Evro-2024. Akmal Xolmatov: "Xorvatiya yoshargan holda yanada kuchli terma jamoaga aylanadi. Kutilmagan nomlar qiziq emas. Lekin..."
25 iyu 2024 15:18
Yangiliklar
Evro-2024. Akmal Xolmatov: "Xorvatiya yoshargan holda yanada kuchli terma jamoaga aylanadi. Kutilmagan nomlar qiziq emas. Lekin..."
Terma jamoalar guruh bosqichidagi ishtiroklarini yakuniga etkazmoqda. Omadi kelganlar keyingi bosqichga, yana ayrimlari o'z yurtlariga yo'l olishmoqda. Biz bu borada "Paxtakor", "Neftchi" jamoalari sobiq futbolchisi Akmal Xolmatovning fikrlari bilan qiziqdik.
"Umuman olganda hamma terma jamoalar yaxshi taassurot qoldirmoqda. Bu oddiy musobaqa emas, Evropa chempionati. SHunday ekan o'yinlar shiddatli o'tmoqda. Avvalgilaridan ajralib turadigan jihatlari bor. Menga Gruziya terma jamoasining o'yini yoqdi. Kutilmagan nomlar juda ham qiziq deya olmayman.
Xorvatiyaning o'yiniga to'xtalsak, ular har doimgidek kuchli. Lekin omadi kelmayapti. Kuchli murabbiy tarkibni yoshartirtirgan holda yanada kuchliroq jamoaga aylantirishi mumkin.
Favoritlar kuchini tejayapti emas, raqiblar yaxshi qarshilik ko'rsatmoqda. Ular o'z o'yinlarini o'ynayapti",- deydi Akmal Xolmatov.
Abdulaziz Iskandarov
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar