So’nggi yangiliklar

09:20"Каттақўрғон" яна бир тажрибали футболчи билан шартнома имзолади  0 08:53Грузиялик футболчи фаолиятини "Сурхон"да давом эттиришга яқин  2 08:26Пўлатхўжа Холдорхонов фаолиятини водийда давом эттиради  3 07:58Грузия терма жамоасининг собиқ футболчиси "Бухоро"га ўтмоқда  8 07:30Эрон ОАВси. Сергеев "Персеполис" билан шартнома имзолади  8 03:15Африка кубоги. 1/8 финал. Мали пенальтилар сериясида Тунисни мағлуб этди, Сенегал эса Судан устидан зафар қучди  0 03:03Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди  24 03:00А Серия. "Аталанта" ўз уйида "Рома"ни мағлуб этди  1 02:11Саудия Арабистони Про лигаси. "Ал Иттиҳод" ўз майдонида рақобатчисини мағлуб этди  0 00:26АПЛ. "Арсенал" 5 та гол урилган ўйинда меҳмонда "Борнмут"ни мағлуб этди, Райсдан дубль!  12 23:59А Серия. "Ювентус" ўз майдонида "Лечче"ни мағлуб этолмади  4 23:35Ўзбекистон ва Озарбайжон чемпионлари Анталияда ўзаро ўйнашади  4 23:17БАА чемпионати. "Ал Батаэҳ" ўз майдонида "Дибба"га мағлуб бўлди, ўзбекистонлик икки ўйинчи баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  2 22:30"Астон Вилла" кетма-кет 11 уй ўйинида ғалабага эришди  6 22:12АПЛ. "Вулверхэмптон" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  3

Evro-2024. Turkiya supergollar evaziga Gruziyani mag'lub etdi Yangiliklar

Evro-2024. Turkiya supergollar evaziga Gruziyani mag'lub etdi

Evro-2024 doirasida Turkiya hamda Gruziya terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuv yakunlandi.

Ushbu sahifa orqali o'yindan matnli translyaciyani kuzatishingiz mumkin bo'ldi. 

Evro-2024, F guruhi

"Signal Iduna Park", Dortmund

Turkiya-Gruziya 3:1 

Gollar: 1:0 – 25 Muldur, 1:1 – 32 Mikautadze, 2:1 – 65 Guler, 3:1 - Akturkoglu 90+7.

Turkiya – Gunok, Muldur (CHelik, 85), Bardakchi, Akaydin, Ayxan (Demiral, 79), Kadioglu, CHalxanoglu (Ozjan, 90), Kokchu, Guler (Yaziji, 79), Yilmaz, Yildiz (Okturkoglu, 85).

Gruziya – Mamardashvili, Kakabadze, Kashiya, Kverkveliya (Zivzivadze, 85), Dvali, Citaishvili (Lochoshvili, 74), Kochorashvili, CHakvetadze (Davitashvili, 73), Mekvabishvili (Altunashvili, 89), Kvaracxeliya, Mikautadze.

Ogohlantirishlar: Bardakdji (35), Kverkveliya (56), CHalxanoglu (89).


- - - - - - - -

UCHRASHUV YAKUNLANDI! Qiziqarli kechgan uchrashuvda Turkiya g'alabaga erishdi!

90+7.GOOL!!! Turkiya qarshi hujumda gol urmoqda. Gruzin darvozabonining oldinga chiqib ketganidan foydalangan Turkiya terma jamoasi vakili Akturkoglu gol urdi! Endi tamom! 3:1!

90+4.Gruziya bosim uyushtirmoqda. Darvozabon ham Turkiya darvozasi tomonga etib kelgan. 

90.CHsalxanoglu o'rniga Ozjan maydonga tushdi. 

90.Hakam 2-bo'lim uchun 6 daqiqa vaqt qo'shdi. 

89.Gruziyada o'zgarish: Mekvabishvili o'rniga Altunashvili o'yinni davom ettirib qo'yadi. 

89.CHalxanoglu taktik fol uchun sariq kartochka oldi. 

85.Turkiyaning ilk goli muallifi Muldur, shuningdek Yildiz maydonni tark etmoqda. Ular o'rniga CHelik va Akturkoglu maydonga tushdi. 

84.Gruziyada yana o'zgarish: Kverkveliya o'rniga Zivzivadze maydonga tushdi.  

82.Gruziya oldinga o'tdi. Xvicha chalqancha usulda zarba berishga urindi. Ammo bu zarba amalga oshmadi va futbolchi kichik jarohat oldi. 

79.Turkiya safida Gyuler va Ayxan maydonni tark etdi. Ularning o'rniga Demiral va Yaziji maydonga tushdi.

74.Gruziyada o'zgarishlar: CHakvetadze va Citaishvili o'rniga Lochoshvili hamda Davitashvili maydonga tushdi.

70.Gruziya oldinga o'tdi! Zarbaaaa! "SHtangaaaa!"

65.GOOOOOL!!! Supergol!!!!! Arda Gyulerrrr!!! 2:1! CHap oyoqdagi superzarba va ajoyib gol! 

62.Gruziyadan yana hujum! Biroz noaniqlik... Qiziq uchrashuv!

57.Zarbaaaaa!!! CHalxanogluning jarimadan bergan zarbasini Gruziya darvozaboni Mamardashvili qaytarib yubordi. Ajoyib zarba va shunga monan seyv!

55.Kverkveliya sariq kartochka oldi. 

51.Gruziya oldinga o'tdi! Xvicha chap qanotdan to'p uzatgandi. Mikautadzening zarbasiga esa himoyachilar to'g'anoq bo'lishdi.

46.IKKINCHI BO'LIM BOSHLANDI!


45+1.BIRINCHI BO'LIM YAKUNLANDI! TANAFFUS!

42.Xvicha katta tezlikda oldinga o'tgandi. Biroq turk himoyachisi juda yaxshi harakat qilib, raqibning "reydi"ni to'xtatdi.

35.Uxxxx.... Gruziya yana oldinga o'tdi. Biroz noaniq zarba. Aks holda gruzinlar oldinga o'tib olishardi!

35.Turkiya vakili Bardakchi raqibini ushlab qolgani uchun sariq kartochka oldi.

32.GOOOOL!!! Hisob tenglashdi - 1:1! Jorj Mikautadzeeee!!! Bu Gruziya uchun tarixiy gol! Gruziya Evropa chempionatida ilk golini urdi!

27.GOOOOL!!! 2:0! Lekin "offsayd" bo'lgan ekan... Yilmazning goli VAR orqali tekshirildi va o'yindan tashqari holat qayd etilganligi aniqlandi. 

25.GOOOOL!!! Mulduuuur!!!! CHap qanotdan uzatib berilgan to'pni to'xtatmasdan, kuchli zarba bilan raqib darvozasiga "sanchib" qo'ydi!

21.CHalxanogludan kuchsiz va noaniq zarba...

20.Gruziya ham oldinga o'tdi. Berilgan zarba turkiyalik himoyachiga tegdi va to'pni darvozabon ushlab oldi.

14.Turkiya bosim qilmoqda. Gruzin darvozabonidan seyv!

10.Yana bir zarbaaaa!!! Bardakchining bergan zarbasi darvoza ustuniga tegib qaytdi!

6.Zarbaaaa! Ayxanning zarbasi darvoza to'sini ustidan o'tib ketdi.

1.UCHRASHUV BOSHLANDI!

-Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. 


Turkiye

Mert Muldur - 25', Arda Guler - 65', Kerem Akturkoglu - 90'

EURO Grp. F . 1-tur

18/06/2024, 22:00

1
:
3
Tugadi

Georgia

Georges Mikautadze - 32'

Stadion: Signal Iduna Park, 59127 tomoshabin

Bosh hakam: Facundo Tello

45'
90'
25'  Mert Muldur
27'  Kenan Yildiz
35'  Abdulkerim Bardakci
65'  Arda Guler
65'  Kaan Ayhan
79'  Arda Guler (Yusuf Yazici)
79'  Kaan Ayhan (Merih Demiral)
85'  Mert Muldur (Mehmet Zeki Celik)
85'  Kenan Yildiz (Kerem Akturkoglu)
89'  Hakan Calhanoglu
90'  Hakan Calhanoglu (Salih Oezcan)
90'  Kerem Akturkoglu
32'  Georges Mikautadze
32'  Giorgi Kochorashvili
55'  Solomon Kverkveliya
74'  Giorgi Tsitaishvili (Luka Lochoshvili)
74'  Giorgi Chakvetadze (Zuriko Davitashvili)
85'  Solomon Kverkveliya (Budu Zivzivadze)
89'  Anzor Mekvabishvili (Sandro Altunashvili)

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика