Evro-2020. Niderlandiya – Avstriya. "O'yin yulduzi" malum qilindi
18 iyu 2021 02:28
Yangiliklar
Evro-2020. Niderlandiya – Avstriya. "O'yin yulduzi" malum qilindi
Evropa chempionati "C" guruhi 2-turi doirasidagi Niderlandiya – Avstriya o'yini yakuniga etdi (2:1).
Himoyachi Denzel Dyumfris uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topilib, "star of the match" ("bahs yulduzi") sovriniga ega chiqdi.
U birinchi bo'limda jamoasi foydasiga penalti ishladi, ikkinchi bo'limda esa gol urdi.
25 yoshli futbolchi Eredivizining o'tgan mavsumida PSV tarkibida 30 o'yin o'tkazib, 2 ta gol urgan.
Fikrlar