So’nggi yangiliklar

22:33"Насаф" назорат учрашувида "Иртыш"ни мағлубиятга учратди  0 22:12"Қўқон-1912" Туркиядаги илк назорат ўйинида Косово клубига ютқазди  1 21:42"Манчестер Сити" Оскар Боббни АПЛнинг бошқа клубига сотиш бўйича келишувга эришди  0 21:09Стерлинг ўз академиясида болаларни машқ қилдирмоқда. "Челси" футболчиси бу мавсум майдонга тушмади  2 20:45"Челси" Эндрикни сотиб олиш учун катта сумма тўлашга тайёр  3 20:22"Барса" ва "Ман Сити" Дюмфрисга қизиқишини сақлаб қолмоқда  0 19:45"Перес эффекти". Флорентино Беллингем ва бошқа юлдузлардан муносабатни ўзгартиришни талаб қилди  14 19:03Суперлиганинг янги мавсумига қуръа ташлаш маросими бўлим ўтди (тўлиқ тақвим)  34 18:44Футзал бўйича Осиё кубоги–2026 кундалиги: 1-тур баҳслари якунланди (жадвал)  3 18:35Футзал бўйича Осиё Кубоги. Ўзбекистон Тожикистонни юта олмади  33 17:38"Сени топаман!" — Адрианонинг онасини сунъий интеллект ёрдамида алдаб, пулларини ўғирлашди  2 16:39"Фарғона вилояти ҳоким кубоги" старт олди: "Нефтчи" U-21 ва "Яйпан" ғалабага эришди  8 16:24"Тоттенхэм" футболчиси Ferrari да ўйинга кетаётиб, аварияга учради  1 15:50Матвей Сафонов "Ньюкасл"га қарши ўйин қайдномасига киритилди  3 15:17ЕЧЛ. Неаполда "Челси"нинг икки мухлиси шифохонага ётқизилди, бирига пичоқ билан ҳужум қилинган бўлиши мумкин  3

Evro-2024. Mbappe va Levandovskining penaltidan urgan gollari Franciya va Polshaning murosasini taminladi Yangiliklar

Evro-2024. Mbappe va Levandovskining penaltidan urgan gollari Franciya va Polshaning murosasini taminladi

Evropa chempionati "D" guruhi 3-turidan o'rin olgan Franciya - Polsha uchrashuvining yakunlandi.

Franciya — Polsha 1:1

Gollar: 1:0 – 56, penalti Mbappe, 1:1 – 79, penalti Levandovski.

Franciya – Menyan, Kunde, Upamekano, Saliba, Ernandes, Kante (Grizmann, 61), Rabo (Kamavinga, 61), Tchuameni (Fofana, 81), Dembele (Kolo-Muani, 86), Barkolya (Jiru, 61), Mbappe.

Polsha – Skorupski, Davidovich, Bednarek, Kiver, Zalevski (Skuras, 68), Zelinski, SHimanski (Sviderski, 68), Moder, Frankovski, Urbanski, Levandovski.

Ogohlantirishlar: Zalevski (24), Rabo (43), Davidovich (89), Sviderski (90+2).

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH

 Uchrashuv yakunlandi.

90. Ikkinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shib berildi.

85. Polshaliklarning burchak to'pi zarba bilan yakunlandi. Menyan o'z o'rnida. 

79. GOL! Levandovski yana chap tarafga zarba yo'llada, Menyan yana shu tarafga tashlandi, biroq bu safar qaytara olmadi.


77. Menyan!!! Levandovskining 11 metrdan yo'llagan zarbasini francuzlar posboni qaytardi, biroq hakam uning darvozasi chizig'idan ikkala oyog'i bilan chiqib ketganini malum qilib, qayta zarba belgiladi.

76. Penalti! Upamekano o'z jarima maydonida qo'pollik ishlatgani uchun Franciya darvozasiga penalti belgilandi.

74. Polshalik futbolchi raqib jarima maydonida yiqildi, hakam o'yinni davom ettirish kerakligini takidladi. Ammo VAR monitor qarshisiga hakamni chorladi.

70. Teo chap qanotdan raqib jarima maydoniga yorib kirib, uzatma amalga oshirdi, ammo sheriklari to'pga etib kela olmadi.

61. Franciyada birato'la uch o'zgarish sodir bo'ldi.

56. GOL! Mbappe penaltidan Evropa chempionatidagi dastlabki golini urdi!


55. Penalti! Dembele raqib jarima maydoni ichida yiqitildi.

53. Ernandes hujumda qo'pollik ishlatdi.

49. Skorupski! Mbappening aylanma zarbasini polshalik posbon qaytardi.

48. Kantening zarbasi rekoshet hosil qilib, maydon tashqarisiga chiqib ketdi.

47. Mbappening chap oyoqda yo'llagan zarbasi ancha noaniq ko'rinish oldi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Taym yakunlandi.

45. Francuzlarda ketma-ket ikkita xavfli vaziyat yuzaga keldi. Dastlab Teo, so'ngra Mbappening zarbalaridan keyin Skorupskiy vaziyat qahramoniga aylandi.

43. Rabo raqib futbolchisi nisbatan qo'pollik ishlatgani uchun ogohlantirildi.

39. Tchuameni jarima maydoni tashqarisidan xavfli zarba yo'lladi. Rekoshet Polsha joniga oro kirdi.

34. Polshadan yana bir xavfli vaziyat! Zelinskiyning uzatmasidan so'ng Levandovski bosh bilan zarba yo'lladi, to'p Salibaga tegib, maydonni tark etdi.

28. Futbolchilar chanqoqlarini bosib olishdi.

26. Dembelening yana bir muvaffaqiyatsiz burchak uzatbasi - bu safar to'p to'g'ri darvozabon qo'liga borib tushdi.

24. Zalevski ikki qo'li bilan Mbappening futbolkasini ushlab oldi va uning qarshi hujumga qochib ketishiga to'sqinlik qildi — sariq kartochka.

15. Polshadan xavfli burchak zarbasi! Urbanskining uzatmasidan so'ng yana Menyan katta sahnaga chiqdi.

6. Zelinskiydan xavfli zarba! Menyan o'z o'rnida.

4. Francuzlar dastlabki daqiqalardanoq nazoratni qo'lga olishdi.

1. Uchrashuv boshlandi. 

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика