Evro-2020. Niderlandiya ishonchli g'alabaga erishib, pley-offga chiqqan uchinchi jamoa bo'ldi
18 iyu 2021 01:51
Yangiliklar
Evro-2020. Niderlandiya ishonchli g'alabaga erishib, pley-offga chiqqan uchinchi jamoa bo'ldi
Amsterdam, "Yoxan Kroyff Arena". 00:00
Bosh hakam: Orel Grinfeld (Isroil)
Qanot hakamlari: Roy Xassan va Idan Yarkoni (ikkisi Isroil)
Zaxira hakami: Davide Massa (Italiya)
VAR hakami: Pavel Gil (Polsha)
VAR hakami yordamchilari: Paolo Valeri (Italiya), Li Betts (Angliya) va Davide Massa (Italiya)
Niderlandiya – Avstriya 2:0
"Yoxan Kroyff Arena", Amsterdam
Gollar: penalti Memfis Depay 11', Denzel Dyumfris 67'
Niderlandiya: 1.Marten Stekelenburg – 6.Stefan de Vrey, 3.Matteys de Ligt, 17.Deyli Blind (4.Natan Ake, 65) – 22.Denzel Dyumfris, 15.Marten de Ron (16.Rayan Gravenberx, 74), 8.Jorjino Veynaldum, 21.Frenki de Yong, 12.Patrik van Anxolt (5.Oven Veyndal, 65) – 19.Vaut Vegxorst (18.Doniell Malen, 65), 10.Memfis Depay (9.Lyuk de Yong, 82)
Zaxira: 13.Tim Krul, 23.Marko Bizot, 2.Yoel Veltman, 7.Stiven Bergeys, 11.Kuinsi Promes, 14.Devi Klassen, 25.Yurrien Timber
Avstriya: 13.Daniel Baxman, 21.SHtefan Layner, 3.Aleksandar Dragovich (15.Filipp Linxart, 84), 4.Martin Xinteregger – 2.Andreas Ulmer, 19.Kristof Baumgartner (22.Valentino Lazaro, 70), 23.Ksaver SHlager (20.Karim Onisivo, 84), 24.Konrad Laymer (10.Florian Grillich, 62), 8.David Alaba – 11.Mixael Gregorich (25.Sasha Kalayjich, 62), 9.Marsel Zabitcer
Zaxira: 1.Aleksandr SHlager, 12.Pavao Pervan, 6.SHtefan Ilzanker, 16.Kristofer Trimmel, 17.Luis SHaub, 18.Alessandro SHepf, 26.Marko Fridl
Ogohlantirishlar: David Alaba (10), Marten de Ron (14), Daniel Baxman (67).
Bahs yakunlandi! Niderlandiya o'yinda g'olib chiqdi va pley-off yo'llanmasini naq qildi. Xizmatingizda SHerzod Nurmatov bo'ldi. Keyingi uchrashuvlarda g'oyibona ko'rishguncha!
90+1. Matteys De Ligtga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.
Ikkinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shildi.
89. Dyumfris hujumda Onisivoga nisbatan qo'pollik ishlatdi.
86. Andreas Ulmer burchak zarbasini ijro qildi, ammo uning uzatmasi himoyachilar orasida qo'nim topdi.
85. Karim Onisivo ichkaridan o'ziga joy topdi va uzatmadan so'ng bosh bilan zarba berdi. Darvozabon o'z o'rnida ekanligini ko'rsatib, to'pni ilib oldi.
84. Avstriyada 2 ta almashtirish: Dragovich o'rniga Linxart, SHlager o'rniga Onisivo tushirildi.
82. Niderlandiyada o'zgarish: Depay o'rniga Lyuk De Yong tushdi.
82. Zarbaaaa! David Alabaning kuchli zarbasi darvoza to'rini teshib o'tardi, agar aniq bo'lganida.
81. Statistikaga murojaat qilamiz. Darvoza tomon yo'llangan zarbalar bo'yicha ko'rsatkich – 14:5
79. Ksaver SHlagerning ichkariga uzatmasi qaytarildi, Avstriya turli kombinaciya orqali hujum uyushtirishda davom etmoqda.
77. Avstriya to'pni o'zida saqlab turib, raqibning xatosini kutmoqda.
75. Aleksandr Dragovich ichkariga ajoyib kroosni amalga oshirdi, ammo Stekelenburg to'pni uzoqlashtirdi.
74. Niderlandiyada almashtirish: De Ron o'rniga Gravenberx tushirildi.
72. Zarba! Depayning zarbasi darvozaga aniq bormadi.
71. Lazaroning burchakdan amalga oshirgan uzatmasidan keyin ichkarida pala-partishliklar yuzaga keldi, yana burchak to'pi.
70. Avstriyada o'zgarish: Baumgartner o'rniga Lazaro maydonga tushdi.
69. Zarba! Xintereggerning bosh bilan bergan zarbasi aniq chiqmadi.
67. Daniel Baxmann etiroz uchun sariq kartochka oldi.
67. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Malenning qulay pasidan keyin Dyumfris hisobni oshirdi – 2:0!
65. Niderlandiyada 3 ta almashtirish: Blind o'rniga Ake, Vegxorst o'rniga Malen, van Anxolt o'rniga Veyndal o'yinni davom ettiradi.
62. Avstriyada 2 ta o'zgarish: Laymer o'rniga Grillich, Gregorich o'rniga Kalayjich tushdi.
61. Zarba! De Vrey burchak uzatmasidan so'ng bosh bilan zarba yo'lladi, darvozabon uni qaytardi!
60. Patrik van Anxolt to'pni ichkariga oshirdi, raqib himoyachilari uni maydondan chiqarib yuborishdi.
58. Jorjino Veynaldum sheriklarini yaxshi pas bilan taminlashning uddasidan chiqmadi.
56. Marsel Zabitcer Veynaldumga nisbatan qoidani buzdi.
53. David Alaba burchakdan muvaffaqiyatsiz uzatmani amalga oshirdi, Stekelenburg darvozadan chiqib kelib, ishonchli o'ynadi.
52. SHtefan Layner to'pni ichkariga oshirib berdi, ammo himoyachilardan biri uning sherigidan ustun keldi.
49. Eh, qanday omadsizlik! Jorjino Veynaldumning zarbasi yo'liga himoyailar tomonidan "bloklandi".
47. Patrik van Anxoltda qandaydir muammo yuzaga keldi. Jiddiy bo'lmasa kerak, ko'ramiz. Unda hamasi joyida.
46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!
Birinchi bo'lim tugadi. Hozircha hisob – 1:0. Tanaffus!
Birinchi bo'limning asosiy vaqtiga 1 daqiqa qo'shildi.
43. Memfis Depay yaxshi vaziyatga chiqib borishi mumkin edi, ammo u ofsaydda qoldi.
41. Vaut Vegxorst Veynaldumga pas berdi, uning zarbasi yo'liga himoyachilar to'g'anoq bo'lishdi.
40. Uuuux! Depay yaqin masofadan darvozaga aniq zarba bera olmadi.
39. Gregorich Blindni yiqitdi. Hakam uni og'zaki ogohlantirdi.
35. Martin Xintereggerda yaxshi vaziyat yuzaga keldi, uning zarba yo'llashga bo'lgan urinishi o'xshamadi, to'p noaniq ketdi.
32. De Vrey Baumgartnerni qo'pollik evaziga to'xtatib qoldi. Hakam aybdorni ayadi va ogohlantirmadi.
31. To'p bilan muomila qilish statistikasi: 52% – 48%
29. Marsel Zabitcer deyarli golli vaziyat yaratdi, ammo uning pasi sherigiga o'tmadi.
27. Zarba! Baumgartnerning zarbasi de Ligtning boshiga tegdi. Himoyachi bu holatda jonbozlik namoyish etdi.
24. Zarbaaa! Depayning o'ng oyoqda yo'llagan kuchli zarbasiga ozgina aniqlik etishmadi.
22. Niderlandiya o'yin nazoratini o'z qo'liga olgan. Futbolchilar hozircha paslashish bilan band.
20. Martin Xinteregger Veynaldumga nisbatan juda qo'pol yo'in ko'rsatdi, hakam bunga befarq qaramadi.
18. Deyli Blindning uzatmasidan so'ng Daniel Baxmann darvozadan chiqib kelib, to'pni ilib oldi.
16. Vaut Vegxorst ichkariga pas uzatdi, u himoyachilar tomonidar bataraf qilindi.
14. De Ron Gregorichga nisbatan qo'pollik o'ynagani bois ogohlantirildi.
11. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Depay penaltidan darvozaning chap tomonini nishonga olib, hisobni ochdi – 1:0!
10. Alabaga sariq kartochka ko'rsatildi.
10. Vaziyat VARda ko'rib chiqildi va Niderlandiyaga penalti berildi.
9. Alaba Dyumfrisga nisbatan qo'pollik ishlatdi, penalti belgilanishi mumkin.
6. Patrik van Anxolt yomon o'ynamadi, ammo juda kuchli pas berib yubordi – Vaut Vegxorst to'pga etib borishga qanchalik intilmasin, ulgurmadi.
5. Andreas Ulmer xavfli vaziyatga chiqib bordi, ammo to'p raqib tomonidan qaytarildi.
3. Memfis Depay oldinga bordi, biroq himoyachilar qarshiligiga uchradi.
2. Andreas Ulmer tezlik bilan oldinga bordi, ammo xavfli vaziyat hosil qila olmadi – himoyachilar yaxshi o'yin namoyish qilishdi.
1. O'yingsa start berildi!
- O'yin Toshkent vaqti bilan 00:00 da boshlanadi.
- Assalomu alaykum, qadrli futbol ishqibozlari! Bugun Evro-2020 "C" guruhi 2-turi doirasidagi Niderlandiya – Avstriya o'yini bo'lib o'tadi. Ushu uchrashuvni yaqin 2 soat ichida siz bilan birgalikda kuzatib boramiz.
Fikrlar