So’nggi yangiliklar

13:18Пеп Артетада "барча маълумот бор"лиги ҳақида: "Бу 115та айблов ишига тегишли бўлиши мумкин. У аниқроқ гапириши керак"  0 12:59Гути: "Реал" "Атлетико"дан қасос олиш учун майдонга тушади"  1 12:33"Барселона"га келаётган посбон жамоада иккинчи дарвозабон бўлишга рози, аммо...  0 11:51Гвардиола: "Уруш хоҳлайсизми? Энди жанг қиламиз"  2 10:57Поль Погбанинг «Ювентус»даги келажаги маълум  0 10:20Таиланд терма жамоаси мураббийи: "Таиланд кетма-кет тўртинчи Жаҳон чемпионатида кучли 16таликдан жой олмоқда"  0 09:50Аргентина термасининг асосий дарвозабони жамоасининг октябрь ойидаги ўйинларида майдонга тушмайди  1 09:13BMW «Реал Мадрид» футболчиларига янги автомобилларни тақдим этди  4 08:38Франция терма жамоаси устози: "Қайд этаётган натижаларимиздан фахрланамиз ва ўзимизга ишонишда давом этамиз"  0 08:05Футзал бўйича ЖЧ 1/8 финал. Хорватия ва Таиланд мағлубиятга учрашди, Таиланд бош мураббийига ўйин тугагач қизил карточка кўрсатилди  0 08:01Саудия пролигаси. Роналду, Бензема гол урган баҳсда жамоалари ғалаба қозонишди  1 07:28Суперлига. Бугун 20-тур якунланади  11 01:56Лига 1. ПСЖ "Ренн"ни қийинчиликсиз мағлуб этди, Барколадан дубль  1 01:43А Серия. "Милан" "Лечче"га қарши ўйинда 5 дақиқа ичида 3та гол урди ва ғалабага эришди  2 01:28"Барселона" яхши таклиф олса, Араухони сотиши мумкин. Клуб ва ҳимоячи "совуқ уруш" ҳолатида  3

Evro-2024. Daniya ustunlik qilgan o'yinda Daniya va Angliya murosa ko'chasini tanlashdi Yangiliklar

Evro-2024. Daniya ustunlik qilgan o'yinda Daniya va Angliya murosa ko'chasini tanlashdi

Evropa chempionatida 2-tur bellashuvlari davom ettirilmoqda.

"S" guruhida Daniya va Angliya terma jamoalari o'zaro bahs olib borishdi. Daniyaning ustunligi ostida o'tgan bellashuv durang bilan yakunlandi. Guruhda Angliya 4 ochko bilan birinchi, Daniya esa 2 ochko bilan ikkinchi pog'onada bormoqda.

Evro-2024

"S" guruhi, 2-tur

"Frankfurt Arena", Frankfurt

Bosh hakam: Artur Dias

Daniya - Angliya 1:1

Gollar: M.Yulmand 34 - X.Keyn 18

Daniya: 1.Kasper SHmeyxel, 6.Andreas Kristensen, 3.Yannik Vestergor, 2.Yoakim Andersen, 17.Viktor Kristeansen (18.Aleksandr Bah, 57), 5.Yoakim Mele, 21.Morten Yulmand (15.Kristian Norgard, 83), 23.Per‑Emil Xeyberg, 10.Kristian Eriksen (11.Andreas Skov Olsen, 83), 9.Rasmus Xoylund (20.Yusuf Poulsen, 67), 19.Yonas Vind (14.Mikkel Damsgor, 57).

Angliya: 1.Jordan Pikford, 5.Jon Stounz, 6.Mark Gei, 2.Kayl Uoker, 12.Kiran Tripper, 4.Deklan Rays, 8.Trent Aleksander‑Arnold (16.Konor Gallaxer, 54), 10.Jud Bellingem, 7.Bukayo Saka (20.Jarred Boven, 69), 11.Fil Foden (21.Eberechi Eze, 69), 9.Xarri Keyn (19.Olli Uotkins, 69).

Ogohlantirishlar: YA.Vestergor 27, Y.Mele 73, K.Norgard 87 - K.Gallaxer 61

YANGILASH


Uchrashuv yakunlandi. Angliya ustunlik qilolmadi va Daniya bilan durang o'ynadi.

Uchrashuvga 3 daqiqa qo'shib berildi.


Juda kuchli tarkibga ega Angliyaning bir necha yillardan beri asosiy muammosi Garet Sautgeyt bo'lsa kerak...


87. Sariq. Raqib hujumini qo'pollik bilan buzgani uchun norgard ogohlantirildi.

85 - Zarbaaa, Xoybergning zarbasi salgina noaniq. Daniyaliklar o'yin oxirida ketma-ket hujumlar uyushtirmoqda, ingliz emas.

82 - O'zgarish: Daniyada Eriksen va Yulmand o'rniga Skov Olsen va Norgard tushdi.

79 - Reshfordning o'rniga olib kelingan Ezedan ancha noaniq pas.

73 - Sariq, Mele ogohlantirildi.

71 - Zarbaaa, Bellingemning pasidan keyin Uotkins o'tkir burchakdan zarba berdi. SHmeyxel o'z o'rnida.

69 - O'zgarishlar: Angliyada Foden, Keyn va Saka o'rniga Eze, Uotkins va Bovenni tushirdi. Oldindagi uchlikni to'liq almashtirdi.

67. O'zgarish: Daniyada Rasmus Xoylund o'rniga Yusuf Poulsen tushdi.

63 - Kristian Eriksenning chap oyoqdagi zarbasi ancha noaniq ketdi.

61. Kristensenning oyog'ini bosib olgani uchun Konor Gallaxer ogohlantirildi.

57 - O'zgarish: Daniyada Kristiansen va Vind o'rniga Damsgor va Bah tushdi.

56 - Zarbaaa, Fodenning chap oyoqdagi kuchli zarbasini darvoza ustuni qaytardi.

54 - O'zgarish: O'yindagi birinchi o'zgarishga Sautgeyt qo'l urdi. Trent o'rniga 16-raqamda Konor Gallaxer tushdi.

53 - Sakaning bosh bilan bergan zarbasi noaniq.

51 - Deklan Raysning kuchli zarbasini SHmeyxel ushlab oldi.

47 - Ikkinchi bo'limda ham dastlabki zarbani Daniya berdi, blok qo'yishdi.

Ikkinchi bo'limga start berildi.


Frankfurtdagi maydon chimi sochilib ketmoqda.



Birinchi bo'lim Fodenning ancha noaniq zarbasidan so'ng o'z yakuniga etdi. Tanaffus!



44 - Daniyaning navbatdagi zarbasii, Xoybergning zarbasini Pikford ushlab oldi.

Golda Yulmann yo'llagan zarba soatiga 114 km tezlikda uchibdi inglizlar darvozasi tomon.

41 - Zarba, Foden Keynga pas bersa bo'ladigan epizodda o'zi tepdi. Kasper SHmeyxel o'rnida.

39 - Zarbaa, Kristinsenning bosh bilan zarbasi darvoza to'riga tashqaridan tegdi. Inglizlar hamon faqat himoyalanishmoqda. Sautgeyt nimadir qilarmikin yoki tanaffusgacha shunday o'tkazmoqchimi o'yinni?

34 - GOOOOOLLL!!! Morten Yulmand uzoq masofadan Pikford darvozasini ishg'ol qildi. To'p avval ustunga tegdi, keyin ichkariga kirib ketdi - 1:1.

33 - Bosh hakam Artur Dias Uoker va Kristensenni chaqirib o'zlaring bosib ollaring, ko'rib turibman ikkalangni ham dedi.

- 1-turda Angliya hisobda oldinga chiqib olgandan keyin Sautgeyt ekonom rejimni yoqib olgandi, bugun ham shunga qarab ketmoqda. Angliya qachon bor kuchini maksimal ko'rsatarkin???

27 - Sariq. Sakani yiqitgani uchun Yannik Vestergor ogohlantirildi.

23 - Zarbaa, Kristian Eriksenning zarbasiga himoyachilar blok qo'yishdi. Oldingi Evroda maydonda yiqilib tushgan (yurak huruji) Eriksen oradan 3 yil o'tib mana bu Eroga ham keldi va 1-turda gol ham urdi. Ajoyib qaytish. Eriksenning o'yinini kuzatish yoqimli.


Keyn gol urgan epizod.


Fentezida Keynni sotib olganlarga alangali salomlar.

18 - GOOOOOLLL!!! Xarri Keynnn! Kayl Uoker bir qarashda himoyachi olib qo'ygandek ko'ringan to'pga super tezlikda raqibdan oldin etib bordi va yo'q joydan xavf yaratdi. To'p esa jarima maydonchasi ichida bir nimalar bo'lib Keynga etib keldi. Xarri Evro-2024dagi gollar seriyasini ochib oldi.

17 - Inglizlar pressing qilishdi va to'pni olib qo'yishdi, Keynning zarbasiga himoyachilar blok qo'yishdi.

13 - Zarbaa, Foden bir o'yinchini aldab o'tib chap oyoqda aylanma zarba berdi. Noaniq.

9 - Kayl Uoker tekis joyda oyog'i qayrilib ketdi va to'pig'ini jarohatlab oldi. Biroz tibbiy yordamdan so'ng Kayl maydonga qaytdi.


Jud Bellingemning ukasi Job Bellingem ham stadionda va akasi hamda vatandoshlarini qo'llab-quvvatlamoqda.


7 - Inglizlarning oldinga o'tishga urinishi Trentning noaniq pasi bilan yakuniga etdi.

5 - Dastlabki 5 daqiqalikda Daniya nisbatan ko'proq raqib jarima maydonchasiga bormoqda.

- Garet Sautgeyt mana ikkinchi o'yindir-ki, maydonda 3 nafar sof o'ng qanot himoyachilarini bir vaqtda o'ynatmoqda. Kayl Uoker o'ng, Kiran Tripper chap qanot himoyada, Trent Aleksander Arnold esa markaziy yarim himoyada.

1 - Zarbaa, o'yindagi dastlabki zarbani Xoyberg berdi. Pikford joyida.

- UEFA sobiq bosh kotibi Gerxard Aigner xotirasi uchun bir daqiqa sukut saqlandi. Aigner 1989-1999 yillar UEFA bosh kotibi bo'lib ishlagan. U 199-2003 yillarda UEFA bosh direktori bo'lib ham ishlagan.


O'yinni jonli tomosha qilish uchun Britaniya shahzodasi Uilyam ham kelgan.


- Assalom alaykum qadrli futbol ishqibozlari! Evro-2024 2-turi doirasida Daniya va Angliya terma jamoalari o'zaro bahs olib borishadi. O'yin "Frankfurt Arena"da bo'lib o'tadi.


Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика