Evro-2020. SHveycariya Turkiyani ishonchli tarzda mag'lub etdi
20 iyu 2021 22:50
Yangiliklar
Evro-2020. SHveycariya Turkiyani ishonchli tarzda mag'lub etdi
SHveycariya – Turkiya 3:1
Gollar: Seferovich 6', SHakiri 26', Kaxveji 62', SHakiri 68'
SHveycariya: 1. Yann Zommer, 4. Niko Elvedi, 5. Manuel Akanji, 13. Rikardo Rodriges, 3. Silvan Vidmer (2. Kevin Mbabu 90+1'), 8. Remo Froyler, 10. Granit Jaka, 14. Stiven Cuber (17. Loris Benito 86'), 23. Jerdan SHakiri (11. Ruben Vargas 75'), 9. Xaris Seferovich (19. Mario Gavranovich 75'), 7. Brel Embolo (18. Admir Mexmedi 86').
Zaxira: 12. Ivon Mvogo, 21. Gregor Kobel, 6. Denis Zakariya, 15. Jibril Sou, 16. Kristian Fassnaxt, 22. Fabian SHer, 25. Eray Jemert.
Turkiya: 23. Ugurjan CHakir, 2. Zeki CHelik, 3. Merix Demiral, 4. CHaglar Seyunjyu, 25. Mert Myuldyur, 22. Kaan Ayxan (11. Yusuf Yaziji 62'), 7. Jengiz Under (9. Kenan Karaman 80'), 6. Ozan Tufan (5. Okay Yokushlu 62'), 21. Irfan Kaxveji (19. Orkun Kekchyu 80'), 10. Xakan CHalxanog'lu, 17. Burak Yilmaz
Zaxira: 1. Mert Gyunok, 12. Altay Bayindir, 8. Doruxan Tokoz, 14. Taylan Antalyali, 15. Ozan Kabak, 16. Enes Unal, 18. Ridvan Yilmaz, 26. Xalil Dervishoglu.
Ogohlantirishlar: Xakan CHalxanog'lu 71', Zeki CHelik 75', Jaka 78'
Switzerland Haris Seferovic - 6', Xherdan Shaqiri - 26', Xherdan Shaqiri - 68' |
EURO Grp. A . 3-tur 20/06/2021, 22:00 1
:
3
Tugadi
|
Turkiye Irfan Kahveci - 62' |
Stadion: Baku Olimpiya Stadionu, 17138 tomoshabin
Bosh hakam: Slavko Vincic
90+3. Uchrashuv yakunlandi!
90+1. O'zgarish! Vidmer o'rniga Mbabu maydonga tushdi.
90. Uchrashuvning asosiy vaqtiga 3 daqiqa vaqt qo'shib berildi.
86. O'zgarishlar! Cuber hamda Embolo o'rniga maydonga Benito va Mexmedi tushdi!
80. O'zgarishlar! Under va Kaxvejilar o'rniga Karaman hamda Kekchyu maydonga tushdi.
79. ZARBA! Underning kuchli zarbasi biroz noaniq!
78. Ogohlantirish! Jakaga sariq kartochka ko'rsatildi!
77. ZARBA! Jakaning jarima zarbasidan bergan zarbasi darvoza ustaniga tegib qaytdi!
75. O'zgarishlar! Seferovich hamda SHakiri o'rniga maydonga Gavranovich va Vargas tushdi.
71. Ogohlantirish! Xakan CHalxanog'lu sariq kartochka ko'rsatildi!
SHveycariya qarshi hujumga qochib ketdi. Jerdan SHakiri darvoza tomonga yaqin joydan zarba berdi va hisobni yiriklashtirdi!
68. GOL! SHakiridan dubl!
63. O'zgarishlar! Tufan o'rniga Yokushlu hamda Ayxan o'rniga Yaziji maydonga tushdi.
CHamasi 26 metrlardan bergan zarba SHveycariya darvozasi to'qqizligidan joy oldi!
62. GOL! Kaxvejidan super gol!
60. ZARBA! Seferovichdan yana bir erlatib berilgan zarba va CHakirdan seyv!
57. Emobolo to'pni markazroqda turgan SHakiriga uzatdi. Uning bergan zabarsi darvoza to'sini ustidan o'tib ketdi.
52. ZARBA! Emboloning bergan zarbasini CHakir qaytarib yubordi!
50. Burak Yilmazning bosh bilan bergan zarbasi noaniq ketdi.
46. Ikkinchi bo'limga start berildi!
TANAFFUS!
45+1. Birinchi bo'lim yakunlandi!
45. Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berildi.
43. ZARBA! Mert Myuldyur barchani aldab o'tib zarba berdi!!! Zommerdan super seyv!
36. Zeki CHelikdan zarba ammo ancha noaniq.
34. Har ikki terma jamoa ham navbati bilan oldinga o'tmoqda.
Jerdan SHakiri chamasi 25 metrlardan darvozaning to'qqizligini aniq nishonga oldi.
26. GOL! SHakiridan super gol!
23. Yana Ozan Tufandan zarba. To'p darvoza to'sini ustidan o'tib ketdi.
21. Stiven Cuberning zarbasi anchagina noaniq.
16. ZARBA! Turkiyadan yana zarba va Zommerdan yana seyv!
15. Statistika! Zarbalar bo'yicha statistika: 1:4 - Turkiya oldinda. Zarbalarning aniqligi bo'yicha: 1:1.
11. O'yinni Turkiya terma jamoasi o'yinni hujumlar bilan boshlagan edi. Biroq gol o'tkazib yuborganidan keyin jamoaning shashti biroz tushib qolgandek. O'yin tempi tushdi.
CHamasi 17 metrlardan Seferovichning erlatib bergan zarbasi golga aylandi. CHakirning yo'lini Demiral to'sib qo'ygandi...
6. GOL! Severovichning zarbasi golga aylandi!
3. ZARBA! Dastlab Burak Yilmazning zarbasi shveycariyalik futbolchiga tegib maydon tashqarisiga chiqib ketdi. Keyinroq Ozan Tufanning zarbasi noaniq ketdi. Uchinchi zarbadan so'ng Zommer seyv ko'rsatdi. Turkiya faol boshladi o'yinni!
2. Turklar boshidanoq faollik bilan boshlashdi o'yinni!
1. Uchrashuvga start berildi!
Har ikki terma jamoaning madhiyalari yangramoqda.
Jamoalar sekin astalik bilan maydonga chiqib kelishmoqda.
Assalomu aleykum qadrli futbol ixlosmandlari! Sizlarni "A" guruhining 3-tur uchrashuvi - SHveycariya - Turkiya uchrashuvini g'oyibona tarzda kuzatishga taklif etamiz.
Switzerland Haris Seferovic - 6', Xherdan Shaqiri - 26', Xherdan Shaqiri - 68' |
EURO Grp. A . 3-tur 20/06/2021, 22:00 1
:
3
Tugadi
|
Turkiye Irfan Kahveci - 62' |
Stadion: Baku Olimpiya Stadionu, 17138 tomoshabin
Bosh hakam: Slavko Vincic
Fikrlar