdi. Dalich, albatta, bir necha o'zgarishlar amalga oshiradi: ehtimol, Marselo Brozovichni zaxiraga olib, Luka Modrich va Mateo Kovachichni tayanch zonasiga qaytarar hamda, oldinga iqtidorli Luka Suchichni joylashtirar. Dalich biror yo'l topishi kerak, ammo ishlar orqaga ketayotganda, u shunday yo'l tutardi.

Italiyalik muxbir Paolo Menikuchchi

Albaniyaga qarshi muvaffaqiyatli startdan so'ng, amaldagi chempionlar Ispaniya tomonidan osmondan erga tushirildi. Spalletti boshlang'ich tarkibida bazi o'zgarishlar qilishi kutilmoqda, ammo ko'proq u o'yinchilarining psixologiyasi bilan ishlashi kerak, chunki futbolchilar "qizil furiya"ga qarshi o'yinda juda ko'p sarosimaga tushishdi. Xorvatiyaga qarshi bahsda quyi pog'onaga tushib qolish qo'rquvi juda katta xatoga olib kelishi mumkin. Ammo Italiya, albatta, Gelzenkirxendagiga qaraganda yaxshiroq o'yin ko'rsata oladi.

Murabbiylar fikri

Xorvatiya jamoasi bosh murabbiyi Zlatko Dalich: "Turnirni yaxshi boshlamadik, o'zimizning haqiqiy darajamizni ko'rsatmadik. Osonlikcha gollar o'tkazyapmiz. 2022 yilgi jahon chempionati guruh bosqichida atigi bir gol o'tkazgan edik, hozir esa bu ko'rsatkich allaqachon beshtaga etdi. Perishich Qatardagi kabi o'zining eng yaxshi holatida emas. Kimdir ikki yil ichida biroz keksaydi, qolaversa, raqiblarimiz juda kuchli jamoalar sanaladi. Ammo asosiy muammo shundaki, biz juda osonlik bilan gol o'tkazishga yo'l qo'ymoqdamiz".

Italiya jamoasi bosh murabbiyi Luchano Spalletti: "Xorvatiya nafaqat kuchli, balki juda tajribali jamoa hisobalanadi. O'yin tempini qachon oshirish va qachon sekinlashtirish, to'pni nazorat qilish borasida tushunchaga ega bo'lgan holda hushyorlikni yo'qotmasligimio' darkor. Birinchi va ikkinchi turlarda bazi o'zgarishlarni qilishda xatoga yo'l qo'ydim. O'ylaymanki, endilikda tuzatishlar qilish kerak bo'ladi".

Eslatib o'tamiz, "B" guruhi 3-turidan o'rin olgan Xorvatiya - Italiya uchrashuvi 25 iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика