So’nggi yangiliklar

09:14Одил Абдумажидов фаолиятини юртимизда давом эттиради  0 08:40"Нефтчи" яна бир легионер футболчи билан хайрлашишга яқин  7 08:13“Мираброр Усмонов кубоги-2025”. Бугун Саудия Арабистонига қарши баҳс олиб борамиз  2 07:30Саудия Арабистони футболчилари Ўзбекистон U-23га қарши баҳс олдидан нималар деди?  0 00:50"Бавария" "Ливерпуль"га Диас учун 70 миллион евро ва бонуслар таклиф қилади  0 00:15"Аталанта" Ретегини 65 млн. еврога сотди  3 00:12МЮ "Брентфорд"нинг энг яхши тўпурари Мбемони 65+6 миллион фунтга сотиб олди  4 23:48Сауль Туркияга кўчиб ўтиш фикридан қайтди. Нега?  0 23:13As ўқувчиларининг 72% "Реал" Винисиус билан шартнома узайтиришини хоҳламайди  4 22:45"Реал" ва яна бир қатор жамоалар клублар ўртасидаги ЖЧ ҳар 2 йилда ўтказилишини хоҳлашмоқда, ФИФА эса...  3 22:15Луиджи Ди Бияджо: "Мусобақага қийин ҳолатда тайёргарлик кўрмоқдамиз"  6 21:47"Барселона" 2025 йилда "Камп Ноу"да ўйнай олмаслиги мумкин  5 21:36Дмитрий Плетнёв - "Динамо" футболчиси  4 20:45Назорат учрашуви. "Қизилқум" Про лига жамоасига йирик ҳисобда мағлуб бўлди  0 20:18"Манчестер Сити" "Ньюкасл"нинг 22 ёшли ҳимоячиси учун 65 миллион фунт таклиф қилишга тайёр  6

Evro-2020. Niderlandiya Ukrainani zo'rg'a mag'lub qildi Yangiliklar

Evro-2020. Niderlandiya Ukrainani zo'rg'a mag'lub qildi

Evropa chempionati 1-turida C guruhi jamoalari o'rtasidagi navbatdagi bahs boshlanish arafasida. Ushbu sahifada Niderlandiya va Ukraina o'rtasidagi o'yin matnli tarzda translyaciya qilinadi.

Netherlands

Georginio Wijnaldum - 52', Wout Weghorst - 58', Denzel Dumfries - 85'

EURO Grp. C . 1-tur

14/06/2021, 01:00

2
:
3
Tugadi

Ukraine

Andriy Yarmolenko - 75', Roman Yaremchuk - 79'

Stadion: Johan Cruijff Arena, 15837 tomoshabin

Bosh hakam: Felix Brych

45'
90'
52'  Georginio Wijnaldum
58'  Wout Weghorst
64'  Daley Blind (Nathan Ake)
64'  Patrick van Aanholt (Owen Wijndal)
85'  Denzel Dumfries
85'  Nathan Ake
88'  Wout Weghorst (Luuk de Jong)
88'  Jurrien Timber (Joel Veltman)
90'  Memphis Depay (Donyell Malen)
13'  Oleksandr Zubkov (Marlos)
64'  Marlos (Mykola Shaparenko)
75'  Andriy Yarmolenko
75'  Roman Yaremchuk
79'  Roman Yaremchuk
79'  Ruslan Malinovsky
90'  Serhiy Sydorchuk

Niderlandiya – Ukraina 3:2

14 iyun, 00.00, «Yoxan Kroyff Arena»

Gollar:

1:0 – 52 Veynaldum, 2:0 – 58 Vegorst, 2:1 – 75 Yarmolenko, 2:2 – 79 Yaremchuk, 3:2 – 85 Dumfris.

Niderlandiya – Stekelenburg, Dumfris, de Vrey, Blind (Ake, 64), van Anxolt (Veyndal, 64), Veynaldum, de Yong, de Ron, Timber (Veltman, 88), Depay (Malen, 90), Vegorst (de Yong, 88).

Ukraina – Bushchan, Zabarniy, Matvienko, Mikolenko, Karavaev, Zinchenko, Sidorchuk, Zubkov (Marlos, 13; SHaparenko, 64), Malinovskiy, Yarmolenko, Yaremchuk.

Ogohlantirishlar:

Sidorchuk (90).

SAHIFANI YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi. Niderlandiyada 3 ochko. CHiroyli futbol uchun Ukraina termasiga rahmat!

90+3. Sergey Sidorchuk ogohlantirildi. U de Yongni qo'pollik bilan to'xtatib qolgandi.

90+1. Depay almashtirildi. Uning o'rniga Malenn o'yinni davom ettiradi.

Uchrashuvning asosiy vaqtiga 5 daqiqa qo'shib berildi.

90. Ukraina oldinga o'tayotgan pallada Zinchenko va Yarmolenko o'rtasida tushunmovchilik yuzaga keldi.

88. Frank de Bur o'zgarish qilyapti. Vegxorst o'rniga Lyuk de Yong, Timber o'rniga Yoel Veltman maydonga tushdi.

85. Gooooool! Niderlandiya qaytdi. Natan Akening uzatmasini Denzel Dumfris Bushchan darvozasiga kiritib yubordi.

83. Xo'sh, Frank de Bur shogirdlari qolgan vaqtda tarozi muvozanatini yana o'z tomonlariga og'dira olishadimi?

79. Goooooooool! Malinovskining standartdan oshirgan to'pini Roman Erimchuk Stekelenburg darvozasiga kiritdi. 2:2. Qoyil, Ukraina! Qoyil, SHevchenko!

78. Ukrainada qulay nuqtadan jarima zarbasi tepish imkoniyati yuzaga keldi.

75. Gooooooooool! Andrey Yarmolenkodan super ijro! 2:1.

73. Roman Eremchukning zarbasini Stekelenburg bartaraf qildi.

72. Ushbu daqiqaga kelib, to'p nazoratidagi ustunlik niderlandlan tomonda: 69-1.

65. Depayning faollishidan keyin niderlandlar burchak zarbasi ishlab oldi... 

64. Ukrainada o'zgarish: SHevchenko zaxiradan maydonga tushgan Marlosni almashtirishga qaror qildi. O'yinni Nikolay SHaparenko davom ettiradi.

63. Niderlandiyada o'zgarishlar: Patrik van Alxot hamda Deyli Blind maydonni tark etdi. Ularning o'rnini Natan Ake hamda Ouen Veyndal to'ldirdi.

58. Goooool! Vut Vegxorst, 2:0! 

54. Frank de Bur jamoasi hujum qilishda davom etadi. Vut Vegxorstdan zarba, Bushchan yana Ukraina joniga oro kirdi.

52. Gooooooool! Nihoyat, Ukraina darvozasi ishg'ol qilindi. Jorjino Veynaldum ikkinchi tempdagi hujumni gol bilan yakunladi.

49. Georgiy Bushchan 2-taymda ham raqib hujumlarini "tozalashda" davom etyapti.

46. Ukraina 2-bo'limni boshlab berdi.

Feliks Brixning hushtagi chalindi. Tanaffus!

1-taymga 1 daqiqa qo'shib berildi.

45. Zinchenko - Sidorchuk - Yarmolenko kombinaciyasi gol bilan tugashi mumkin edi. Martin Stekelenburk yaxshi o'ynab, vaziyatni bartaraf qildi.

43. So'nggi daqiqalarda o'yin Ukraina yarim maydonida o'tyapti. Niderlandiya tanaffusga g'olib holatda chiqmoqchi.

40. Dumfris havodan uzatilgan to'pni 3 metrdan Ukraina darvozasiga yo'llay olmadi.

39. Uxxxxx! Veynaldumning juda kuchli zarbasini Bushchan bartaraf qildi. Ha, darvozabon - yarim jamoa!

37. Patrik van Anxoltnign uzoq masofadan yo'llagan zarbasi noaniq ko'rinish oldi.

30. Ukraina ancha jonlanib qoldi. Bu gal Andrey Yarmolenkoning jarima maydoni tashqarisidan yo'llagan zarbasi Stekelenburgning qo'liga borib tushdi.

28. Sidorchuk ajoyib pasi orqali Yarmolenkoni birga bir vaziyatga chiqardi. Ammo, orqadan etib kelgan Patrik van Anxolt vaziyatni bartaraf qildi.

27. Georgiy Bushchan yana bir bor ajoyib o'ynab, Niderlandiyaning hujumini qaytardi.

21. Ukrainaning yana bir hujmida ish zarbagacha etib bormadi.

15. Ukraina hujumda. Roman Eremchukning zarbasiga kuch etishmadi.

14. Memfis Depay hujumda qoidani buzdi...

13. O'zgarish: Ukraina tarkibida o'ynayotgan Aleksandr Zubkov jarohatga yo'liqdi, uning o'rniga Marlos maydonga tushirildi.

11. Malumot uchun, Niderlandiya qiroli Villem-Aleksandr Klaus Georg Ferdinand uchrashuvni stadionning o'zidan kuzatib boryapti.

6. Niderlandiyaliklarning hujumi. Dumfrisning xavfli zarbasidan keyin Bushchandan ajoyib seyv.

4. Hujum qilish navbati Andrey SHevchenko shogirdlarida. Andrey Yarmolenkoning zarbasidan keyin  Ukraina burchak zarbasini ishlab oldi.

2. Uchrashuv ajoyib tempda boshlandi. Depay tezkorlik bilan oldinga o'tdi va zarba yo'lladi. Bushchan o'z o'rnida.

1. Ketdik. Bahs boshlandi, to'pni niderlandiyalik futbolchilar o'yinga kiritib berishdi.

- Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda...

Niderlandiyalik muxlislardan Kristian Eriksenni qo'llovchi banner

Muxlislar...

Niderlandiya - Ukraina 

13 iyun 2021 yil. Amsterdam. "Yoxan Kroyff" stadioni. 23:55

Bosh hakam: Feliks Brix (Germaniya)

Qanot hakamlari: Mark Borsh va SHtefan Lupp (ikkisi Germaniya)

Zaxira hakami: Bartosh Frankovski (Polsha)

VAR hakami: Marko Fritc (Germaniya)

VAR hakami yordamchilari: Kristian Dingert (Germaniya), Li Betts (Angliya) va Styuart Ettuell (Angliya). 

Netherlands

Georginio Wijnaldum - 52', Wout Weghorst - 58', Denzel Dumfries - 85'

EURO Grp. C . 1-tur

14/06/2021, 01:00

2
:
3
Tugadi

Ukraine

Andriy Yarmolenko - 75', Roman Yaremchuk - 79'

Stadion: Johan Cruijff Arena, 15837 tomoshabin

Bosh hakam: Felix Brych

45'
90'
52'  Georginio Wijnaldum
58'  Wout Weghorst
64'  Daley Blind (Nathan Ake)
64'  Patrick van Aanholt (Owen Wijndal)
85'  Denzel Dumfries
85'  Nathan Ake
88'  Wout Weghorst (Luuk de Jong)
88'  Jurrien Timber (Joel Veltman)
90'  Memphis Depay (Donyell Malen)
13'  Oleksandr Zubkov (Marlos)
64'  Marlos (Mykola Shaparenko)
75'  Andriy Yarmolenko
75'  Roman Yaremchuk
79'  Roman Yaremchuk
79'  Ruslan Malinovsky
90'  Serhiy Sydorchuk

- Assalomu alaykum, qardli futbol muxlislari. Evro-2020 1-turidan o'rin olgan Niderlandiya va Ukraina terma jamoalari o'rtasidagi bahs startiga 20 daqiqa qoldi. Ushbu o'yinni birga kuzatamiz. Bizdan uzoqlashmang!

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика