Evro-2020. Ispaniya 5:0 hisobida zafar quchdi va pley-offga yo'l oldi!
23 iyu 2021 22:58
Yangiliklar
Evro-2020. Ispaniya 5:0 hisobida zafar quchdi va pley-offga yo'l oldi!
Slovakiya - Ispaniya 0:5
Sevilya, "La Kartuxa" stadioni
Gollar: 0:1 – 30, avtogol Dubravka, 0:2 – 45 Laport, 0:3 – 56 Sarabiya, 0:4 – 67 Ferran Torres, 0:5 – 71, avtogol Kucka.
Slovakiya – Dubravka, SHatka, Pekarik, Gubochan, SHkrinyar, Gamshik (Benesh, 90), Garaslin (Suslov, 69), Mak (Vayss, 69), Gromada (Lobotka, 46), Duda (Dyurish, 46), Kucka.
Ispaniya – Unai Simon, Erik Garsiya (Pau Torres, 71), Laport, Aspilikueta (Oyarsabal, 77), Alba, Koke, Buskets (Tiago Alkantara, 71), Sarabiya, Pedri, Jerar Moreno (Traore, 77), Morata (Ferran Torres, 66).
Ogohlantirishlar: Duda (12), Buskets (40), Alba (60), SHkrinyar (90).
Slovakia EURO Grp. E . 3-tur 23/06/2021, 22:00
Spain Martin Dubravka - 30', Aymeric Laporte - 45', Pablo Sarabia - 56', Ferran Torres - 67', Juraj Kucka - 71' Stadion: Estadio de La Cartuja, 11204 tomoshabin Bosh hakam: Bjorn Kuipers
Ushbu sahifada uchrashuvning matnli translyaciyasini kuzatib borishingiz mumkin bo'ldi.
90+4-daqiqa. Bo'ldi, hakamning final hushtagi yangradi va Ispaniya keyingi bosqichga chiqdi.
Slovakiya qo'shib berilgan vaqtda ham oldinga o'ta olmayapti. Ispanlar buyog'iga mazza qilib futbol o'ynamoqda.
90-daqiqa. O'yinning asosiy vaqtiga 4 daqiqa qo'shib berildi.
90-daqiqa. O'zgarish! Marek Gamshik uchun musobaqa yakuniga etdi. Uning o'rnini Laslo Benesh egalladi.
85-daqiqa. Adama Traore o'ng qanotdan oldinga o'tdi va to'pni jarima maydoniga uzatdi, lekin sheriklari zarba berish imkonini topa olishmadi.
82-daqiqa. Slovakiya to'pni nazorat qilmoqda.
77-daqiqa. O'zgarish! Sesar Aspilikueta va Xerard Moreno o'rniga maydonga Adama Traore hamda Mikel Oyarsabal tushirildi.
72-daqiqa. Takroriy lavhada ko'rindiki, Slovakiya futbolchisi Kucka to'p yo'nalishini biroz o'zgartirib, Torresning golini "o'g'rilabdi".
GOOOOOOL! SHu daqiqaning o'zida hozir maydonga tushgan Pau Torres jamoasining 5 golini urdi.
71-daqiqa. O'zgarish! O'yin taqdiri hal va Buskets dam olsa ham bo'ladi. Uning o'rnini Tyago Alkantara egalladi, Erik Garsiya o'rniga esa Pau Torres o'yinga qo'shildi.
69-daqiqa. O'zgarishlar! Robert Mak o'rniga Vays, Xaraslin o'rniga Suslov o'yinga tushirildi. Taktik jihatdan hech nima o'zgarmayapti.
67-daqiqa. GOOOOOOL! Ferran Torres hisobni 4:0 ko'rinish olishini taminladi. Bu golda ko'pchilikni takidlash lozim, Pedri, Sarabiya va kerakli vaqtda, kerakli joyda paydo bo'lib, sovuqqonlik bilan harakat qilgan Torres.
66-daqiqa. O'zgarish! Alvaro Morata o'rniga o'yinga Ferran Torres qo'shilmoqda.
64-daqiqa. O'yin taqdiri amalda hal bo'lgan va shu sababli ispanlar ham endi shoshilmayroq harakat qilishmoqda hamda keyingi bosqichga yo'qotishlarsiz etib borish haqida o'ylashmoqda.
62-daqiqa. Lukash Garaslin jarima maydoni tashqarisidan zarba yo'lladi, biroz noaniq.
60-daqiqa. Ogohlantirish! Hakam Xordi Albaga sariq kartochka ko'rsatdi.
O'yindan avval bir qarashda har ikki jamoaga durang etarlidek edi. SHu sababli raqiblar shoshilmay, ancha sokin o'yin ko'rsatishi taxmin qilingandi, ammo amalda ispanlar bor alamlarini slovaklardan olmoqda.
56-daqiqa. GOOOOOL! Xordi Albaning uzatmasi va Pablo Sarabiya hisobiga gol yozdirib qo'ymoqda.
52-daqiqa. Maydon markazida Pedrining oyog'iga ochiqchasiga zarba berishdi. Qoidabuzar Yuray Kucka.
51-daqiqa. SHkrinyar Morataga nisbatan yaqqol qo'pollik ishlatdi, lekin shunda ham hakamning qaroridan norozi bo'lib ortga qaytmoqda.
48-daqiqa. Tanaffusdan so'ng slovaklar ancha jonlanganini sezish qiyin emas. Jamoa hujumga o'tishga urinmoqda va oldinroqda ham to'p uchun kurashlarni yutishni boshladi.
46-daqiqa. Ikkinchi bo'lim boshlandi!
Mehmonlar tarkibida o'zgarishlar: Ondrey Duda o'rniga Mixail Dyurish hamda Stanislav Lobotka Yakub Xromadani alishtirdi.
SHu pallada, uchrashuv bosh hakamining hushtagi chalindi va jamoalar tanaffusga yo'l olishdi.
45+3-daqiqa. GOOOOOOL! Uzoq davom etgan hujumni Morenoning uzatmasidan keyin Emerik Lyaport aniq zarba bilan yakunladi - 0:2.
45+2-daqiqa. CHap qanotdan uzatilgan to'p Moratag etib borishiga himoyachi yo'l qo'ymadi, burchak zarbasi.
45+1-daqiqa. Bu safar Xerard Moreno darvoza tomon aniq zarba yo'lladi, ammo Dubravka to'pni ushlab oldi.
45-daqiqa. Birinchi bo'limning asosiy vaqtiga 4 daqiqa qo'shib berildi.
44-daqiqa. Koke jarima maydonchasiga yaqinlashib, zarba yo'lladi, lekin noaniq.
43-daqiqa. Luis Enrike shogirdlarini bo'shashmaslikka chaqirmoqda.
40-daqiqa. Slovakiyaning hujum tashkillashtirishga urinishi omadsiz yakunlandi.
39-daqiqa. Serxio Buskets maydon markazida to'p uchun kurashda qo'pollik ishlatdi.
36-daqiqa. Ondrey Duda darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib bordi, lekin zarbasiga aniqlik etishmadi. Qo'shimchasiga qanot hakami o'yindan tashqari holat bo'lganini qayd etdi.
Buyog'iga o'yin qanday borishi yanada qiziq.
33-daqiqaga kelib, darvozaga zarba berish bo'yicha statistika 8:0, undanda qiziqrog'i aniq zarbalar - 4:0
32-daqiqa. Maydon markazida SHkrinyar Kokega nisbatan qoidani buzdi.
30-daqiqa. GOOOOOOOL! Sarabiya hisobni ochdi! Darvozabon tushunarsiz harakati bilan raqibga katta yordam berdi.
27-daqiqa. Maydon markazida Gromada juda qattiq baqirib, erga quladi. Uning ovozi Toshkentgacha eshitildi. Jarima zarbasi.
26-daqiqa. Ispaniyada havo issiqligi tufayli suv ichish uchun kichik tanaffus.
24-daqiqa. To'pga egalik qilish 66% - 34% tabiiyki Ispaniya foydasiga.
20-daqiqa. Aspilikueta qanotdan to'pni jarima maydoniga uzatdi, lekin sherigi to'pga ulgurmadi. Slovakiya to'pni darvoza oldidan o'yinga kiritadi.
19-daqiqa. Pablo Sarabiya kuchli zarba bilan to'pni darvozaga aniq yo'lladi, lekin posbon o'z o'rnida.
15-daqiqa. Penaltidan gol ura olmagan bo'lsada, ispanlar ustunlikni berib qo'ymoqchi emas. Maydon markazida Morenoga nisbatan qo'pollik ishlatildi.
12-daqiqa. Morataning zarbasidan keyin Martin Dubravka ishonchli o'ynadi va to'pni qaytarishga muvaffaq bo'ldi.
12-daqiqa. Ogohlantirish! Ondrey Dudaga sariq ko'rsatildi.
11-daqiqa. PENALTI! Born Keypers penalti belgilashga qaror qildi.
Hakam vaziyatni o'zi ko'rish uchun monitor oldiga yo'l oldi.
9-daqiqa. Jarima maydonchasi ichida Koke va raqib himoyachisi o'rtasida vaziyat sodir bo'ldi hamda "VAR"ga quloq tutilmoqda.
7-daqiqa. Bu safar ispanlar o'ng qanotdan oldinga o'tishdi va uzatilgan to'pni Martin Dubravka egallab oldi.
GOL! Parallel uchrashuvda SHveciya terma jamoasi hisobni ochdi, Emil Forsberg chap oyoqda ajoyib zarba bilan to'pni darvoza to'riga joylab qo'ydi.
4-daqiqa. Ispaniya terma jamoasi ilk daqiqalardan ustunlikni qo'lga olishga urinmoqda.
2-daqiqa. Xordi Alba raqibiga nisbatan qo'pol o'ynadi va bu Born Keypersning etiboridan chetda qolmadi.
Ispanlarning birinchi urinishi naf keltirmadi va Morata ortga qaytmoqda.
1-daqiqa. O'yin boshlandi! Uni Slovakiya boshlab berdi.
Har ikki terma vakillari maydonga chiqib kelishdi va mamlakat madhiyalari yangramoqda.
Jamoalar tarkiblari aniq bo'lib ulgurgan.
Slovakiya — Ispaniya
23 iyun, 21.00, «La Kartuxa»
Slovakiya: Dubravka, SHatka, Pekarik, Gubochan, SHkrinyar, Gamshik, Garaslin, Mak, Gromada, Duda, Kucka.
Ispaniya: Unai Simon, Erik Garsiya, Laport, Aspilikueta, Alba, Koke, Buskets, Sarabiya, Pedri, Jerar Moreno, Morata.
Slovakia EURO Grp. E . 3-tur 23/06/2021, 22:00
Spain Martin Dubravka - 30', Aymeric Laporte - 45', Pablo Sarabia - 56', Ferran Torres - 67', Juraj Kucka - 71' Stadion: Estadio de La Cartuja, 11204 tomoshabin Bosh hakam: Bjorn Kuipers
Fikrlar