So’nggi yangiliklar

09:14Одил Абдумажидов фаолиятини юртимизда давом эттиради  0 08:40"Нефтчи" яна бир легионер футболчи билан хайрлашишга яқин  7 08:13“Мираброр Усмонов кубоги-2025”. Бугун Саудия Арабистонига қарши баҳс олиб борамиз  2 07:30Саудия Арабистони футболчилари Ўзбекистон U-23га қарши баҳс олдидан нималар деди?  0 00:50"Бавария" "Ливерпуль"га Диас учун 70 миллион евро ва бонуслар таклиф қилади  0 00:15"Аталанта" Ретегини 65 млн. еврога сотди  3 00:12МЮ "Брентфорд"нинг энг яхши тўпурари Мбемони 65+6 миллион фунтга сотиб олди  4 23:48Сауль Туркияга кўчиб ўтиш фикридан қайтди. Нега?  0 23:13As ўқувчиларининг 72% "Реал" Винисиус билан шартнома узайтиришини хоҳламайди  4 22:45"Реал" ва яна бир қатор жамоалар клублар ўртасидаги ЖЧ ҳар 2 йилда ўтказилишини хоҳлашмоқда, ФИФА эса...  3 22:15Луиджи Ди Бияджо: "Мусобақага қийин ҳолатда тайёргарлик кўрмоқдамиз"  6 21:47"Барселона" 2025 йилда "Камп Ноу"да ўйнай олмаслиги мумкин  5 21:36Дмитрий Плетнёв - "Динамо" футболчиси  4 20:45Назорат учрашуви. "Қизилқум" Про лига жамоасига йирик ҳисобда мағлуб бўлди  0 20:18"Манчестер Сити" "Ньюкасл"нинг 22 ёшли ҳимоячиси учун 65 миллион фунт таклиф қилишга тайёр  6

"Evro-2020 kundaligi". Uels - SHveycariya uchrashuvi va "A" guruhida 1-turdan keyingi vaziyat haqida Yangiliklar

"Evro-2020 kundaligi". Uels - SHveycariya uchrashuvi va "A" guruhida 1-turdan keyingi vaziyat haqida

Intiqlik bilan kutgan Evropa chempionatining 1-tur uchrashuvlari o'tkazilmoqda.

"A" guruhida esa Uels — SHveycariya o'yinidan keyin 1-tur o'yinlariga yakun yasaldi. Xo'sh, mazkur guruhda ayni vaqtda vaziyat qanday?

Ushbu guruhning, shuningdek, turnirning ilk o'yini sifatida qayd etilgan Turkiya — Italiya terma jamoalari ishtirokidagi uchrashuvda 0:3 hisobi qayd etildi va unda italyanlar g'alaba qozonib, 3 ochkoga ega chiqishdi. Mazkur o'yin haqida atroflicha tafsilotlarni avvalroq yozgan edik

12 iyunga belgilangan uchrashuvlar qatoridan o'rin olgan Uels — SHveycariya terma jamoalari o'rtasidagi bahs ham o'z nihoyasiga etdi. O'yindan avval muxlis-u, mutaxassislar ushbu uchrashuvda aniq biror jamoani oldindan favorit deyish mushkulligini takidlashgan edi. Bu gap-so'zlar o'z tasdig'ini topdi — har ikki jamoa ham o'zaro o'yinda durangga imzo chekishdi. 

1-bo'limda ko'p ham xavfli vaziyatlar bo'lmadi. Birozgina zerikarli futbol bo'ldi ham deyish mumkin. Bo'limning so'nggi daqiqalarida Seferovichning Uels terma jamoasi darvozasi tomon bergan zarbasini aytmaganida, boshqa esda qolalarli vaziyat bo'lmadi. 

2-bo'limning ilk daqiqalarini esa shveycariyaliklar faol boshlashdi va hisobni ochishga muvaffaq bo'lishdi. O'yinning 48-daqiqasida SHakirining etkazib bergan to'pini Embolo boshi bilan raqib darvozasiga yo'lladi va hisobni ochdi.

SHundan so'ng ushbu natija xavfliligini bilgan shveycariyaliklar yanada oldinga borishgan bo'lsa, Uels termasi azolari ham jim qarab turishmadi. Bir qator xavfli hujumlardan so'ng esa britaniyaliklar ham o'z maqsadiga erishishdi. 74-daqiqada Morrelning oshirib bergan zarbasidan so'ng boshini boylab olgan Mur boshi bilan to'pni raqib darvozasiga joylab qo'ydi — 1:1.

Mazkur gol esa barchasini yana qaytadan boshlash imkonini berdi biroz bo'lsa ham. 85-daqiqaga kelib hatto gol ham urildi shveycariyaliklar tomonidan. SHveycariya terma jamoasi futbolchisi Gavranovich raqib darvozasini ishg'ol qilgandi. Ammo u o'yindan tashqari holatda qolib ketgan ekan.

SHu tariqa uchrashuv 1:1 hisobida yakuniga etdi.

Mazkur o'yinning eng yaxshi futbolchisi deya SHveycariya terma jamoasi azosi Brel Embolo deb topildi.

A guruhida 1-tur o'yinlaridan so'ng peshqadam Italiya bo'lib turibdi. SHuningdek, SHveycariya va Uels terma jamoalarida 1 ochkodan mavjud bo'lsa, Turkiya terma jamoasida birorta ham ochko bo'lmagan holda, guruhda oxirgi o'rinda bormoqda. 

12 iyun kuni, shuningdek, "B" guruhidan o'rin olgan 1-tur o'yinlari ham o'tkaziladi. Mazkur natijalar esa o'yinlardan so'ng batafsil to'xtalamiz.

Muallif : Og'abek Samisov
Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика