So’nggi yangiliklar

09:14Одил Абдумажидов фаолиятини юртимизда давом эттиради  0 08:40"Нефтчи" яна бир легионер футболчи билан хайрлашишга яқин  7 08:13“Мираброр Усмонов кубоги-2025”. Бугун Саудия Арабистонига қарши баҳс олиб борамиз  2 07:30Саудия Арабистони футболчилари Ўзбекистон U-23га қарши баҳс олдидан нималар деди?  0 00:50"Бавария" "Ливерпуль"га Диас учун 70 миллион евро ва бонуслар таклиф қилади  0 00:15"Аталанта" Ретегини 65 млн. еврога сотди  3 00:12МЮ "Брентфорд"нинг энг яхши тўпурари Мбемони 65+6 миллион фунтга сотиб олди  4 23:48Сауль Туркияга кўчиб ўтиш фикридан қайтди. Нега?  0 23:13As ўқувчиларининг 72% "Реал" Винисиус билан шартнома узайтиришини хоҳламайди  4 22:45"Реал" ва яна бир қатор жамоалар клублар ўртасидаги ЖЧ ҳар 2 йилда ўтказилишини хоҳлашмоқда, ФИФА эса...  3 22:15Луиджи Ди Бияджо: "Мусобақага қийин ҳолатда тайёргарлик кўрмоқдамиз"  6 21:47"Барселона" 2025 йилда "Камп Ноу"да ўйнай олмаслиги мумкин  5 21:36Дмитрий Плетнёв - "Динамо" футболчиси  4 20:45Назорат учрашуви. "Қизилқум" Про лига жамоасига йирик ҳисобда мағлуб бўлди  0 20:18"Манчестер Сити" "Ньюкасл"нинг 22 ёшли ҳимоячиси учун 65 миллион фунт таклиф қилишга тайёр  6

Evro-2020. Uels va SHveycariya murosa ko'chasini tanladi Yangiliklar

Evro-2020. Uels va SHveycariya murosa ko'chasini tanladi

Evro-2020 doirasida Uels hamda SHveycariya terma jamoalari o'rtasidagi o'yin yakunlandi.

Uels - SHveycariya 1:1 

Gollar: 0:1 – 49 Embolo, 1:1 – 74 Mur.

12 iyun 2021 yil. Boku. "Olimpiya" stadioni. 18:00

Bosh hakam: Kleman Tyurpen (Franciya)

Qanot hakamlari: Nikolya Dano va Siril Grengor (ikkisi Franciya)

Zaxira hakami: Srjan Yovanovich (Serbiya)

VAR hakami: Fransua Letese (Franciya)

VAR hakami yordamchilari: Jerom Brisar va Benjamen Pajes (ikkisi Franciya), Pavel Gil (Polsha). 

Uels – Uord, Roberts, Rodon, Devis, Mifem, Morrell, Remzi (Ampadu, 90), Beyl, Allen, Jeyms (Bruks, 75), Mur.

SHveycariya – Zommer, Rodriges, SHer, Elvedi, Mbabu, Jaka, Froyler, SHakiri (Zakariya, 66), Akandji, Seferovich (Gavranovich, 84), Embolo.

Ogohlantirishlar: SHer (30), Mur (47), Mbabu (63).


Ushbu sahifa orqali o'yinning matnli translyaciyasini kuzatib borishingiz mumkin bo'ldi.

- - - - - - - - - 

O'yin yakunlandi! Uels va SHveycariya terma jamoalari Evro-2020 musobaqasidagi dastlabki o'yinda bir ochkodan ishlab olishdi.

90+6. UCHRASHUV YAKUNLANDI!

90+3. Remzi o'rniga Ampadu o'yinni tugatib qo'yadi. 

90. Ikkinchi bo'limga besh daqiqa vaqt qo'shib berildi. 

85. GOOOL! SHveycariyaliklar futbolchisi Gavranovich raqib darvozasini ishg'ol qilgandi. Ammo u o'yindan tashqari holatda qolib ketgan ekan.

84. Seferovich o'rniga Gavranovich maydonga tushdi. 

80. Tashabbus nisbatan uelsliklar tomonga o'tgan.

75. Uels safida Jeyms o'rniga Bruks maydonga tushdi. 

74. GOOOL! MUR! Morrelning oshirib bergan zarbasidan so'ng boshini boylab olgan Mur boshi bilan to'pni raqib darvozasiga joylab qo'ydi - 1:1!

70. Uels oldinga o'tmoqda. 

66. SHakiri o'rniga Zakariya maydonga tushdi. 

63. Mbabu sariq kartochka ishlab oldi. 

59. Embolo kurashda jarohat oldi. 

49. GOOOL! Hisob ochildi! SHakirining etkazib bergan to'pini Embolo boshi bilan raqib darvozasiga yo'lladi va hisobni ochdi!

48. Embolooo! Uning kuchli zarbasini Uord qaytardi.

46. IKKINCHI BO'LIM BOSHLANDI!


BIRINCHI BO'LIM YAKUNLANDI!


45+2. Murga ogohlantirish.

45. Seferovichdan xavfli zarba! Biroz noaniq!

31. Garet Beylning jarimadan etkazib bergan zarbasi samarasiz yakunlandi. 

30. SHer sariq kartochka ishlab oldi.

27. Zarbaaa! Seferovichning chap oyoqda bergan zarbasi biroz noaniq! Bu shveycariyaliklar tomonidan berilgan dastlabki xavfli zarba edi.


Bugungi o'yinning yana bir yulduzi - Jerdan SHakiri! U SHveycariya safida etakchi bo'lishi kutilmoqda.


23. Malumot uchun, Bokudagi "Olimpiya" stadioni 70 ming tomoshabinga mo'ljallangan. Karantin sabab ushbu stadionning faqat 50 foizi tomoshabinlar bilan to'lishi mumkin. Ammo shunday bo'lsada, stadionda odam juda kam. Uchrashuvga qiziqish juda past. 

18. Mur to'qnashuvda jarohat oldi. Unga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda. 

15. Zarbaaa! Murning boshi bilan bergan zarbasini shveycariyaliklar posboni Zommer ajoyib tarzda bartaraf etdi! Seyv!


Muxlislar bugun aynan mana shu futbolchidan yorqin o'yin kutishmoqda - Garet Beyl!


3. Uels futbolchilari o'ng qanotdan oldinga kirishdi. Hujum bartaraf etildi. 

1. O'yin boshlandi! Bahsni SHveycariya terma jamoasi boshlab berdi.


Stadion deyarli bo'm-bo'sh.


Futbolchilar maydonga chiqib kelishdi. Madhiyalar yangramoqda. 


Terma jamoalar maydonga chiqib kelishga tayyorlanishmoqda. 


Assalomu alaykum hurmatli futbol muxlislari. Evro-2020 doirasida Uels hamda SHveycariya terma jamoalari o'rtasidagi o'yin boshlanmoqda. Ushbu sahifa orqali o'yindan matnli translyaciyani kuzatishingiz mumkin. 


Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика