So’nggi yangiliklar

02:37Саудия Арабистони. "Ал Иттиҳод"дан йирик ғалаба, Бенземадан хет-трик!  0 02:30Бундеслига. Франкфуртда "отишма": "Айнтрахт" - "Боруссия" Д учрашувида 6 та гол урилди  0 02:02Африка Миллатлар кубоги. Марокаш ярим финалда!  0 01:25"Ювентус" "Манчестер Сити" футболчисини текинга қўлга киритмоқчи  1 00:47Испания Суперкубоги финалини ким бошқаради?  1 00:20Майкл Оуэн: "Муҳим ўйинларда Гёкерешга маҳорат етишмаяпти"  2 23:55А Сериянинг декабрь ойидаги энг яхши мураббийи маълум қилинди  0 23:23Сульшер МЮга қайтса, қанча маош олади?  0 23:05Африка Миллатлар кубогидаги илк ярим финалчи маълум!  1 22:52"Истанбул Башакшеҳир" ўртоқлик ўйинида дуранг қайд этди, Аббосбек Файзуллаевдан гол  7 22:32Лиам Росеньор: "Босим - бу афзаллик"  0 22:01Жиянов қўшилди, Юсупов ва Ўринбоев йўқ. "Навбаҳор"нинг бугунги машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  2 21:46"Динамо" "Ғазалкент"ни мағлуб этган назорат учрашувидан ГАЛЕРЕЯ  2 21:20Расман: Торнике Дзебниаури - "Сурхон" футболчиси  7 20:53Расман: "Хоразм" "Сурхон" футболчисини ижарага олди  4

Evro-2024. Germaniya - Vengriya. Prevyu Yangiliklar

Evro-2024. Germaniya - Vengriya. Prevyu

Bugun Evropa chempionati "A" guruhi 2-turidan o'rin olgan Germaniya - Vengriya uchrashuvi o'tkaziladi.

O'yin haqida nimalarni bilish lozim?

Germaniya Myunxenda SHotlandiyani tor-mor etib, turnirni ishonchli tarzda boshladi. Yosh o'yinchilar Florian Virc va Jamol Musiala Stiv Klark qo'l ostidagi jamoaga qarshi ajoyib o'yin ko'rsatdi. Toni Kroos ham markaziy zonada ustvorlik ko'rsatdi. Uch karra qita chempionlari musobaqa tarixida dastlabki o'yinda sakkizinchi marta g'alaba qozongan holda rekord qayd etdi. Yulian Nagelsmann jamoasi bilan barcha raqiblar hisoblashishi kerak bo'ladi. Garchi vengrlar so'nggi uchrashuvda g'alaba qozonmagan bo'lsa ham, ikki yil muqaddam Millatlar Ligasida Germaniyani 1:0 hisobida mag'lubiyatga uchratgan edi.

Vengrlar Germaniyaga qarshi so'nggi uch uchrashuvda mag'lubiyatga uchramadi. O'tgan Evropa chempionatining guruh bosqichida jamoalar 2:2 hisobida durang o'ynashdi. Vengrlar Millatlar Ligasida ham o'z uylarida ochko olishga erishgan. Vengriya bosh murabbiyi Marko Rossi SHveycariyaga qarshi o'yinda shogirdlari ko'p xatoga yo'l qo'yganini tan oldi. Ammo jamoaning etakchi raqiblarga qarshi ajoyib o'yin ko'rsatishi mumkinligini hisobga olsak, nemislar bu o'yinga jiddiy bosh qotirishi kerak bo'ladi.

Taxminiy tarkiblar

Germaniya: Noyer; Kimmix, Ryudiger, Ta, Mittelshtedt; Andrix, Kroos; Musiala, Gyundogan, Virc; Xaverc

Vengriya: Gulachi; Lang, Orban, Salai; Fiola, Adam Nad, SHefer, Kerkez; SHallai, Soboclai; Varga

Oxirgi natijalar

Germaniya

Oxirgi natijalar (barcha turnirlar, oxirgi o'yinlar birinchi bo'lib sanab o'tilgan, G' - g'alaba, D - durang, M - mag'lubiyat): G'G'DG'G'M

Vengriya

Oxirgi natijalar: MDG'MMD

Mutaxassislar fikri

Germaniyalik muxbir Fil Reber

SHotlandlarga qarshi o'yinda tanlangan taktika ideal ishladi. Endilikda mezbonlar o'zlari uchun noqulay raqibga qarshi o'yinda ham muvaffaqiyat qozonishga harakat qilishadi. Muxlislar sevimli jamoasini o'z yashil maydonlarida o'tkaziladigan turnirda 2006 yilgi jahon chempionatidagi kabi uzoqqa borishini kutmoqda (shu asosda "Germaniya. Yozgi ertak" hujjatli filmi ishlangan edi). Endilikda Bastian SHvaynshtayger va Luka Podolskining rolini Florian Virc va Jamol Musiala o'z zimmalariga olishi mumkin.

Vengriyalik muxbir Endi Klark

Vengriya SHveycariyaga qarshi birinchi o'yinda raqibga haddan tashqari ko'p "sovg'a" taqdim etdi va Myunxenda SHotlandiyani osonlikcha mag'lub etgan Germaniyaga qarshi o'yinda bunday "saxovatli" bo'lishga haqqi yo'q. Rossi jamoasi so'nggi uch uchrashuvda "Bundestim"ga mag'lub bo'lmagan, shuning uchun vengrlar o'yinga yaxshi umid bilan yondashishadi. Agar Vengriya SHveycariyaga qarshi ikkinchi bo'limda ko'rsatgan o'yinini namoyish eta olsa, nemislar uchun syurpriz hozirlashi mumkin.

Murabbiylar fikri

Germaniya bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann: "Biz birinchi qadamni tashladik va muvaffaqiyatni rivojlantirishga harakat qilamiz. SHtutgartda g'alaba qozonish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solamiz. Jamoa menga katta kuch bag'ishlaydi, qo'l ostimdagi yigitlar bilan turnirda ishtirok etish juda yoqimli. SHotlandiyaga qarshi o'yindan keyin muxlislarning bizga bo'lgan ishonchi yanada yuqori bo'lsa kerak".

Vengriya bosh murabbiyi Marko Rossi: "Biz SHveycariyaga qarshi bahsda faollik namoyish eta olmadik. Bunday darajadagi jamoalarga qarshi o'ynash juda qiyin. Mag'lubiyat uchun aybdor ko'rsatmoqchi emasman. Men murabbiyman, shuning uchun masuliyatni o'z zimmamga olaman. Biz o'yin so'ngida gol o'tkazib yuborganimizdan xafa bo'ldim".

Eslatib o'tamiz, mazkur uchrashuv bugun Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da boshlanadi. 

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика