"Manchester Yunayted" hujumchisi 1 oyni maydon tashqarisida o'tkazadi
18 noy 2025 15:11
Yangiliklar
"Manchester Yunayted" hujumchisi 1 oyni maydon tashqarisida o'tkazadi
MYU yozgi transferi Benyamin Sheshkoning tiklanish muddati elon qilindi.
"Sky Sports" xabariga ko'ra, "Manchester Yunayted"ning 22 yoshli futbolchisi APL 11-turida "Tottenxem"ga qarshi o'yinda jarohat olganidan so'ng 1 oygacha safdan chiqdi.
Sloveniyalik hujumchiga tizza jarohati tashxisi qo'yilgan. Klub tibbiy xodimlarining so'zlariga ko'ra, jarohat jiddiy emas va u 4 hafta ichida to'liq sog'ayib ketishi kutilmoqda.
Sheshko o'tgan yozda Germaniyaning "Leypcig" jamoasidan 77 million evro evaziga kelib qo'shilgandi. U ushbu mavsum "qizil iblislar" safida 12 o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli pas uzatdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar