So’nggi yangiliklar

13:53Мбаппе жиддий жароҳатдан қутулиб қолди. У кейинги ҳафтада "Реал" билан машғулот ўтказиши мумкин  0 13:10"Бавария" 39 ёшли Нойер билан шартномани узайтиради?  1 12:32"Манчестер Юнайтед" "Реал" ярим ҳимоячисига эътибор қаратди  2 12:02Кевин Амаро: "Ўзбекистон - биз учун сирли жамоа"  1 11:29"Ювентус" Сандро Тонали учун "Манчестер Юнайтед" билан баҳслашади  0 10:55Англиялик футболчи одам ўлдиргани учун қамоқхонада ўтириб чиқиб, собиқ жамоасига қайтди  3 10:30Marca нашри "Реал Мадрид"нинг шорт-листидан ўрин олган уч нафар ҳимоячи номини эълон қилди  2 10:02Футзал. "Сурхон" ва "Нефтчи"да мағлубият. "Бунёдкор" рақибига 8 та гол урди  0 09:33"Олтин тўп" соҳиби: "МЮ - футболчилар қабристонига айланиб қолди"  3 09:05"Реал Мадрид" юлдузи ҳам жароҳат олди  4 08:36"Барселона" футболчиси терма жамоа сафида жароҳат олди  5 08:14Сон Хин Мин рекорд ўрнатди  7 07:35Ўсмирларимиз бугун Туркияга қарши "Жар"да майдонга тушади  4 01:42ЖЧ-2026 саралаши. Украина Исландияда супер ғалаба қайд этди, Германия, Франциядан голлар шодаси ва бошқа натижалар  4 01:15Амир Галенои: "Жаҳон чемпионати олдидан бизга катта тажриба бўлди"  7

Eriksen Evroga qaytgan uchrashuvda Daniya Sloveniya bilan durang o'ynadi Yangiliklar

Eriksen Evroga qaytgan uchrashuvda Daniya Sloveniya bilan durang o'ynadi

Evro-2024 "S" guruhi 1-turidan o'rin olgan Sloveniya hamda Daniya terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuv yakunlandi.

Uchrashuv tafsilotlari bilan ushbu sahifa orqali onlayn tarzda tanishib borishingiz mumkin bo'ldi. 


Evro-2024, C guruhi, 1-tur

SHtutgart, "MHP Arena"

Sloveniya - Daniya 1:1 

Gollar: Eriksen 17, Yanja 77.

Sloveniya – Oblak, Stoyanovich (Verbich, 67), Karnichnik, Drkushich, Biyol, Yanja, Brekalo, Kurtich, Gnezda-CHerin, Elshnik (Gorenc-Stankovich, 76), SHporar, SHeshko, Mlakar (Celar, 75).

Daniya – SHmeyxel, Ba, Vestergor, Kristensen, Andersen, Kristiansen (Mele, 78), Eriksen, Xeyberg (Nergor, 84), Yulmand (Dileyni, 89), Vind (Dolberg, 83), Xeylund (Poulsen, 83).

Ogohlantirishlar: Yulmand (49), Stoyanovich (53), Celar (84).

- - - - - - - - - 


90+4. UCHRASHUV YAKUNLANDI! Jamoalar 1 ochkoga ega chiqishdi. 

90. Hakam ikkinchi bo'limga 4 daqiqa vaqt qo'shdi. 

86. Daniya qisqa paslar evaziga oldinga o'tmoqda. Yakuniy zarbani esa Oblak ushlab oldi. 

84.Celar Eriksenga nisbatan qoidani buzgani uchun sariq kartochka oldi. 

82. Daniyada uchta o'zgarish: Xeylund o'rniga Poulsen, Vinn o'rniga Dolberg, Xeyberg o'rniga Nergor maydonga tushdi.

81. Zarbaaaa!!! SHporar ajoyib imkoniyatdan foydalana olmadi. Sloveniyadan kambek bo'lishiga oz qoldi!

77.GOOOOOL!!!! Erik Yanjaaaa!!!! Uning tepgan to'pi raqib futbolchisiga tegib rikoshet orqali SHmeyxel darvozasiga borib tushdi - 1:1!

75. Sloveniyada o'zgarishlar: Elshnik o'rniga Gorenc-Stankovich, Mlakar o'rniga Celar maydonga tushdi.

74. Zarbaaaa!!! SHporar jarimadan etkazib berilgan to'pga zarba berdi va darvoza tomon ketayotgan to'p yo'nalishini o'zgartirib yubordi. 

71. Vinning boshi bilan bergan zarbasi noaniq. 

67. Sloveniya safida Stoyanovich o'rniga Verbich maydonga tushdi. 

66. Endi Sloveniyadan hujuuuum!!! Gnezda-CHerinning boshi bilan bergan zarbasi biroz noaniq. 

65. Uxxxx! Daniyadan yana hujum. Sal qolishiga ozgina qoldi! 

63. O'yin tempi biroz tushdi. Hozircha yorqin vaziyatlar ko'rmayapmiz.

57. To'p nazorati Daniyada. Sloveniya esa himoyalanmoqda. 

53. Stoyanovich Xyoybergga nisbatan qo'pol o'yin uchun ogohlantirildi. 

53. Sloveniya penalti tepishi mumkin edi. Hakam VARga murojaat qildi va penalti yo'qligini qayd etdi. 

49. Yulmand SHeshkoga nisbatan qo'pol o'ynagani uchun sariq kartochka oldi. 

IKKINCHI BO'LIM BOSHLANDI!

TANAFFUS!

45. Birinchi bo'limga 1 daqiqa vaqt qo'shib berildi.

43. Yana Daniya. Yana Eriksen! Biroq Kristianning zarbasi juda noaniq...

38. Sloveniya oldinga o'tdi. Biroq yakunda yana "offsayd" qayd etildi. 

34. Daniya yana bosim uyushtirmoqda. Kristian Eriksen ajoyib tarzda harakat qilyapti. 

28. Eriksendan burchak zarbasi. Oblak o'z o'rnida.

25. Uxxxx... Sloveniya vakillari oldinga o'tishgandi. Lekin bu vaziyatda o'yindan tashqari holat qayd etildi. 

Yodingizda bo'lsa avvalgi Evropa chempionatida Kristian Eriksenning yuragi to'xtab qolgandi. O'shandan so'ng Kristian yana ushbu musobaqaga qaytdi va qaytishni gol bilan nishonladi. O'sha kunga roppa-rosa 1100 kun bo'libdi!


17. GOOOOOLLLL!!! Kristian Eriksen!!! Vinn o'ng qanotdan to'pni Eriksenga etkazib berdi. Tajribali Kristian esa to'pni ajoyib tarzda to'xtatib oldi va raqib darvozasini ishg'ol etdi! 

15. Zarbaaaa!!! Sloveniya futbolchisi SHeshkoning bergan zarbasi juda xavfli ko'rinish oldi. 

9. Eriksenning burchakdan oshirgan zarbasi samarasiz bo'ldi. 

6. Endi Sloveniya ham oldinga o'tdi. Daniya himoyalanmoqda.

2. Daniya dastlabki daqiqalarda "shturm" uyushtirmoqda.

1. UCHRASHUV BOSHLANDI!

-Davlat madhiyalari yangramoqda.

-Jamoalar maydonga chiqib kelishdi.

-Assalomu alaykum hurmatli futbol ishqibozlari. Evro-2024 doirasida Sloveniya hamda Daniya terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuvdan matnli translyaciyani boshlaymiz. 



Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 21:00da start oladi. 

Slovenia

Erik Janza - 77'

EURO Grp. C . 1-tur

16/06/2024, 22:00

1
:
1
Tugadi

Denmark

Christian Eriksen - 17'

Stadion: MHPArena, 54000 tomoshabin

Bosh hakam: Sandro Schaerer

45'
90'
53'  Petar Stojanovic
67'  Petar Stojanovic (Benjamin Verbic)
75'  Jan Mlakar (Jon Gorenc-Stankovic)
75'  Timi Elsnik (Zan Celar)
77'  Erik Janza
84'  Zan Celar
90'  Andraz Sporar (Jasmin Kurtic)
90'  Benjamin Sesko (David Brekalo)
17'  Christian Eriksen
17'  Jonas Wind
49'  Morten Hjulmand
78'  Victor Kristiansen (Joakim Maehle)
83'  Rasmus Hoejlund (Yussuf Poulsen)
83'  Jonas Wind (Kasper Dolberg)
83'  Pierre-Emile Hoejbjerg (Christian Noergaard)
89'  Morten Hjulmand (Thomas Delaney)

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика