Evro-2020. Xorvatiya CHexiya bilan o'yinda durangga imzo chekdi
18 iyu 2021 22:51
Yangiliklar
Evro-2020. Xorvatiya CHexiya bilan o'yinda durangga imzo chekdi
Croatia Ivan Perisic - 47' |
EURO Grp. D . 2-tur 18/06/2021, 22:00 1
:
1
Tugadi
|
Czechia Patrik Schick - 37' |
Stadion: Hampden Park, 5607 tomoshabin
Bosh hakam: Carlos del Cerro
Evropa chempionati-2020. "D" guruhi, 2-tur.
18 iyun. Glazgo. "Xempden Park" stadioni.
Bosh hakam - Karlos del Serro (Ispaniya)
Xorvatiya – CHexiya 1:1
Gollar:
0:1 – 37, penalti SHik, 1:1 – 47 Perishich.
Xorvatiya – Livakovich, Gvardiol, Lovren, Vrsalko, Vida, Brekalo (Ivanushec, 46), Perishich, Modrich, Kovachich (Brozovich, 87), Rebich (Petkovich, 46), Kramarich (Vlashich, 62).
CHexiya – Vaclik, CHelyustka, Kalas, Coufal, Borjil, Yankto (SHevchik, 74), Golesh (Kral, 63), Masopust (Glojek, 63), Darida (Barak, 87), Souchek, SHik (Krmenchik, 75).
Ogohlantirishlar:
Lovren (35), Masopust (50), Borjil (82), Glojek (90).
Ispaniyalik referi Karlos del Serroning uchrashuvni yakunlab beruvchi hushtagi chalindi. Durang!
90+3. Petkovichga qo'pollik ishlatgan Glojek ogohlantirildi.
90. Uchrashuvning asosiy vaqtiga 3 daqiqa qo'shib berildi.
89. Uxxxx! Perishichning ajoyib uzatmasini Bruno Petkovch golga aylantirolmadi. Aniqrog'i, vaziyatni himoyachi bartaraf qildi.
Xorvatiyada o'ynayotgan Kovachichni Marselo Brozovich o'zgartirdi.
87. CHexiyada o'zgarish: Vladimir Darida o'rniga Antoni Barak maydonga chiqdi.
85. CHexlarning yana bir hujumiga mantiqiy yakun etishmadi.
82. Bruno Petkovichni qo'pollik bilan to'xtaib qolgan Yan Borjil sariq kartochka bilan ogohlantirildi.
80. Xorvatiya chap qanotdan oldinga otildi. Ammo hujumni yakunlovchi zarba etishmadi.
74. CHexiyada o'zgarish: Yakuyu Yankto va Patrik SHik zaxiraga olini. Ularning o'rnini SHevchik va Kremenchik to'ldirdi.
72. Nikolo Vlashich 7 metr masofadan Vaclik darvozasini ishg'ol qilolmadi.
70. Zarbalar statistikasi 8:10 - CHexiyaning foydasiga.
65. O'yin yana maydon markaziga ko'chdi.
60. CHexlar qulay nuqtadan standartga ega bo'lishdi. To'p o'yinga kiritilganch, vaziyat burchak zarbasi bilan yakunlandi.
58. Xorvatiyaning davomiy hujumchlari natija bermayapti.
52. Souchek uzoq masofadan bor kuchi bilan zarba yo'lladi, biroz noaniq.
50. Gvardiolga nisbatan qo'pol o'ynagan Masopust ogohlantirildi.
Golllllll! CHap qanotdan ajoyib reyd uyushtirgan Ivan Perishich yanada ajoyibroq zarbasi bilan hisobni tenglashtirdi - 1:1.
47. Matteo Kovachichning uzoq masofadan yo'llagan zarbasi noaniq ko'rinish oldi.
46. Xorvatiya taymni o'zgarishlar bilan boshladi. Rebich o'rniga Petkovich, Brekalo o'rniga Ivanushec tushdi.
Karlos del Serroning 1-bo'limni yakunlab beruvchi hushtagi chalindi. Tanaffus!
Patrik SHikning zarbasiga aniqlik etishmadi.
45+3. Modrich va Vrsalkoning xatosidan keyin jarima maydoniga kirib borayotgan SHik Kovachich tomonidan qo'pollik bilan to'xtatildi. Jarima zarbasi.
45+1. SHimi Vrsalko Yakub Yanktoningi qorin qismiga tirsagi bilan zarba berdi. Hakam jarima xarbasi belgilash bilan kifoyalandi..
45. Uchrashuvning birinchi bo'limiga 3 daqiqa qo'shib berildi.
44. Tomash Vaclik Andre Kramarichning yaqin burchakka yo'llagan zarbasini bartaraf qildi.
41. Endi Patrik SHikning o'zi Vidaga nisbatan qoidani buzdi.
39. Uxxx! Rebich jarima maydoni ichda qulay imkoniyatni qo'ldan chiqardi.
37. To'p oldida jabrdiyada SHikning o'zi. Gol! Hujumchi imkoniyatdan unumli foydalandi va to'purarlar reytingida etakchiga aylanib oldi - 1:0.
36. Xorvatlardan Modri va Kovachich bosh hakamga etiroz bildiryapti...
Ha, 11 metrlik jarima zarbasi belgilandi. Patrik SHikning burniga shikast etkazgan Deyan Lovren ogohlantirildi.
35. VAR ishga tushdi. Ehtimoliy penalti o'rganilyapti.
34. Patrik SHik jarima maydoni ichida yotibdi. Uning burni qonayapti...
33. CHexiyada burchak zarbasi. Yankto to'pni o'yinga kiritdi. Jarima maydonchasi ichidagilar to'pni darvozaga yo'naltira olishmadi.
28. O'yin ancha sokinlashib qoldi. To'p asosan maydon markazida aylanib yuribdi.
23. Luka Modrich jarima maydoni ichida bo'sh turgan Perishichni topdi. Biroq, Ivanjonning zarbasi to'ppa-to'g'ri darvozabon turgan nuqtaga yo'naldi.
21. Uxx! Tomash Vaclik to'pni qaytarishda xatoga yo'l qo'ydi. U tepgan to'p Ante Rebichga tegib chexlar darvozasiga kirib ketishi mumkin edi, ammo omad darvozabon tomonda ekan.
18. Yankto - Coufal kombinaciyasi gol bilan yakunlanishi uchun SHikning aniq va kuchli zarbasi kamlik qildi. 4 metr...
13. Perishichning o'ng qanotdan jarima maydoni ichiga uzatgan to'pini chex mudofaachilari qaytarib yuborishdi.
10. Deyan Lovren jarima zarbasini amalga oshirdi. To'p darvoza to'sini yuqorisidan o'tib ketdi.
7. Xorvatiya nihoyat oldinga o'tib, burchak zarbasi ishlab oldi...
5. Dastlabki daqiqalar chexlarning ustunligi ostida o'tmoqda.
4. Yakub Yanktoning burchakdan oshirgan uzatmasini Tomash Souchek darvozaga to'g'riladi, biroz noaniq...
3. CHexiyaning kombinacion hujumi xavfli ko'rinish olishi mumkin edi, ammo xorvatlar himoyasida Domogoy Vida yaxshi o'ynadi.
1. Uchrashuv boshlandi! To'pni o'yinga chexlar kiritib berishdi.
Croatia Ivan Perisic - 47' |
EURO Grp. D . 2-tur 18/06/2021, 22:00 1
:
1
Tugadi
|
Czechia Patrik Schick - 37' |
Stadion: Hampden Park, 5607 tomoshabin
Bosh hakam: Carlos del Cerro
Xorvatiya — CHexiya
18 iyun, 21.00, «Xempden Park»
Xorvatiya: Livakovich, Gvardiol, Lovren, Vrsalko, Vida, Brekalo, Perishich, Modrich, Kovachich, Rebich, Kramarich.
CHexiya: Vaclik, CHelyustka, Kalas, Coufal, Borjil, Yankto, Golesh, Masopust, Darida, Souchek, SHik.
Fikrlar