So’nggi yangiliklar

01:00ЕЧЛ. "Галатасарой" плей-оффнинг илк баҳсида "Ювентус"ни йирик ҳисобда таслим этди  7 00:17ЕЧЛ. "Боруссия Д" – "Аталанта", "Монако" – ПСЖ. Таркиблар маълум  1 00:09ЕЧЛ. "Бенфика" – "Реал Мадрид". Бошланғич таркиблар аниқ!  9 00:03Элит ОЧЛ. "Трактор" "Ал Ғарафа"ни мағлуб этди. "Ал Иттиҳод" "Ал Садд"ни таслим этди (умумий гуруҳ босқичининг якуний жадвали)  1 23:39Эшитдик-да! Ҳусайн Норчаев "Навбаҳор"га ўтмоқда  9 23:24Сака ва "Арсенал" шартномани узайтирди. Букайо клубда энг юқори ҳақ оладиган ўйинчига айланади (BBC)  3 22:59МЮ Рэшфорд учун "Барселона"га чегирма беришни режалаштирмаяпти  3 22:24"Пахтакор" голларга бой кечган назорат учрашувида Грузия клубига ютқазди  12 22:10ОКМК назорат учрашувида Грузия клубига ютқазди  2 21:30"Бухоро" Россия клуби билан дуранг ўйнади  0 21:06Каннаваро: "ВАР протоколини ҳозироқ ўзгартириш лозим - хатолар чемпионат натижаларига таъсир кўрсатиши мумкин"  3 20:32Рафинья: "Қоидалар ҳамма учун турлича бўлиши жуда оғир"  52 19:57"Арсенал" "Атлетико" ҳужумчиси учун 120 млн евро таклиф қилган, аммо рад жавобини олган  3 19:35Кевин Де Брюйненинг эҳтимолий қайтиш санаси айтилди  0 19:09"Барселона" — Ла Лигада пенальтидан гол ура олмаслик бўйича пешқадам  7

Evro-2024. SHveycariya amaldagi chempionni mag'lub etib, dastlabki chorak finalchiga aylandi Yangiliklar

Evro-2024. SHveycariya amaldagi chempionni mag'lub etib, dastlabki chorak finalchiga aylandi

Evro-2024 1/8 final doirasidagi SHveycariya - Italiya o'yini yakunlandi.

SHveycariya — Italiya 2:0

Gol: 1:0 – 37 Froyler, 2:0 – 46 Vargas.

SHveycariya – Zommer, Rodriges, SHer, Akandji, Ebisher (SHteffen, 90), Djaka, Froyler, Vargas (Cuber, 71), Rider (Stergiu, 71), Ndoye (Serro, 77), Embolo (Dua, 77).

Italiya – Donnarumma, Di Lorenco, Manchini, Bastoni, Darmian (Kambyazo, 75), Kristante (Pellegrini, 75), Barella (Retegi, 64), Fadjoli (Frattezi, 86), El-SHaaravi (Dzakkani, 46), Keza, Skamakka.

Ogohlantirishlar: Barella (35), El-SHaaravi (45), Manchini (57).

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi. Juda yomon o'yin ko'rsatgan amaldagi qita chempioni Italiya musobaqa bilan xayrlashdi. 

90. Ikkinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.

83. Xavfli vaziyat! Jakaning pasidan so'ng Cuber xavfli zarba yo'lladi.

79. Froylerning zarbasi noaniq ko'rinish oldi.

74. Xavfli vaziyat! Skamakka yaqin masofadan raqib darvozasini ishg'ol qila olmadi, uning zarbasi ustunga tegib qaytdi.

73. Retegining olis masofadan yo'llagan zarbasi kuchli chiqmadi.

66. Riderning jarimadan yo'llagan zarbasiga aniqlik etishmadi.

63. Italiyaning hujum tashkil etishga bo'lgan urinishlari muvaffaqiyatli amalga oshmayapti. 

57. Riderga nisbatan qoidabuzarlik ishlatgan Manchini ogohlantirildi.

52. Xavfli vaziyat! SHer o'z darvozasini ishg'ol qilib qo'yishiga bir bahya qoldi. Darvozabon joyida qotib qolgandi. Himoyachining baxtiga uning zarbasi darvoza ustuniga tegib qaytdi.

46. GOL! Ikkinchi bo'limning dastlabki daqiqasidayoq raqib jarima maydoniga kirib borgan Vargas aylanma zarba bilan Donnarummaning olis burchagini aniq nishonga oldi.


46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Taym yakunlandi.

45+1. Xavfli vaziyat! Rider jarimadan raqib darvozasining yaqin burchagini nishonga oldi, Donnarumma qiyinchilik bilan to'pni qaytardi.

45. Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi. 

45. El-SHaaravi hakam tomonidan ogohlantirildi. Italiya jarima maydoni yaqinida standart belgilandi.

37. GOL! CHap qanotdan boshlangan hujumni raqib jarima maydoniga kirib borgan Froyler chap oyoqda muvaffaqiyatli tarzda yakunladi.


35. Tezkorlik bilan oldinga borayotgan Riderni to'xtatib qolgan Barella ogohlantirildi.

32. Rodrigesning uzoq masofadan yo'llagan zarbasiga aniqlik etishmadi.

26. Xavfli vaziyat! Keza raqib jarima maydoniga kirib borib, zarba yo'lladi, bu safar Zommer mohirlik ko'rsatdi.

24. Xavfli vaziyat! Embolo raqib posboni bilan birga-bir vaziyatga chiqib borib, uzoq burchakni nishonga olishga harakat qildi, biroq Donnarumma o'z mahoratini namoyish etdi.

19. Italiya standartga ega bo'ldi. Kombinacion qo'llanmani Di Lorenco golga aylantira olmadi. Ustiga-ustak u o'yindan tashqari holatda qolgan ekan.

14. Mezbonlarda standart vaziyat yuzaga keldi. Ebisherning uzatgan to'pi to'ppa-to'g'ri Donnarummaning qo'llariga borib tushdi.

11. Jakaning uzatmasidan so'ng Ndoye to'pni to'xtatmasdan zarba berishga harakat qildi, biroq uning urinishi ko'ngildagidek chiqmadi.

6. Dastlabki daqiqalarda teng kurash kechmoqda. Hozircha xavfli vaziyat yaratilmadi.

1. Uchrashuv boshlandi. SHveycariya futbolchilari qizil, Italiya o'yinchilari ko'k rangli liboslarda harakat qiladi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика