So’nggi yangiliklar

12:14"Бока Хуниорс"нинг афсонавий мураббийи оламдан ўтди  0 11:55Марсело Бьелса: "Ўзбекистон ЖЧда иштирок этишининг ўзи катта натижа деб биламан. Ушбу йиғинда ҳар бир футболчининг имкониятларини кўриб олишимиз керак" (матбуот анжумани)  0 11:27Марсело Бьелса: "Ўзбекистон — мундиалга борадиган жамоа"  0 10:46МЮ раҳбари Аморимга 3 йил вақт берган  5 10:15"Нефтчи" собиқ мураббийи билан ҳисоб-китоб қилди  0 09:42Роналду дунё тарихидаги биринчи миллиардер футболчига айланди  19 09:13Ўзбекистон МТЖнинг бугунги учрашув учун тахминий таркиби  10 08:45"Насаф" U-21 жамоасининг қониқарсиз натижалари сабабли Зафар Холмуродов ишдан олинди  2 08:13Бугун Каннаваро терма жамоамизда дебют қилади  7 00:54Расман: "Вильярреал" ва "Барса" ўртасидаги Ла Лига ўйини Майамида ўтказилади  4 00:28ЖЧ саралаши. Саудия Арабистони Индонезияни қийинчилик билан мағлубиятга учратди  17 23:40Ўзбекистон – Кувайт учрашувини бошқариб борувчи ҳакамлар маълум  6 23:25Миср ўз тарихида тўртинчи бор Жаҳон чемпионати йўлланмасини қўлга киритди  0 23:16Расман: Консейсау "Ал Иттиҳод"га бош мураббий этиб тайинланди. Клуб қишда "Насаф"га қарши майдонга тушади  1 22:54Ўзбекистон термасининг Кувайтга қарши расмий машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  3

Evro-2024. Ronaldu "Evro"ni tark etadi. Franciya yarim final yo'llanmasini qo'lga kiritdi Yangiliklar

Evro-2024. Ronaldu "Evro"ni tark etadi. Franciya yarim final yo'llanmasini qo'lga kiritdi

Franciya va Portugaliya termalari o'rtasidagi "Evro" chorak finali bo'lib o'tdi.

Portugaliya – Franciya 0:0 (3:5 penaltilar seriyasi bo'yicha)
5 iyul, 23.59, "Folksparkshtadion"

Portugaliya – Diogu Koshta, Joau Kanselu (Semedu, 74), Pepe, Ruben Diash, Mendesh, Brunu Fernandesh (Fransishku Konseysau, 74), Bernardu Silva, Palinya (Ruben Nevesh, 90), Vitinya (Mateush Nunesh, 90), Rafael Leau (Joau Feliks, 105), Ronaldu.

Franciya – Menyan, Kunde, Upamekano, Saliba, Ernandes, Kante, Tchuameni, Kamavinga (Fofana, 90), Grizmann (Dembele, 67), Mbappe (Barkolya, 90), Kolo-Muani (Tyuram, 86).

Penaltilar seriyasi: 1:0, 1:1, 2:1, 2:2, 3:2, 3:3, 3:4, 3:5.

Ogohlantirishlar: Palinya (79), Saliba (84).


Portugal

Cristiano Ronaldo - 121', Bernardo Silva - 121', Nuno Mendes - 121'

EURO Final Stage . Quarter Finals-tur

06/07/2024, 01:00

5
:
3
Tugadi

France

Ousmane Dembele - 121', Youssouf Fofana - 121', Jules Kounde - 121', Bradley Barcola - 121', Theo Hernandez - 121'

Stadion: Volksparkstadion, 47789 tomoshabin

Bosh hakam: Michael Oliver

45'
90'
120'
74'  Joao Cancelo (Nelson Semedo)
74'  Bruno Fernandes (Chico Conceicao)
79'  Joao Palhinha
90'  Joao Palhinha (Ruben Neves)
106'  Rafael Leao (Joao Felix)
119'  Vitinha (Matheus Nunes)
67'  Antoine Griezmann (Ousmane Dembele)
84'  William Saliba
86'  Randal Kolo Muani (Marcus Thuram)
91'  Eduardo Camavinga (Youssouf Fofana)
106'  Kylian Mbappe (Bradley Barcola)

Ushbu sahifada uchrashuvning matnli translyaciyasini kuzatib borishingiz mumkin bo'ldi.

YANGILASH


Franciya yarim finalga yo'l olmoqda! Futbol lotoreyasida Portugaliyaning omadi chopmadi.

9-zarba. Hal qiluvchi zarbani Teo beradi - GOOOOOOOL! Diogu Koshta to'p yo'nalishini ham topa olmadi.

8-zarba. Zarbani Nunu Mendesh amalga oshiradi. UXX! Bunaqasini Menyan uyoqda tursin, istalgan boshqa kiperni olib kelib qo'ysangiz ham qaytara olmasdi. 

7-zarba. Navbat Bredli Barkolyada. Zarba! 4:2 Franciya oldinda. Francuzlar bugun adashmayapti. 

6-zarba. Portugaliyaning 3-zarbasini Joau Feliks amalga oshiradi. VAAAAAAAA! SHtanga! Feliksning zarbasidan keyin to'p ustunga tegib qaytdi. 

5-zarba. Jyul Kunde ham Silvadan qolishmaydigan zarba yo'lladi.

4-zarba. Bernardu Silva to'pni yuqori burchakka yo'lladi va Menyan qo'llarining uchi bilan to'pga eta olgann bo'lsada, uni to'liq bartaraf eta olmadi - 2:2.  

3-zarba. Zaxiradan maydonga tushirilgan Yussuf Fofana ham adashmadi. 

2-zarba. Krishtianu Ronaldu. Mayk Menyanan qanchalik urinmasin va to'p yo'nalishini topmasin, Krish ham gol urmoqda.

1-zarba. Usmon Dembele to'pni o'ng tomonga, darvozabonni chap tomonga yo'l olishini taminladi.

Demak, ketdik. PENALTILAR SERIYASI

Maykl Oliver kiperlarga barcha qonun-qoidalarni yana bir eslatib qo'ymoqda. 

Penaltilar seriyasi Portugaliya terma jamoasi muxlislari ko'proq o'tirgan sektorlar oldidagi darvoza tomon amalga oshiriladigan bo'ldi.

Bo'ldi, hakam hushtak chaldi va masala penaltilar seriyasida hal bo'ladi.

120+1-daqiqa. Diogu Koshta oldinga chiqib to'pni egallab oldi.

120-daqiqa. Portugaliya vaziyat yaratishga urinmoqda.  

119-daqiqa. O'zgarish! Vitinya o'rniga Mateus Nunes maydonga tushmoqda. 

118-daqiqaEndi Dembele francuzlarga burchak zarbasi ishlab berdi. 

117-daqiqa. Burchakdan uzatmadan keyin Krishtianu Ronaldu hujumda Dayot Upamekanoga nisbatan fol ishlatdi. 

116-daqiqa. Portugaliya burchak zarbasi ishlab oldi. 

115-daqiqa. Bredli Barkolyada gol urish uchun imkoniyat yuzaga keldi. 

112-daqiqa. Franciya raqib darvozasi oldida vaziyat yaratishga urinmoqda. 

108-daqiqa. Nunu Mendesh to'pni tepib yuborib, keskinlikni yo'qqa chiqarmoqda. 

94-daqiqa. Nelson Semedu jarima maydonchasiga uzatilgan to'p yo'liga to'g'anoq bo'ldi. 

91-daqiqa. O'zgarish! Eduardo Kamavinga o'rniga Fofana tushirildi. 

90+3-daqiqa. Kilian Mbappe uzoqdan zarba berdi, lekin Diogu Koshta barchasini nazorat qilmoqda. 

90+2-daqiqa. O'zgarish! Joau Palinya o'rnini Ruben Neveshga bo'shatib berdi. 

90-daqiqa. Hakam final hushtagini chaldi. G'olib nomini aniqlash uchun asosiy vaqt etarli bo'lmadi. 

84-daqiqa. Ogohlantirish! Vilyam Saliba taktik fol tufayli sariq kartochka ishlab oldi. 

83-daqiqa. Ngolo Kante ketma-ket ikkita epizodda faollik ko'rsatib, raqib hujumini to'xtatishga muvaffaq bo'ldi.

79-daqiqa. Ogohlantirish! Joau Palinya ogohlantirildi!

74-daqiqa. O'zgarishlar! Brunu Fernandesh va Joau Kanselu o'rniga Fransishku Konseysau hamda Nelson Semedu tushirildi. 

73-daqiqa. UXX! Usmon Dembelening zarbasidan keyin to'p to'singa tegdi. 

69-daqiqa. Jyul Kunde havodagi kurashda Rafael Leaudan ustun keldi. 

67-daqiqa. O'zgarish! Antuan Grizmann o'rnini Usmon Dembelega bo'shatib berdi. 

50-daqiqa. Kilian Mbappe uzoq masofadan zarba yo'lladi, lekin Diogu Koshta barchasini nazorat qilmoqda. 

46-daqiqa. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

45+2-daqiqa. Bo'ldi, hakam birinchi bo'lim yakuniga etganini bildiruvchi hushtagini chaldi.

45-daqiqa. Birinchi bo'limning asosiy vaqtiga 2 daqiqa qo'shib berildi! 

43-daqiqa. Brunu belida og'riq his qilib, maydonga cho'kkalab qoldi.

40-daqiqa. Franciyaning navbatdagi urinishi muvaffaqiyatsiz yakunlandi.

36-daqiqa. Franciyaning hujumi oxiriga etmay qoldi.

9-daqiqa. Vilyam Saliba to'p uchun kurashda Brunu Fernandeshga nisbatan qo'pol harakat qildi. 

6-daqiqa. Portugaliya to'pni nazorat qilib, raqib himoyasining zaif nuqtalarini izlamoqda. 

4-daqiqa. Portugaliyaning dastlabki hujumi uzatmadagi xato tufayli uzilib qoldi.  

3-daqiqa. Uchrashuvni Franciya terma jamoasi faolroq boshladi. 

1-daqiqa. O'yin boshlandi!

Stadion uzra ushbu ikki mamlakat madhiyalari yangramoqda. 

Har ikki jamoa asosiy tarkib vakillari maydonga tushib kelishdi.


Reyting: +11   
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика