So’nggi yangiliklar

07:30"Пахтакор"нинг "Ал Гарафа" майдонидаги омадсиз серияси давом этади  0 02:31Криштиану Роналду: "Менинг эртагим" (мутолаа учун)  29 01:45"Пахтакор" бош мураббийи Педру Морейра: "Ўйин қийин кечишини билгандик"  6 01:27Элит ОЧЛ. "Персеполис" "Ал Ҳилол"га йирик ҳисобда ютқазди. "Пахтакор"нинг плей-офф учун имкониятлари сақланиб қолмоқда  3 01:05Аббосбек Файзуллаев: "РПЛда чемпионлик учун курашишда давом этамиз"  2 00:55Испания кубоги. "Атлетико" – "Хетафе". Бошланғич таркиблар аниқ  1 00:38РПЛ Қишки кубоги. ЦСКА "Зенит"га пенальтилар сериясида ютқазди. Файзуллаев 71-дақиқада майдонга тушди  1 00:08Неймар "Сантос"даги илк машғулотига вертолетда келди  5 23:46Криштиану Роналду: "Мен барча даврларнинг энг зўр ўйинчисиман"  47 23:24Расман: Альфонсо Дэвис "Бавария" билан шартномасини узайтирди  5 22:57Элит ОЧЛ. "Пахтакор" Қатарда бирорта аниқ зарба бермай ютқазди  197 22:45МЮ Винисиус учун курашга қўшилди  4 22:19"Ал Ҳилол" — "Персеполис". Таркиблар маълум  5 21:58"Тоттенхэм" "Бавария" ўйинчисининг ижараси учун 10 млн евро тўлайди ва уни ёзда 60 млн еврога сотиб олиши мумкин бўлади  1 21:31Виллиан АПЛ клубига эркин агент мақомида ўтади  0

"Evro-2020 kundaligi". "A" guruhidagi 3-tur o'yinlari va nimchorak finalga chiqqan jamoalar haqida Yangiliklar

"Evro-2020 kundaligi". "A" guruhidagi 3-tur o'yinlari va nimchorak finalga chiqqan jamoalar haqida

Evropa chempionatining guruh bosqich 3-tur uchrashuvlari bo'lib o'tmoqda.

Kecha "A" guruhining so'nggi tur o'yinlari o'tkazildi. Har ikki o'yin ham bir vaqtga belgilangan edi. 

Dastlab SHveycariya — Turkiya bahsiga to'xtalamiz. 

O'yinning dastlabki 5 daqiqasini Turkiya faollik bilan boshladi. 5 daqiqa ichida turklar 3 marta darvoza tomon zarba berdi. Dastlab Burak Yilmazning zarbasi shveycariyalik futbolchiga tegib maydon tashqarisiga chiqib ketdi. Keyinroq Ozan Tufanning zarbasi noaniq ketdi. Uchinchi zarbadan so'ng Zommer seyv ko'rsatdi. 

Biroq o'yindagi hisobni shveycariyaliklar ochdi. CHamasi 17 metrlardan Seferovichning erlatib bergan zarbasi golga aylandi. CHakirning yo'lini Demiral to'sib qo'ygandi. SHundan so'ng turklar yanada oldinga borshdi lekin uchrashuvdagi ikkinchi gol ham SHveycariya termasi tomonidan kiritildi. Jerdan SHakiri chamasi 25 metrlardan darvozaning to'qqizligini aniq nishonga oldi.

Birinchi bo'lim shu tariqa o'z yakuniga etdi. Ikkinchi bo'limni esa SHveycariya ajoyib boshladi. 52-daqiqada Emboloning bergan zarbasini CHakir qaytarib yubordi. Oradan 10 daqiqa o'tib Turkiya gol urdi va hisobni qisqartirdi. Kaxvejining chamasi 26 metrlardan bergan zarba SHveycariya darvozasi to'qqizligidan joy oldi. Biroq bu hisobni ko'p saqlanib qolmadi. 68-daqiqada SHveycariya qarshi hujumga qochib ketdi. Jerdan SHakiri darvoza tomonga yaqin joydan zarba berdi va hisobni yiriklashtirdi. Bu o'yinga qo'yilgan nuqta edi. SHunday qilib Turkiya mag'lub bo'lib, Evropa chempionatini birorta ochkosi tark etadigan bo'ldi.

Statistik malumotlar:

— SHakiri so'nggi to'rtta yirik turnirda gol urdi: 2014 va 2018 yillardagi Jahon chempionatlari, EVRO-2016 va EVRO-2020;

— SHveycariya EVRO-2020da to'rtta gol urdi va bu qita finalidagi eng yaxshi natijasidir;

— Turkiya Evropa chempionatidagi finalidagi so'nggi etti uchrashuvning oltitasida mag'lub bo'ldi.

Guruhning ikkinchi o'yini esa Italiya — Uels terma jamoalari o'rtasida bo'lib o'tdi. 

O'yinning dastlabki daqiqalari juda sokinlik bilan boshlandi. Italiya birinchi bo'lim davomida hujum uyushtirib turdi, lekin ulardan samara chiqara olmadi. 39-daqiqada Pessina hisobni ochdi. Matteo Pessina Marko Verrattining standarddan uzatgan to'pini darvozaning olis burchagiga joylab qo'ydi. 

Ikkinchi bo'lim ham birinchisi kabi boshlandi. 53-daqiqada esa Bernarderski amalga oshirgan jarima zarbasi darvoza ustuniga tegdi. 55-daqiqada Uels bir kishi kam bo'lib qoldi. Itan Ampadu juda qo'pol o'ynagani sabab maydondan chetlatildi. Ikkinchi bo'limda boshqa aytarli xavfli hujum ko'rmadik va shu tariqa Italiya 3 ochkoni qo'lga kiritdi.

Statistik malumotlar:

— Italiya ketma-ket 11 marotaba raqib darvozasiga gol urdi va jami 32 ta to'p kiritishga muvaffaq bo'ldi;

— Pessina Italiya tarkibidagi so'nggi uchta o'yinda uchta gol urdi.

Mazkur guruhda 3-turdan so'ng guruhdagi holat:

"A" guruhida pley-offga chiqqan jamoalarning nimchorak finaldagi raqiblari:

Italiya nimchorak finalda "C" guruhida 2-o'rinni olgan jamoa bilan o'ynaydi;

Uels "B" guruhidagi 2-o'rin bilan o'ynaydi; 

Agarda SHveycariya guruhdan chiqsa "B" guruhidan 1-o'rinni qo'lga kiritgan terma jamoa bilan o'ynaydi.

Muallif : Og'abek Samisov
Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика