So’nggi yangiliklar

02:00Ла Лига. "Барселона"нинг ғалабали серияси 8-ўйинга келиб якунланди, "Осасуна" Каталония жамоасига 4та гол урди  118 01:25Давид Сильва: "Футбол роботлашиб қолди, иқтидорларда эркинлик кам. Бугун тики-такани кўриш қийин"  0 00:10Эрон чемпионати. "Фулад" ва Юсупов ўз уйида "Зоб Ахан"дан устун келди  1 00:00РПЛ. "Акрон" меҳмонда "Ростов"дан устун келди, Шерзод Эсанов эса...  1 23:40Бундеслига. "Бавария" ва "Байер" ўртасидаги марказий ўйинда дуранг қайд этилди  3 23:30АПЛ. Салоҳнинг голи "Ливерпуль" меҳмонда "Вулверхэмптон" устидан ғалабани тақдим этди  4 23:03Туркия Суперлигаси. "Ризеспор" меҳмонда мағлубиятга учради, Алиқулов 90 дақиқа ҳаракат қилди  1 22:57А Серия. "Ювентус" меҳмонда "Женоа"ни йирик ҳисобда таслим этди  3 22:33Карло Анчелотти: "Атлетико" кучлироқ бўлди, улар "Реал" ва "Барселона" билан чемпионлик учун курашишади"  0 22:00Лига 1. "Ланс" ўз майдонида "Ницца" билан дуранг қайд этди, Ҳусанов доимгидек ўйиннинг энг яхши ўйинчиси бўлди  15 21:34Илёс Зейтуллаев: “Дуранг биз учун жуда қониқарли натижа эмас”  6 21:26Рўзиқул Бердиев: “Биринчи голдан сўнг эътиборсизликка йўл қўйдик”  13 21:14АПЛ. "Арсенал" "Лестер"га қарши ўйинда 90+2 ва 90+9 дақиқаларда урган голлари эвазига ғалабага эришди  8 19:59Палмер рекорд ўрнатди  12 19:39"Реал" собиқ ҳужумчиси: "Ямаль келажакда буюк футболчилардан бирига айланиши мумкин"  7

Evro-2024. Slovakiya va Ruminiya murosa ko'chasini tanlashdi Yangiliklar

Evro-2024. Slovakiya va Ruminiya murosa ko'chasini tanlashdi

Germaniyada o'tkazilayotgan Evro-2024 guruh bosqichi uchinchi turidan o'rin olgan Slovakiya – Ruminiya uchrashuvi bo'lib o'tdi.


Slovakiya – Rumyniya 1:1
"Doyche bank Park" stadioni
Gollar
: 1:0 – 24 Duda, 1:1 – 37, Marin penaltidan.

Slovakiya – Dubravka, Pekarik (Domber, 90), SHkrinyar, Vavro, Gancko, Kucka, Lobotka, Duda (Bero, 90), Garaslin (Suslov, 70), SHranc (Dyurish, 78), Strelec (Bojenik, 70).

Ruminiya – Nice, Raciu, Burke, Dregushin, Banku, Xadji (Man, 66), Stanchu, Marin (Rus, 86), Marin, Dregush (Pushkash, 67), Koman (Soresku, 58).

Ohlantirishlar: Burke (45+1), Banku (45+3), Pushkash (88), Duda (90+1).


Slovakia

Ondrej Duda - 24'

EURO Grp. E . 3-tur

26/06/2024, 21:00

1
:
1
Tugadi

Romania

Razvan Marin - 37'

Stadion: Deutsche Bank Park, 45033 tomoshabin

Bosh hakam: Daniel Siebert

45'
90'
24'  Ondrej Duda
24'  Juraj Kucka
35'  David Hancko
70'  Lukas Haraslin (Tomas Suslov)
70'  David Strelec (Robert Bozenik)
78'  Ivan Schranz (David Duris)
90'  Ondrej Duda
90'  Peter Pekarik (Norbert Gyomber)
90'  Ondrej Duda (Matus Bero)
37'  Razvan Marin
45'  Andrei Burca
45'  Nicusor Bancu
55'  Edward Iordanescu
58'  Florinel Coman (Deian Sorescu)
66'  Ianis Hagi (Dennis Man)
66'  Denis Dragus (George Puscas)
86'  Razvan Marin (Adrian Rus)
88'  George Puscas


Ushbu sahifada uchrashuvning matnli translyaciyasini kuzatib borishingiz mumkin bo'ldi.

YANGILASH


90+4-daqiqa. Bo'ldi, hakamning final hushtagi chalindi!

90+2-daqiqa. O'zgarishlar! Duda va Pekarik o'rniga Norbert hamda Matush Bero maydonga tushdi. 

90+1-daqiqa. Ogohlantirish! Ondrey Duda Dennis Manga nisbatan fol uchun kartochka ishlab oldi. 

90-daqiqa. Zaxira hakami uchrashuvning asosiy vaqtiga 3 daqiqa qo'shib berilganini malum qildi. 

90-daqiqa. O'yin davom etadi. 

Milan maydonda yotibdi. SHifokorlar unga yordam ko'rsatishi zarur.

88-daqiqa. Ogohlantirish! George Pushkash SHkrinyarga nisbatan fol uchun kartochkaga loyiq ko'rildi.

86-daqiqa. O'zgarish! Rezvan Marin o'rnini Adrian Rusga bo'shatib berdi.

83-daqiqa. Marius Marin Denis Vavroga nisbatan fol ishlatdi.

77-daqiqa. O'zgarish! Ivan SHranc o'rnini David Dyurishga bo'shatib berdi.  

75-daqiqa. Robert Bojenik to'p uchun kurashda Dragushinga nisbatan fol ishlatdi. 

72-daqiqa. Florin Nice ishonchli o'ynadi. 

70-daqiqa. O'zgarishlar! David Strelec va Lukash Xaraslin o'rnini Tomash Suslov hamda Robert Bojenikka bo'shatib berdi.

68-daqiqa. O'yinchilarini alishtirgan Ruminiya raqib darvozasiga xavf solishga urinib ko'rdi.  

67-daqiqa. O'zgarish! Denis Dregush o'rniga esa George Pushkash maydonga tushirildi.  

66-daqiqa. O'zgraish! Yannis Xadji o'rniga Dennis Man o'yinga qo'shildi. 

65-daqiqa. To'pga egalik qilish bo'yicha ko'rsatkich 55% - 45% Slovakiya foydasiga.  

62-daqiqa. Frankfurtda chelaklab yomg'ir yog'ishni boshladi!

60-daqiqa. David Gancko to'pni uzoqlashtirib, xavfni bartaraf etdi. 

58-daqiqa. O'zgarish! Florinel Koman o'rnini Deyan Soreskuga bo'shatib berdi. 

55-daqiqa. Ogohlantirish! Hakam qaroriga qarshi chiqib, noroziligini ochiq namoyish qilgani uchun mehmonlar ustozi Eduard Yordaneskuga kartochka ko'rsatildi.  

53-daqiqa. Peter Pekarik "podkat"da to'pni jamoasiga qaytarib berdi. 

52-daqiqa. Lukash Xaraslin yaxshi zarba yo'lladi, lekin bu safar Florin Nice jamoasini goldan qutqardi.   

51-daqiqa. Martin Dubravka oldinroqqa chiqib, xavfni bartaraf etdi. 

48-daqiqa. Slovakiya hujumga o'tdi. David Gancko o'yindan tashqari holatda qolib ketgani malum bo'lmoqda.  

48-daqiqa. Lukash Xaraslin burchak zarbasidan to'pni sheriklariga yo'lladi, ammo slovakiyaliklardan hech kim unga eta olmadi. 

46-daqiqa. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

45+4-daqiqa. Bo'ldi,bosh hakam birinchi bo'lim yakunlanganini bildiruvchi hushtagini chaldi. Hozircha durang — 1:1. Tanaffus! 

45+4-daqiqa. Ogohlantirish! Nikushor Banku to'p uchun kurashda Ivan SHrancga nisbatan qo'pol o'ynagani uchun ogohlantirildi!

45+3-daqiqa. Marius Marin to'pni uzoqlashtirib, xavfni bartaraf etmoqda.  

45+1-daqiqa. Ogohlantirish! Ruminiya termasi vakili Andrey Burkega sariq kartochka ko'rsatildi.  

45-daqiqa. Birinchi bo'limning asosiy vaqtiga 3 daqiqa qo'shib berildi.

44-daqiqa. David Strelec yaxshi zarba berdi, lekin mo'ljalda biroz adashdi. 

43-daqiqa. Denis Dregush zarba uchun imkon topdi, lekin Dubravka ham ishonchli harakat qildi.   

41-daqiqa. Ruminiyaning navbatdagi hujumi besamar ketdi.

To'pga egalik qilish 60% - 40% Slovakiya foydasiga.

40-daqiqa. Milan SHkrinyar havodagi kurashda Rezvan Marindan ustun keldi. 

37-daqiqa. GOOOOOOOL! Rezvan Marin penaltini ishonchli tarzda amalga oshirdi va muvozanatni tikladi!

35-daqiqa. Ogohlantirish! David Gancko Yannis Xadjiga nisbatan qo'polligi uchun kartochkaga loyiq ko'rildi.

35-daqiqa. PENALTI! Hakam nuqtaga ishora qilmoqda.

34-daqiqa. Andrey Raciu zarba yo'lladi, Dubravka o'z o'rnida.  

30-daqiqa. Slovakiya to'pni o'z nazoratida ushlab turibdi. 

27-daqiqa. Ruminiyaning hujumi qovushmadi. 

24-daqiqa. GOOOOOOL! DUDA! Slovakiya hisobni ochdi! Ondrey ikki himoyachi etiboridan qochishga muvaffaq bo'ldi va baland sakrab, bosh bilan aniq zarba yo'lladi. 

23-daqiqa. Stanchu jarima maydonchasi tashqarisidan aniq zarba yo'lladi.

22-daqiqa. Zarbani Xaraslin amalga oshirdi. U jarima maydonchasi ichi, darvoza tomon yo'llagan to'piga yo'l-yo'lakay bir nechta futbolchi zarba berishi mumkin edi. Ayniqsa SHkrinyar bunga yaqin kelgandi.  

21-daqiqa. Radu Dragushin Ondrey Dudaga nisbatan qo'pol harakat qildi - fol, standart vaziyat.

19-daqiqa. Vavro o'z ishini alo darajada bajardi.

16-daqiqa. Xaraslin yana bir bor burchak zarbasini amalga oshirdi. Uzatmadan keyin Nice to'pni mushtlari bilan uzoqlashtirdi.  

14-daqiqa. Slovaklar to'pni o'z nazoratida ushlab turishibdi. 

12-daqiqa. Maydon markaziga yaqin hududa qoida buzildi. Kucka raqibini qoidabuzarlik yordamida to'xtatib qoldi. 

9-daqiqa. Kuckaning urinishidan keyin ruminlar kiperi Nice to'pni osonlik bilan egallab oldi. 

8-daqiqa. Slovakiya terma jamoasi burchak zarbasi ishlab oldi. 

5-daqiqa. Slovakiyaning o'ng qanotdan uyushtirgan hujumi omadsiz yakunlandi.

4-daqiqa. Milan SHkrinyar "podkat" tashlab, to'pni jamoasiga olib berdi. 

2-daqiqa. Andrey Ratiu havodagi kurashda Ondrey Dudadan ustun keldi. 

1-daqiqa. Uchrashuv boshlandi!

Mamlakatlar madhiyalari yangramoqda. 

Har ikki jamoa asosiy tarkib vakillari maydonga tushib kelishdi. 


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика