Evro-2020. Rossiya mana ikkinchi o'yindirki, kiyim almashtirish xonasini tozalab ketmoqda
24 mar 2019 22:40
Yangiliklar


Evro-2020. Rossiya mana ikkinchi o'yindirki, kiyim almashtirish xonasini tozalab ketmoqda
Rossiya terma jamoasi bugun Evro-2020ning saralash uchrashuvlari doirasidagi Qozog'iston qarshi kechgan safardagi bahsda yirik hisobda (0:4) g'alaba qozonganidan xabaringiz bor.
Mazkur bahsdan so'ng, rossiyaliklar o'zi uchun biriktirilgan kiyim almashtirish xonasini tartibga keltirib, terma jamoaning twitterʼdagi rasmiy sahifasi orqali mezbonlarga minnatdorchilik bildirishdi.
“Qozog'istonlik hamkasblarimiz, o'yini yuqori saviyada tashkillashtirib, bizni iliq kutib olganingiz uchun katta rahmat. Saralash o'yinlarida sizlarga omad tilaymiz.”, - deyiladi Rossiya futbol federaciyasining rasmiy sahifasida.
Avvalroq, Stanislav CHerchesov boshchiligidagi terma jamoa saralashning ilk turida Belgiyaga (3:1) qarshi mexmondagi to'qnashuvdan keyin ham xuddi shunday ishga qo'l urgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar