So’nggi yangiliklar

22:10"Бунёдкор" икки нафар легионер билан хайрлашди  2 21:45"Сўғдиёна" иккинчи даврага тайёргарликни Туркияда олиб боради  4 21:15Суперлига. Кимнинг дарвозаси томон кўп пенальти белгиланган, қизил карточкалар бўйича қайси клуб етакчи?  4 20:43МЮ ва "Марсель" музокаралар ўтказишмоқда  3 20:15Пикфорд Евро тарихидаги энг яхши иккинчи дарвозабон  3 20:09Германияда эртага ярим финал, Европадаги 26 кун, Евро билан яшаётган немислар  2 19:53Дунёнинг энг қиммат клуби аниқланди  5 19:32"Манчестер Юнайтед" ярим ҳимоячиси билан хайрлашади  3 19:12Афсонавий Бугало дарвозасига хет-трик. Ахбор Имомхўжаев хотира турнири старт олди  7 19:02"Дўстлик Тошкент" Шерзод Қодировнинг "Динамо"га ўтиши борасида муносабат билдирди  2 18:58БМБ футзал клуби Бразилия терма жамоаси аъзосини трансфер қилди  4 18:35Далер Шарипов: "Ўзбекистонлик олимпиячилар совринли ўрин учун кураша олишади"  2 18:14Coca Cola Tour. FIFA музейига саёҳат, бу ерда Ўзбекистондан нима бор?  2 18:0841 ёшли Пепе Саудия Арабистонида ўйнаши мумкин  6 17:50"Футбол олами". "Нефтчи" Фарғонадаги финалда ўйнай олмайди — Ўзбекистон кубогининг 1/8 финали ҳақида барчаси  3

Evro-2024. "Qizil furiya" Germaniyani musobaqadan chiqarib yubordi Yangiliklar

Evro-2024. "Qizil furiya" Germaniyani musobaqadan chiqarib yubordi

Evro-2024 musobaqasi chorak finalidan o'rin olgan ilk uchrashuv bo'lib o'tdi.

Evro-2024
1/4 final
Ispaniya – Germaniya 2:1
21.00, "MXP-Arena" stadioni
Gollar: 1:0 – 51 Olmo, 1:1 – 89 Virtc, 2:1 – 119 Merino.

Ispaniya – Unai Simon, Karvaxal, Laport, Le Norman (Nacho, 46), Kukurelya, Fabian Ruis (Xoselu, 90), Rodri, Pedri (Olmo, 8), Uilyams (Merino, 80), Yamal (Ferran Torres, 63), Morata (Oyarsabal, 80).

Germaniya – Noyer, Ryudiger, Ta (Myuller, 80), Raum (Mittelshtedt, 57), Kroos, Gyundogan (Fyullkrug, 57), Djan (Andrix, 46), Kimmix, Xavertc (Anton, 90), Sane (Virtc, 46), Musiala.

Ogohlantirishlar: Ryudiger (13), Raum (28), Le Norman (29), Andrix (56), Kroos (67), Mittelshtedt (73), Ferran Torres (74), Unai Simon (82), SHlotterbek (90), Virtc (94), Karvaxal (100), Rodri (110), Undav (113), Morata (120+1), Fabian Ruis (120+1).

CHetlatish: Karvaxal (120+5).


Spain

Dani Olmo - 51', Mikel Merino - 119'

EURO Final Stage . Quarter Finals-tur

05/07/2024, 21:00

1
:
2
Finished AET

Germany

Florian Wirtz - 89'

Stadion: Stuttgart Arena, 54000 tomoshabin

Bosh hakam: Anthony Taylor

45'
90'
120'
8'  Pedri (Dani Olmo)
29'  Robin Le Normand
46'  Robin Le Normand (Nacho Fernandez)
51'  Dani Olmo
51'  Lamine Yamal
63'  Lamine Yamal (Ferran Torres)
74'  Ferran Torres
80'  Nico Williams (Mikel Merino)
80'  Alvaro Morata (Mikel Oyarzabal)
82'  Unai Simon
100'  Daniel Carvajal
102'  Fabian Ruiz (Joselu)
110'  Rodri
119'  Mikel Merino
119'  Dani Olmo
120'  Fabian Ruiz
120'  Daniel Carvajal
13'  Antonio Ruediger
28'  David Raum
46'  Emre Can (Robert Andrich)
46'  Leroy Sane (Florian Wirtz)
56'  Robert Andrich
57'  David Raum (Maximilian Mittelstaedt)
57'  Ilkay Gundogan (Niclas Fuellkrug)
67'  Toni Kroos
73'  Maximilian Mittelstaedt
80'  Jonathan Tah (Thomas Mueller)
89'  Florian Wirtz
89'  Joshua Kimmich
89'  Nico Schlotterbeck
91'  Kai Havertz (Waldemar Anton)
94'  Florian Wirtz
113'  Deniz Undav



Ushbu sahifada uchrashuvning matnli translyaciyasini kuzatib borishingiz mumkin bo'ldi.

YANGILASH


Bo'ldi, Ispaniya Evropa chempionati mezbonini musobaqadan chiqarib yubordi!

120+6-daqiqa. QIZIL! Dani Karvaxal ikkinchi sariq va qizil kartochka oldi. 

120+3-daqiqa. Niklas Fyullkrug qanotdan uzatilgan to'pga zarba berdi, lekin biroz noaniq.

120-daqiqa. Ikkinchi ekstra-taymga 3 daqiqa qo'shib berildi. 

119-daqiqa. GOOOOOOOOL! Mikel Merino boshi bilan Noyer darvozasini ishg'ol qildi.

117-daqiqa. Unai Simon ajoyib seyv yordamida to'pni darvoza to'riga borib tushmasligini taminladi.

115-daqiqa. Yonidan Virc katta tezlikda yugurib o'tib ketgach, Nacho maydonga quladi.

112-daqiqa. Kroosning oyoq tomirlari tortishib qoldi. Unga shifokorlar yordam ko'rsatgani chiqib kelishdi.

109-daqiqa. Germaniya qarshi hujum uyushtirdi, lekin Virc va Musiala vaziyatni cho'zib yuborishdi.

108-daqiqa. Ryudiger xavfli vaziyatda ishonchli o'ynadi va bundan juda xursand.

107-daqiqa. Ispaniya darvoza tomon penalti belgilanishi mumkin edi. 

106-daqiqa. Ikkinchi ekstra-taym start oldi!

105+1-daqiqa. Florian Virc jamoasini oldinga olib chiqishi mumkin edi. Biroq to'p darvoza ustuni yonidan o'tib ketdi.

105-daqiqa. Birinchi ekstra-taymga 1 daqiqa qo'shib berildi!

104-daqiqa. Mikel Oyarsabal jarima maydonchasi tashqarisidan zarba berdi, lekin noaniq.

102-daqiqa. O'zgarish! Fabian Ruis o'rniga Xoselu maydonga tushirildi.

100-daqiqa. Ogohlantirish! Dani Karvaxal o'yin qoidaisini buzdi. 

95-daqiqa. Ispaniya to'pni nazorat qilmoqda.

91-daqiqa. O'zgarish! Kay Xaverc o'rniga Valdemar Anton o'yinga qo'shildi.

Bo'ldi, hakam Entoni Teylor asosiy vaqt yakunlanini bildiruvchi hushtagini chaldi. Oldinda ekstra-taymlar!

90+4-daqiqa. Germaniya ketma-ket hujum uyushtirdi, lekin har ikki qanotdan uzatilgan to'pni ham darvozaga yo'llay oladigan futbolchi topilmadi. 

90+2-daqiqa. Kroosga nisbatan fol qayd etildi. 

90-daqiqa. Uchrashuvning asosiy vaqtiga 4 daqiqa qo'shib berildi.

89-daqiqa. Ogohlantirish! Zaxiradagi Niko SHlotterbekka sariq. 

89-daqiqa. GOOOOOOL! Florian Virtc Germaniyani qutqarib qolmoqda! 

85-daqiqa. Fol, Germaniya uchun standart vaziyat. To'p oldida Toni Kroos.

83-daqiqa. Aynan Simonning xatosidan keyin Kay Xavercda o'ta qulay imkoniyat bo'lgandi, biroq "Arsenal" futbolchisining zarbasiga aniqlik etishmadi. 

82-daqiqa. Ogohlantirish! O'yin vaqtini suniy ravishda cho'zgani uchun Unai Simonga sariq ko'rsatildi.

80-daqiqa. O'zgarishJonatan Ta o'rniga Tomas Myuller tushirildi.   

80-daqiqa. O'zgarishlarNiko Uilyams va Alvaro Morata o'rniga Mikel Merino va Mikel Oyarsabal tushdi.   

76-daqiqa. Niklas Fyullkrug hisobni tenglashtirishi mumkin edi. Biroq uning zarbasidan keyin to'p ustunga tegib qaytdi.  

74-daqiqa. Ogohlantirish! Ferran Torres taktik fol ishlatdi. 

73-daqiqa. Ogohlantirish! Maksimilian Mittelshtadt raqibini turtib yubordi.  

69-daqiqa. Nemislarning yana bir urinishi omadsizlikka uchradi.

67-daqiqa. Ogohlantirish! Toni Kroos qarshi hujumga qochayotgan Dani Olmoni qo'pollik bilan to'xtatgani uchun unga sariq kartochka ko'rsatildi. 

63-daqiqa. O'zgarish! Lamin Yamal o'rnini Ferran Torresga bo'shatib berdi.  

60-daqiqa. Vircning zarbasidan keyin to'p Kukurelyaga tegib maydonni tark etdi. Burchak zarbasidan naf chiqmadi. 

57-daqiqa. O'zgarishlar! Gyundogan va Raum o'rniga Maksimilian Mittelshtadt va Niklas Fyullkrug o'yinga qo'shildi.   

56-daqiqa. Ogohlantirish! Robert Andrix sariq kartochka oldi. 

55-daqiqa. Yamal va Niko Uilyams tandemi raqiblarini chalg'itib tashladi, lekin oxirgi zarbani beradigan futbolchi topilmadi. 

54-daqiqa. Goldan keyin o'yin birdan tezlashib ketdi. 

52-daqiqa. GOOOOOOOOL! Dani Olmo Ispaniyani oldinga olib chiqdi. Yamaldan golli uzatma. 

48-daqiqa. Andrix darvoza tomon zarba berdi, ammo uning urinishi ham omadsiz chiqdi.

47-daqiqa. Alvaro Morata yaxshi imkoniyatga ega bo'lgandi. Biroq uning zarbasiga aniqlik etishmadi.

46-daqiqa. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

O'zgarishlar! Nemislarda ham ikki futbolchi alishdi. Virc va Andrix tushdi. Emre Jan va Leroy Sane uchun o'yin yakunlandi.

O'zgarish! Ispanlarda markaziy himoyachi alishdi. Robin Le Norman o'rnini Nacho egalladi.  

45+3-daqiqa. Bo'ldi, Entoni Teylor birinchi bo'lim yakunlanganini bildiruvchi hushtagini chaldi. 

45+2-daqiqa. Gyundoganga nisbatan qo'pollik ishlatildi. Vaziyatni oxirgacha kutib turgan hakam Sane to'pni yo'qotgach, kechiktirilgan folni qayd etdi. 

45-daqiqa. Birinchi bo'limning asosiy vaqtiga 2 daqiqa qo'shib berildi.

45-daqiqa. Lamin Yamal jarima maydonchasi tashqarisidan aniq zarba yo'lladi, ammo bu Noyerga muammo tug'dirmadi.  

44-daqiqa. Ispaniya to'pni o'z nazoratida ushlab turibdi.  

39-daqiqa. Kay Xavercning uzatmadagi xatosidan keyin Olmo to'pni egallab oldi va kuchli zarba berdi, Noyer bu safar ham seyv ijro etdi. Morata esa qaytgan to'pni na darvozaga, na sheriklariga yo'llay bildi.   

36-daqiqa. Niko Uilyams jarima maydonchasigacha kirib bordi va zarba yo'lladi, Noyer to'pni qaytardi. Qo'shimchasiga, hakamlar o'yindan tashqari holat qayd etishdi.  

35-daqiqa. Le Normanning xatosidan keyin Unai Simon zarbani ishonchli tarzda bartaraf etdi. 

29-daqiqa. Ogohlantirish! Endi Robin Le Norman sariq kartochka ishlab oldi. U Gyundoganni qo'pollik bilan to'xtatdi. Aks holda nemislar o'ta xavfli hujumga o'tib ketishi mumkin edi. 

28-daqiqa. Ogohlantirish! Dani Karvaxalga nisbatan fol uchun Raum ogohlantirildi. 

25-daqiqa. Uzatmadan keyin Ta zarba berdi, lekin urinishi kuchli chiqmadi.

24-daqiqa. Kimmix yana oldinga o'tdi, bu safar unga nisbatan fol ishlatildi. 

23-daqiqa. Lyaport oldinga o'tib, kuchli zarba berdi, lekin Nofer ham ishonchli harakat qildi. 

21-daqiqa. Kimmix o'z qanotidan uzatmani amalga oshirdi va Kay Xaverc baland sakrab to'pni darvozaga yo'llashni uddaladi, ammo Unai Simon ham o'z o'rnida. 

17-daqiqa. Har ikki jamoa navbati bilan hujumga tashlandi. Lekin hozircha oxirgi zarbalarga aniqlik etishmadi. 

14-daqiqa. Ogohlantirish! Antonio Ryudiger to'pga eta olmadi va jarima maydonchasiga kirib ketayotgan Dani Olmoni qo'pollik bilan to'xtatdi. 

12-daqiqa. Niko Uilyams bir aylanib zarba berdi, lekin noaniq.

11-daqiqa. Germaniyaning chap qanotdan rivojlantirilgan hujumi besamar ketdi.

8-daqiqa. O'zgarish! Pedrinning o'rniga Dani Olmo o'yinga qo'shildi!

6-daqiqa. Pedri yana maydonda yotibdi. Ispanlar etirozini yashirib o'tirmayapti. O'yin chinakamiga kurashlarga boy tarzda start oldi. 

4-daqiqa. Kroos maydon markaziga yaqin zonada Pedriga nisbatan keskin harakat qildi. 

1-daqiqa. Uchrashuv boshlandi! 


Reyting: +12   

Fikrlar

+26   
05 iyu 21:15:54
F.K.N.
Огзини ëпиб кутини очиб берадиган лгбт лар термасини итариб ташласа яхши буларди Испания.
+26   
05 iyu 21:07:06
Jamshid Agzamov
Хароми фашист. Единг Педрини
+23   
05 iyu 21:12:39
Менинг исмим КЕН
Ғирт ифлос экан-ку Кросс фашист. Педрини синдиргани учун сариқ, Ямалнинг оёғини босгани учун иккинчи сариқ берилиши керак эди ифлосга.
+23   
05 iyu 21:12:08
WalveRine-_-6
Kroosning oxirgi oyini bolishini chin yurakdan xohliman bunaqa isqirt oyini uchun.
+20   
05 iyu 21:24:17
Jamshid Asadov
Ispaniyaga omad! Kroos yaxshi ish qilmadi. Halol o’ynash kerak. Bugungi o’yin uning terma jamoadagi ohirgi o’yini bo’lishiga tilakdoshman.
+20   
05 iyu 21:08:24
WalveRine-_-6
Kroos tvar
+16   
05 iyu 21:29:56
Tohir P
Бу бахс , Барселона гегемонлик килган эл-классико ларга ухшаб кетмокда.Уша пайтларда Реал Барсанинг технал футболчиларини факат куполликлар билан тухтатиб коларди.
+14   
05 iyu 21:56:40
Oliver Kan
Krosga birinchi qoʻpoligi uchun sariq kartochkaga 100 foiz haqli edi
+13   
05 iyu 21:05:26
Mavlon Raimov
Kroos ga sariq ber
+11   
05 iyu 23:40:23
Мирзохон
Яша Испания!! Йўлидан чиққанини босиб ўтиб кетмоқда!!
Кросс учун жазо бўлди бу.
+11   
05 iyu 23:39:43
barselona7
Rasul M foydalanuvchining fikriga javob berish
İspani germany oynayapdi Ronaldu bogliqlik bormi
Йўқ албатта. Аммо бир ойдан бери бўлаётган ўйинларни кўряпсизми? Боя комментда "йиғлоқилар" деб ёзяпсиз. Бир йилдан бери кўраётган ўйинларимда фақат Роналдуни майдонда йиғлаб юрганини кўрдим.
+11   
05 iyu 23:35:22
Tulkin Alimov
Rasul M foydalanuvchining fikriga javob berish
Bularni xali bugungacha kotlari achisyapdi lekin tan olishmaydida Real champion boldi Championlar ligasini yutdi chidolishmayapdi...Bularni dalban klublari esa pensionerlarni transfer qilyapdi murabbiyni klon qilishdi qolishga kondirshdi keyin ketishga majbur qilishdi birovlar shartnoma imzolashni istamagan futbolchilarni qidirip topup olibkelib oynatishmoqda shunga ich ichlaridan yonishmoqda
Расулбек Реал чемпион, Реал энг зўри, манашу Еврониям Реал ютади, энди тинчланиб футбол кўр.
+9   
05 iyu 22:48:05
Tohir P
Немислар кайтди
+9   
05 iyu 22:05:52
barselona7
Rasul M foydalanuvchining fikriga javob berish
Yigloqila uygonishdi sababi Achishib yurgan kotlari oziga keldi endi yana chaynay boshlashadi
Йиғлоқилар??? Ҳозир Роналду ўйнагани йўқку.
+9   
05 iyu 21:40:13
Нурали Кодиров
Хакам Германия томонда булса, шархловчилар Испания томонда. Босинглар газини.
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика