So’nggi yangiliklar

01:15Шешко сабабли МЮ ўз ҳужумчисидан воз кечмоқда  0 00:49Зидан келаси йили мураббийликка қайтиши кутилмоқда  0 00:17Шешко Каррингтонда  0 23:59Конференциялар лигаси саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" сафарда иродали ғалабага эришди, Шомуродов захирадан ўйинга қўшилди  22 23:31Рўзиқул Бердиев: "Охирги зарбани беришда совуққонлик етишмади"  6 23:20Максим Шацких: "Бугун ютишимиз ҳам, ютқазиб қўйишимиз ҳам мумкин эди"  3 22:55Here we go! "Барселона" асосий ҳимоячиси "Ал Насср"га ўтмоқда  0 22:40Баҳром Ҳайдаров: "Ҳар бир гапимиз баҳонага ўхшаб қоляпти"  3 22:08Виталий Левченко: "Биз ҳам "Қўқон-1912"га ёрдам қилдик"  7 21:58Суперлига. "Насаф" ўз уйида "Андижон" билан дуранг ўйнади  98 21:42Биласизми? "Нефтчи" бу йил сафар ўйинларида мағлуб бўлмади  2 21:24"Қўқон-1912" 3 ойдан бери ғалаба қозона олмаяпти  3 21:08Суперлига. "Нефтчи" сафарда "Қўқон-1912"ни қийинчилик билан мағлуб этди  18 20:45"Реал" 3 нафар футболчисига янги шартнома таклиф қилмайди  3 20:20Нестеров, Кападзе, Жепаров, Машарипов... Мирко Еличич ўз қўл остида ўйнаган футболчилардан иборат рамзий жамоа тузди  6

Evro-2020. Oktyabrdagi saralash o'yinlaridan nimani kutish mumkin? Yangiliklar

Evro-2020. Oktyabrdagi saralash o'yinlaridan nimani kutish mumkin?

Teglar :  Evro-2020 saralash
Bu haftada Evro-2020 yo'llanmasini qo'lga kiritgan ilk jamoalar nomi malum bo'ladi.

SHimoliy Irlandiya uchun muhim palla

SHimoliy Irlandiya "C" guruhidagi dastlabki to'rt o'yinda  maksimum ochko to'pladi, ammo so'nggi bahsda o'z uyida Germaniyaga mag'lub bo'ldi (0:2) va ketma-ket ikkinchi marta Evropa chempionatiga chiqish vazifasini og'irlashtirib oldi. Bugun SHimoliy Irlandiya Rotterdamda barcha uchrashuvlarda g'alaba qozoni kelayotgan, ammo qolganlardan bitta o'yin kam o'tkazgan Gollandiya mehmoni bo'ladi. Irlandiyaliklar ustozi Maykl O'Nil matbuot-anjumanida quyidagi gapni aytdi: "Biz gollandiyaliklarga qarshi 2ta uchrashuvda 4 ochko olishimiz kerak. Mehmonda durang o'ynab, Belfast yoki Rotterdamda zafar quchishimiz lozim".


Payshanba: Belarus - Estoniya, Gollandiya - SHimoliy Irlandiya

Yakshanba: Belarus - Gollandiya, Estoniya - Germaniya


Payshanbada masala hal bo'ladimi?

Belgiyaliklar 6ta uchrashuvning barchasida g'alabaga erishdi va navbatdagi 3 ochko jamoani Evro-2020 guruh bosqichiga olib chiqadi. Rossiya SHotlandiyani mag'lub etsa, Qozog'iston esa Kipr bilan hech bo'lmaganda ochkolarni bo'lishib olsa, ruslar Belgiya bilan musobaqaning asosiy bosqichiga yo'l olishadi. Roberto Martines o'zini "Real"da ko'rsata olmayotgan Tibo Kurtua va Eden Azar holidan havotir olmayapti: "Terma jamoalar tanaffusi Kurtua va Azarga yordam berishi mumkin. Ular klubga tetik va kuchli bo'lib qaytishadi" - dedi belgiyaliklar murabbiyi.

Payshanba: Qozog'iston - Kipr, Belgiya - San-Marino, Rossiya - SHotlandiya

Yakshanba: Qozog'iston - Belgiya, Kipr - Rossiya, SHotlandiya - San-Marino


Xercog uyiga qaytyapti

"G" guruhida birinchi va beshinchi o'rinlar o'rtasidagi farq 5 ochkoni tashkil qiladi. Latviya bir ochko ham to'play olmadi, qolganlar - Polshadan tortib Isroilgacha Evropa chempionatiga yo'l olish imkoniyatiga ega. Andreas Xercog boshchiligidagi Isroil terma jamoasi payshanbada Avstriya mehmoni bo'ladi. Isroilliklar ustozi Avstriyada dunyoga kelgan: "Oilam stadionda bo'ladi. Men tuyg'ularni chetga surib, bor etiborimni o'yinga qaratishim kerak. EVROga chiqishimiz uchun bizga 4ta bahsda zafar quchishimiz lozim.

Payshanba: SHimoliy Makedoniya - Sloveniya, Latviya - Polsha, Avstriya - Isroil

Yakshanba: Sloveniya - Avstriya, Polsha - SHimoliy Makedoniya

Seshanba: Isroil - Latviya


Jeyms bilan kuchaygan uelsliklar

Xorvatiya "E" guruhida slovak va vengerlardan bir, uelsliklardan esa to'rt ochko oldinda. Bu guruhdagi ko'p masala payshanbadayoq, Uels uyida Slovakiyani qabul qilganida hal bo'lishi mumkin. Uelsliklar mart oyida 21 yoshli debyutant Daniel Jeymsning goli evaziga Bratislavada g'alaba qozongan edi. Jamoa ustozi Rayan Giggzning fikricha, yozdan beri MYU sharafini himoya qilayotgan futbolchi yanada kuchaygan. "U har o'yinda o'sib boryapti. Ajoyib driblingga ega futbolchi yaxshi pas beradi va faol harakatlanadi" - deydi Giggz.

Payshanba: Xorvatiya - Vengriya, Slovakiya - Uels

Yakshanba: Vengriya - Ozarbayjon, Uels - Xorvatiya


CHexlar "Slaviya" tajribasiga ishonishmoqda

Angliya Pragada g'alaba qozonsa Evro-2020 yo'llanmasini qo'lga kiritadi. Ikkinchi o'rindagi chexlar xavfli vaziyatda, chunki uchinchi o'rindagi Kosovo CHexiyadan bor-yo'g'i 1 ochko orqada. "A" guruhidagi yo'llanmalar masalasi 14 noyabrda, Yaroslav SHiglava jamoasi Plzenda kosovoliklarni qabul qilganda hal bo'ladi. CHexiya terma jamoasiga CHempionlar ligasiga chiqqan "Slaviya"ning 8 futbolchisi chaqirilgan. "Bu biz uchun ustunlik, "Slaviya" doimo yirik bahslarda maydonga tushyapti va uning futbolchilari yuqori saviyaga ko'nikib qolishdi" - deydi SHiglava.


Juma: CHexiya - Angliya, CHernogoriya - Bolgariya

Dushanba: Bolgariya - Angliya, Kosovo - CHernogoriya


Ukrainaliklar umidi

Evropaning amaldagi chempionlari portugaliyaliklar sentyabrda ikki g'alabaga erishib, "B" guruhida ikkinchi o'ringa ko'tarilib olishdi. Birinchi o'rinda ketayotgan Ukraina terma jamoasi oktyabrdagi bahslarda 4 ochko to'plasa asosiy turnirga yo'l oladi. "Uchta o'yin qoldi. Maqsadimiz - maksimum ochko to'plab, Evro-2020 yo'llanmasini qo'lga kiritish. Keyin esa yozgi rejalar haqida o'ylash mumkin. Hozircha vazifa uddalanmadi, shu sababli kelajak haqida bosh qotirishga erta" - deydi Ukraina terma jamoasi bosh murabbiyi Andrey SHevchenko.


Juma: Portugaliya - Lyuksemburg, Ukraina - Litva

Dushanba: Ukraina - Portugaliya, Litva - Serbiya


Desham yo'nalishi bo'yicha

"H" guruhi boshidan juda qiyindek ko'ringandi, chunki Evro-2016 final bosqichida ishtirok etgan 4ta jamoa bu guruhda kurash olib bormoqda. Hozircha Turkiya va Franciya etakchilik qilmoqda, islandiyaliklar 3 ochko orqada, Albaniya esa 6. Jahon chempionlari 2ta g'alabaga erishsa, masalani ijobiy hal qilishadi. "Avvaliga Islandiyadagi bahsda g'alaba qozonishimiz lozim. Keyin ikkinchi bahsda zafar quchsak, vazifani uddalagan bo'lamiz" - deydi Dide Desham.

Juma: Islandiya - Franciya, Turkiya - Albaniya, Andorra - Moldova

Dushanba: Franciya - Turkiya, Moldova - Albaniya, Islandiya - Andorra


Yangilangan Ispaniya terma jamoasi

Evro saralashida birinchi va ikkinchi o'rin o'rtasidagi eng katta farq "F" guruhida. Ispaniya ortidan quvayotgan SHveciya 7 ochko orqada. Ikkita g'alaba Ispaniya terma jamoasiga Evro-2020 yo'llanmasini taqdim etadi. Roberto Moreno milliy jamoaga birdaniga uch nafar debyutant - Serxio Regilon, Pau Torres va Jerar Morenoni taklif etdi. "Real" va "Barselona" kabi grandlardan uch nafardan futbolchi chaqirilgan. "Tarixdagi eng yaxshi terma jamoalar asosan grand vakillaridan tashkil topgan, ammo hozirgi futbolda hammasi boshqacharoq. Endi LaLiga etakchilari safida milliy jamoaning ko'plab futbolchilari o'ynamayapti. Ispan jamoalari kuchsizlandi deyish noto'g'ri" - deydi Moreno.


SHanba: Ferer orollari - Ruminiya, Norvegiya - Isaniya, Malta - SHveciya

Seshanba: SHveciya - Ispaniya, Ruminiya - Norvegiya, Farer orollari - Malta


Lixtshtaynerning qaytishi

"D" guruhida birdaniga uch jamoa hali mag'lub bo'lgani yo'q. Endi SHveycariya omadsizlik nimaligini bilmaydigan yagona jamoa bo'lib qolishi mumkin. Ular avvaliga mehmonda ikkinchi o'rin sohibi Daniya, keyin esa o'z uyida Irlandiya bilan o'ynashadi. SHveycariyaliklar ustozi Vladimir Petkovich mart oyidan so'ng ilk marta Stefan Lixtshtaynerni milliy jamoaga taklif qildi. Boshqa tomondan, milliy jamoadan ketish qarorini o'zgartirgan SHerdan SHakiri jarohat tufayli maydonga tusha olmaydi. "Doimo Lixtshtayner bilan aloqada bo'lib turdim va u doimo o'zini yaxshi tutgan. Stefan har doim terma jamoaga yordam berishga tayyor bo'lgan. U hali ham jamoamiz etakchisi va sardori" - deydi Petkovich.

SHanba: Gruziya - Irlandiya, Daniya - SHveycariya

Seshanba: SHveycariya - Irlandiya, Gibraltar - Gruziya


Mxitaryansiz bahslar

Ikkita g'alaba Italiya terma jamoasiga "J" guruhida etakchi bo'lib qolishni taminlaydi. Agar Rimda Greciya mag'lub etilsa va Armaniston Lixtenshteynga qarshi bahsda 3 ochko ololmasa appeninliklar shanbadayoq Evro-2020ga chiqish vazifasini uddalashi mumkin. "Bu uchrashuv bizga yo'llanmani taqdim etishi mumkin. "Olimpiko" tribunasi xiddiy 1990 yildagi JCHdagidek to'lishiga umid qilaman" - dedi italiyaliklar ustozi Roberto Manchini. Armanlar ikkinchi o'rindagi Finlyandiyadan 2 ochko orqada va keyinni ikki bahs muhim ahamiyatga ega bo'ladi. Armaniston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvlarni jarohat olgan Genrix Mxitaryansiz o'tkazishiga to'g'ri keladi.


SHanba: Bosniya va Gercegovina - Finlyandiya, Italiya - Greciya, Lixtenshteyn - Armaniston

Seshanba: Finlyandiya - Armaniston, Lixtenshteyn - Italiya, Greciya - Bosniya va Gercegovina

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика