So’nggi yangiliklar

12:46Ўзбек ва жаҳон футболи ҳамда футзали юлдузлари ўртасида баҳс ўтказилди  2 12:14"Ювентус" майдонга тушмай маош олаётган юлдуздан қутилмоқчи  1 11:50"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 8 ёшли Умарбеков Бурхон  0 11:16Мурод Исмоилов: “Финалда қайси жамоа ғалаба қозонса ҳам якунда футбол ютади”  0 10:57Ўзбекистон кубоги. Финалларни энг кўп қайси ҳакам бошқарган?  1 10:30"Барселона" ва "Nike" ўзаро келишувга эришди  3 09:58Туркия чемпионати трансфер нархлари янгиланди. Алиқулов ва Турғунбоевнинг нархи қанчани ташкил этмоқда?  2 09:21Испаниянинг октябрь ойидаги ўйинлар учун таркиби эълон қилинди  2 08:45Sofascore. Алиқулов кечаги учрашувнинг энг зўри бўлди  7 08:13Футзал. Бугун Ўзбекистон ҳамда жаҳон футболи ва футзали афсоналари ўртасида учрашув бўлиб ўтади  2 07:42Ўзбекистон кубоги. Бугун финал!  52 00:50"Атлетико" Куртуага буюм отган мухлисларни кечирмади  0 00:15Сане АПЛга қайтиши мумкин  1 23:58Туркия. "Ризеспор" 5 ўйинлик голсиз, ғалабасиз сериясини тугатди, Алиқуловдан гол!  7 23:29А Серия. Мактомини, Лукакунинг голлари "Наполи"га ғалаба келтирди  3

Evro-2024. Angliya SHveycariyani penaltilar seriyasiga ko'ra mag'lub etib, yarim finalga yo'l oldi! Yangiliklar

Evro-2024. Angliya SHveycariyani penaltilar seriyasiga ko'ra mag'lub etib, yarim finalga yo'l oldi!

Evro-2024 musobaqasi chorak finalidan o'rin olgan uchrashuv tafsilotlarini ushbu sahifada kuzatib bordingiz.

Evro-2024

1/4 final

England

Bukayo Saka - 80', Cole Palmer - 121', Jude Bellingham - 121', Bukayo Saka - 121', Ivan Toney - 121', Trent Alexander-Arnold - 121'

EURO Final Stage . Quarter Finals-tur

06/07/2024, 21:00

4
:
6
Tugadi

Switzerland

Breel Embolo - 75', Fabian Schaer - 121', Xherdan Shaqiri - 121', Zeki Amdouni - 121'

Stadion: Duesseldorf Arena, 46907 tomoshabin

Bosh hakam: Daniele Orsato

45'
90'
120'
67'  Harry Kane
78'  Kobbie Mainoo (Luke Shaw)
78'  Kieran Trippier (Eberechi Eze)
78'  Ezri Konsa (Cole Palmer)
80'  Bukayo Saka
80'  Declan Rice
109'  Harry Kane (Ivan Toney)
115'  Phil Foden (Trent Alexander-Arnold)
32'  Fabian Schaer
63'  Fabian Rieder (Steven Zuber)
63'  Ruben Vargas (Silvan Widmer)
75'  Breel Embolo
85'  Silvan Widmer
98'  Dan Ndoye (Denis Zakaria)
109'  Breel Embolo (Xherdan Shaqiri)
118'  Michel Aebischer (Zeki Amdouni)
118'  Remo Freuler (Vincent Sierro)

Angliya – SHveycariya 1:1 (penaltilar bo'yicha – 5:3)

6 iyul. Dyusseldorf. "Dyusseldorf Arena". 21:00

Gollar: Saka 80' – Embolo 75'

Angliya: Pikford, Uoker, Stounz, Konsa (Palmer , 78), Tripper (Eze, 78), Maynu (SHou, 78), Rays, Saka, Foden (Arnold, 115), Bellingem, Keyn (Touni, 110).

SHveycariya: Zommer, SHer, Akanji, Rodriges, Ebisher (Amduni, 118), Froyler (Serro , 118), Jaka, Rider (Cuber, 64), Vargas (Vidmer, 64), Ndoye (Zakariya, 98), Embolo (SHakiri, 109).

Ogohlantirishlar: SHer (32), Keyn (66), Vidmer (85).


The end. Angliya penaltilar seriyasiga ko'ra g'alaba qozonib, yarim finalga yo'l oldi! 

- Trent — gol! 5:3!

- Amduni — gol! 4:3!

- Touni — gol! 4:2! 

- SHakiri — gol! 3:2!

- Saka — gol! 3:1!

- SHer — gol! 2:1!

- Bellingem — gol! 2:0!

- Akanji — gol! 1:0! 

- Palmer — gol! 1:0!  

- Angliya boshlab beradi. To'p tomon Palmer yo'l oldi. 

- "Lotereya" boshlanmoqda!

UCHRASHUV YAKUNLANDI! BIROZDAN SO'NG PENALTILAR SERIYASINI TOMOSHA QILAMIZ.

120. Hakam 1 daqiqa qo'shib berdi. 

119. Zarbaaa! Amdunining kuchli zarbasini Pikford bartaraf qildi. 

118. SHveycariyada 2 ta o'zgarish: Ebisher o'rniga Amduni, Froyler o'rniga Serro bahsna tugatib qo'yadi.  

117. Uuux! SHakiri sal qolsa burchak zarbasidan gol urardi. To'p ustun va to'sin burgagiga tegib qaytdi. Dahshat! 

115. Angliyada o'zgarish: Foden o'rniga Trent tushirildi. 

112. Eberechi Eze uzun pasni amalga oshirdi, biroq to'p to'g'ri raqib himoyachisiga borib tushdi. 

110. Angliyada o'zgarish: Keyn o'rniga Touni bahsni davom ettiradi.

109. SHveycariyada almashtirish: Embolo o'rniga SHakiri tushdi. 

106. Ekstra taymlarning ikkinchi qismi boshlandi!

Birinchi ekstra taym tugadi. Jamoalar joy olmashishadi. 

102. Uuux! Jud Bellingemning yaqin masofadan bergan kuchli zarbasini Zommer qaytarishga erishdi.

98. SHveycariyada o'zgarish: Ndoye o'rniga Zakariya maydonga tushdi.

95. Zarbaaaa! Deklan Raysdan kuchli zarba, Zommerdan dahshatli seyv! Yakunda burchak zarbasi. 

93. Uchrashuvni tomosha qilish uchun stadionga 46907 nafar tomoshabin kelibdi.

91. Ekstra-taymlarning birinchisi boshlandi!

2-taym yakunlandi! Qo'shimcha taymlar ko'ramiz. 

90+3. Zarbaaa! Cuber yaqin masofadan noaniq zarba ijro etdi. Qanday imkoniyat! 

90. Ikkinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi. 

90. Ndoye qarshi hujumga o'tib ketdi va tribuna tomon zarba berdi...

88. Zarba! Ezening chap qanotdan o'ng oyoqda yo'llagan zarbasiga aniqlik etishmadi. 

85. Palmerni yiqitgan Vidmer ogohlantirish oldi. 

83. Yaxshi imkoniyat! Harri Keyn zarba berishga shaylandi va buning uddasidan chiqdi, himoyachilardan biri to'p yo'liga g'ov bo'lib, jamoasi joniga ora kirdi.

80. GOOOOOOOOOOL! Bukayo Sakaning aylanma zarbasidan keyin to'p darvoza to'ridan joy oldi – 1:1. Angliya uyg'ondi. 

78. Angliyada 3 ta almashtirish: Maynu o'rniga SHou, Tripper o'rniga Eze, Konsa o'rniga Palmer tushirildi. 

75. GOOOOOOOOOL! Fabian SHer boshlagan hujum Ndoye orqali rivoj topdi va Emboloning gol bilan nihoyalandi. 

71. Fil Fodenning pasidan keyin himoyachilar to'pni uzoqlashtirishdi.

66. Harri Keyn Akanjiga nisbatan o'ta qo'pol harakat qildi va ogohlantirildi. 

64. SHveycariyada 2 ta o'zgarish: Vargas o'rniga Vidmer, Rider o'rniga Cuber o'yinga qo'shildi. 

61. Ruben Vargasning ichkariga oshirib bergan to'pini himoyachilar bartaraf qilishdi.

57. Embolo ko'kragi bilan zarba berib, Pikfordni hushyorlikka chorladi.


55. Fil Foden himoyachilarga yordam qaytib, to'pni Jakadan olib qo'ydi. Foydali ish – o'zgarish bor. 

54. Aytgancha, maydonda kimsan Fil Foden ham bor. Ammo uni birorta epizodda ko'rganimiz yo'q. G'alati.

52. Xushxabar! Emboloning zarbasidan so'ng uchrashuvdagi ilk aniq zarba kuzatildi. 

49. Jaka Sakaga nisbatan qo'pollik ishlatdi – birinchi taymdagi qoida buzish bilan 1:1 bo'ldi. 

47. Jud Bellingemning uzatmasini himoyachilar qaytarib qolishdi, keyingi vaziyatda Saka chap oyoqda zarba berdi, ammo to'p yana manzilga bormadi va himoyachilarga tegdi.

46. Ikkinchi taymga start berildi! 

Hakam ham zerikib ketdi chog'i, birinchi taymni tugatib qo'ya qoldi.

45. Fil Fodenning burchakdan oshirib bergan pasidan keyin Yan Zommer to'pni ilib oldi.

41. Zarbalar bo'yicha statistika – 0:0. 

38. Birinchi taym deyarli yakunlanib borayotgan bo'lsa, jamoalar xuddi g'alaba uchun harakat qilmayotgandek taassurot uyg'onmoqda.  


34. Saka sobiq klubdoshi Jakaga nisbatan qo'pollik ishlatdi. Orsato hushtagini chaldi. 

32. SHer Bellingemga nisbatan qoidani buzdi va sariq kartochka oldi. Himoyachi potencial hujumga chek qo'ydi.

31. O'yin tempini u qadar yuqori deb bo'lmaydi. Umid qilamizki, ikkinchi bo'limda bunday o'yin ko'rmaymiz. SHveycariya hujum tashkil qilmoqda, lekin aytarli hech qanday vaziyat yo'q. 

27. Bukayo Sakaning ichkariga uzatgan to'pini himoyachilar uzoqlashtirishdi.

25. Vargas aqlli pas orqali sherigini birga-bir holatga olib chiqishiga bir baxya qoldi – himoyachilar bunga to'sqinlik qilishdi. 

22. Zarba! Tripperning burchak zarbasi orqali oshirib bergan to'pini Keyn bosh bilan darvozaga yo'naltirdi, noaniq. 

19. Froyler hujum chog'ida Uokerga nisbatan qoidani buzdi.

16. Zarbaaa! Raysning pasidan keyin Maynu kuchli zarba yo'lladi, ammo to'p himoyachiga tegib qaytdi. Juda xavfli zarba edi... 

13. Angliya o'yin nazoratini qo'lga olishga urinmoqda. To'p kimga tushmasin, har bir jamoa uzoq vaqt to'psiz harakat qilmoqda.

UEFA prezidenti Aleksander CHeferin va shahzoda Uilyam uchrashuvni birgalikda kuzatib borishmoqda

11. SHveycariyaliklar hujumchisi Embolo ichkarida to'pni qabul qilib olgach, ofsayd bordek tuyulgandi, ammo takroriy vaziyatga ko'ra, u aqlli harakat qilib, o'yindan tashqari holatdan chiqib ketgan ekan.  

8. Ndoyening ichkariga uzatmasidan so'ng Maynu xavfni bartaraf etdi. 

8. Angliya bosim qilishi oqibatida Jaka to'pni darvozabonga etkazishga majbur bo'ldi, hujum darvozabon orqali rivojlanmoqda. 

4. Bukayo Sakadan yaxshi, ammo omadsiz uzatma – uning sheriklari to'pga ulgurishmadi.

3. Hozircha SHveycariya to'pga egalik qilib turibdi, Angliya to'pni olib qo'yishga harakat qilmoqda. 

1. Bahs boshlandi! 

- Bugungi uchrashuvni Daniele Orsato boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi.

- Ikki davlat madhiyasi yangramoqda. 

- Jamoalar maydonga tushib kelishdi.

- Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 21:00 da boshlanadi.

Reyting: +4   

Fikrlar

+6   
06 iyu 23:49:42
АЗАРБАЙЖАН
Швейцария хакли эди ярим финалга наилож футболда адолат йук
+6   
06 iyu 22:04:52
FC BARSELONA
Agar shunaqa tarkibni Gvardiolla Klop Xaynks bersa lyuboy jamaoni sochib tashlasa kerak
+3   
06 iyu 22:18:47
Арсенал 14 foydalanuvchining fikriga javob berish
Faqat natija uchun o'ynab futbolni ham jozibasi, azarti tushib boryapti. Mazza qilib ochiq, jangavor futbol ko'rib bo'lmay qoldi oxirgi vaqtlarda
Oddiy do’stona maslahat. Yevrodan ko’ra, bir marta Copa America o’yinlarini ko’rib ko’ring. Bugun tongdagi Kanada-Venesuela o’yini Yevroning har qaysi o’yinidan 2 barobar qiziqroq bo’ldi shekilli. Mazza qilib tomosha qiladi odam. Ancha hujumkor, ochiq, jangovar futbol bo’ldi. YouTubeda Setanta kanalida obzori bor. Ertalab Urugvay-Braziliyani aytmasa ham bo’lsa kerak qanchalik qizg’in bo’lishini. Deyarli har bir o’yinini ko’rayotgan inson sifatida o’yin bobida, chiroy, ochiq futbol bobida Copa > Euro. Albatta bu shaxsiy fikr va tavsiya
+2   
06 iyu 23:45:53
Dilshod Nazarov
FC BARSELONA foydalanuvchining fikriga javob berish
Agar shunaqa tarkibni Gvardiolla Klop Xaynks bersa lyuboy jamaoni sochib tashlasa kerak
Terma jamoda siz aytgan murabbiylar ishlay olmasa keregov nega deganda juda oz vaqt tayyorgarlik boladi fifa kunlarini kutishadi klub murabbiy bn Terma murabbiyda katta farq bor qachon ishlab korishsa bilib olamiz
+2   
06 iyu 23:38:45
Mavlon Raimov
Man off the match? Long ball? Ona tilim kechir meni ona tilim
+2   
06 iyu 23:32:45
Касимов
Англия чикиб кеторсин з килди антифутбол узим мухлиси бусамам
+2   
06 iyu 23:20:12
Tulkin Alimov
foydalanuvchining fikriga javob berish
Oddiy do’stona maslahat. Yevrodan ko’ra, bir marta Copa America o’yinlarini ko’rib ko’ring. Bugun tongdagi Kanada-Venesuela o’yini Yevroning har qaysi o’yinidan 2 barobar qiziqroq bo’ldi shekilli. Mazza qilib tomosha qiladi odam. Ancha hujumkor, ochiq, jangovar futbol bo’ldi. YouTubeda Setanta kanalida obzori bor. Ertalab Urugvay-Braziliyani aytmasa ham bo’lsa kerak qanchalik qizg’in bo’lishini. Deyarli har bir o’yinini ko’rayotgan inson sifatida o’yin bobida, chiroy, ochiq futbol bobida Copa > Euro. Albatta bu shaxsiy fikr va tavsiya
Бразилия деса ёшлигимиздаги одамлани футболга қизиқиши эсимга келади,
Бразилияни ўйинини худди тўйдек кутишарди одамлар.
+2   
06 iyu 21:53:07
Vasliddin Eshpulatov
Kechagi Fransiyani oʻyiniga oʻxshab uta zerikarli oʻyin boʻlyapti kechka turklar bilan uchar Gollandiya yonadi lekin
+2   
06 iyu 21:48:35
Boy FrienD
Yevrodagi eng zerikarli oyinlar faqat Angliya termasiga tegishli bolsa kk
+2   
06 iyu 21:33:06
Soccerland777
Хайрулла Хамидов бўлмаса, Даврон бир хил оҳангда ... Шахматга кўпроқ мос тушади...
+1   
07 iyu 00:03:50
Лидс Юнайтед
Мен 98 йилдан бери Англияга мухлислик қиламан шунча ажойиб уйинлар биланхам хечнимага эриша олмаган. Ман учун натижа мухим пенальтилар сериясидан булсахам. Менга уқшаган Англия мухлисларини табриклайман
+1   
06 iyu 23:59:49
Zlatan_10
Juda Kam comment qoldiraman lekin
Shu 22 yildan ber Furbol ko’rayotgan bo’lsam eng be’mani eng mazmunisiz eng NOXAQLAR YARIM FINALGA CHIQGAN EURO BO’ldi Turkiya xam
Chiqmasa ko’rishni keregi Yo’q
Bellingham xali xech qancha ko’rinmay yulduz bo’lib bo’pti
+1   
06 iyu 23:52:03
Azamat Shoha
Франция - Испания
Англия - Нидерландия

Финал Испания - Нидерландия
+1   
06 iyu 23:41:18
USB
Germaniya bilan Ispaniya asli finalda toqnash kelishi kerak ekan
+1   
06 iyu 23:40:51
Tohir P
Англия бу сафар хам амаллади
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика