So’nggi yangiliklar

10:35МЮнинг қимматбаҳо футболчиси Туркияга ижарага кетиши мумкин  0 10:07Балотеллининг янги жамоаси маълум  0 09:36Ўзбекистон терма жамоасининг бугунги баҳс учун тахминий таркиби  25 09:07Goal нашри "Олтин тўп"га асосий номзодлар рейтингини тузиб чиқди  8 08:39Каземиронинг МЮдаги келажаги маълум  14 08:08Расман. "Рома" яна бир трансферни эълон қилди  7 07:40Бугун Ўзбекистон МТЖ ЖЧ-2026 саралашининг 3-босқичидаги илк учрашувини ўтказади  19 00:45Юртимизга куз кириб келди, қалбимизда эса ҳамон ёз ҳукмрон  7 00:31Эра ўз якунига етди... 2003 йилдан бери илк бор Роналду ва Месси "Олтин тўп" учун номзодлар рўйхатига киритилмади  21 00:11"Олтин тўп" учун 30 нафар номзод номи эълон қилинди. Улар орасида Роналду ва Месси йўқ  11 23:50Унаи Симон, Лунин, Эми Мартинес ва бошқалар — France Football йилнинг энг яхши дарвозабони бўлиш учун номзодларни эълон қилди  2 23:29France Football йил клуби номинацияси учун номзод жамоаларни эълон қилди  4 23:06Хаби Алонсо, де ла Фуэнте, Анчелотти — France Football талқини бўйича йил мураббийи ким бўлади?  7 22:48"Қўқон-1912" қачон ўз стадионига қайтади? Жамоа бош мураббийи жавоб берди  2 22:32Ямаль, Гюлер, Гарначо — France Football йилнинг энг яхши ёш футболчиси бўлиш учун номзодларни эълон қилди  5

Evro-2020'dagi dastlabki ekstra-taymlar yoxud Italiya katta qiyinchilik bilan chorak finalda Yangiliklar

Evro-2020'dagi dastlabki ekstra-taymlar yoxud Italiya katta qiyinchilik bilan chorak finalda

"Uembli"da Evropa chempionati nimchorak finali doirasidagi Italiya – Avstriya uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Evro"dagi birinchi ekstra-taymlar guvohiga aylandik. Ayniqsa o'yinning asosiy vaqti, birinchi bo'limida katta ustunlikka ega bo'lgan Italiya Pessinaning goli evaziga keyingi bosqichga yo'l oldi. 

 

Italiya – Avstriya 2:1
"Uembli" stadioni
Gollar
: 1:0 – 95 Keza, 2:0 – 105 Pessina, 2:1 – 114 Kalaydjich.

Italiya – Donnarumma, Spinaccola, Bonuchchi, Di Lorenco, Acherbi, Jorjino, Verratti (Lokatelli, 67), Berardi (Keza, 84), Barella (Pessina, 67), Insine (Kristante, 108), Immobile (Belotti, 84).

Avstriya – Baxmann, Alaba, Layner (Trimmel, 114), Dragovich, Xinteregger, Grillich (SHaub, 105), SHlager (Gregorich, 105), Laymer (Ilzanker, 114), Baumgartner (SHopf, 90), Zabitcer, Arnautovich (Kalaydjich, 97).

Ogohlantirishlar: Arnautovich (2), Di Lorenco (50), Barella (51), Xinteregger (103), Dragovich (120).


Italy

Federico Chiesa - 95', Matteo Pessina - 105'

EURO Final Stage . 1/8-tur

27/06/2021, 00:00

1
:
2
Finished AET

Austria

Sasa Kalajdzic - 114'

Stadion: Wembley, 18910 tomoshabin

Bosh hakam: Anthony Taylor

45'
90'
120'
50'  Giovanni Di Lorenzo
51'  Nicolo Barella
67'  Marco Verratti (Manuel Locatelli)
67'  Nicolo Barella (Matteo Pessina)
84'  Ciro Immobile (Andrea Belotti)
84'  Domenico Berardi (Federico Chiesa)
95'  Federico Chiesa
95'  Leonardo Spinazzola
105'  Matteo Pessina
105'  Francesco Acerbi
108'  Lorenzo Insigne (Bryan Cristante)
2'  Marko Arnautovic
65'  Marko Arnautovic
90'  Christoph Baumgartner (Alessandro Schoepf)
97'  Marko Arnautovic (Sasa Kalajdzic)
103'  Martin Hinteregger
106'  Florian Grillitsch (Louis Schaub)
106'  Xaver Schlager (Michael Gregoritsch)
114'  Konrad Laimer (Stefan Ilsanker)
114'  Stefan Lainer (Christopher Trimmel)
114'  Sasa Kalajdzic
114'  Louis Schaub
120'  Aleksandar Dragovic


Uchrashuvning matnli translyaciyasini shu sahifada kuzatib borishingiz mumkin bo'ldi. 

YANGILASH


Franko Foda va Avstriya termasiga esa tasanno deb qolamiz, ular imkoniyatlari etgancha, borlarini berib harakat qilishdi, lekin bugun omad ko'proq vaqt hujum qilgan Italiyaga kulib boqdi.  

121-daqiqa. Avstriyaning yana bir urinishini Manchini shogirdlari qaytarishni uddalashdi va hakamning final hushtagi yangradi. Katta ustunlikka ega bo'lgan Italiya katta qiyinchilik bilan chorak finalda.  

120-daqiqa. Keza o'yin taqdirini hal qilib qo'yishi mumkin edi, lekin Avstriya himoyachisi bunga yo'l qo'ymadi.  

118-daqiqa. Gregorichning zarbasidan keyin to'p darvozaga borishni istamadi.   

116-daqiqa. Belotti to'p uchun kurashdi va jamoasiga jarima zarbasi ishlab berdi. 

114-daqiqa. Avstriya vakillari va muxlislarida umid uchquni paydo bo'lmoqda. 

111-daqiqa. GOOOOOOL! Sasha Kalayjich oradagi farqni qisqartirdi. 

O'zgarishlar! Avstriya tarkibida ikkita o'zgarish amalga oshirildi.

111-daqiqa. Qayoqqaaa! Zabicer o'ta qulay vaziyatda ikki marta zarba berib, har ikki safar to'pni yaqin masofadan darvozaga yo'llay olmadi. 

110-daqiqa. O'yinni ilk daqiqalardan maydonda o'tkazayotgan Jovanni Di Lorenco deyarli butun maydonni bir o'zi to'p bilan o'tdi va faqatgina zarbasi qovushmadi.   

109-daqiqa. Italiya futbolchisi o'yindan tashqari holatda. 

107-daqiqa. Adnrea Belottining zarbasi qovushmadi. 

106-daqiqa. Vaauu! Donnarummadan ajoyib seyv

O'zgarish! SHlager o'rniga Gregorich (hujumchi) o'yinga qo'shildi. 

Birinchi bo'lim yakunlandi. 

105-daqiqa. GOOOOOOOL! Pessina oradagi farqni ikkitaga oshirdi.  

104-daqiqa. Uxxx! Lorenso Insinening kuchli va aniq zarbasini Baxmann deyarli "to'qqizlik"dan olib chiqmoqda. 

104-daqiqa. Italiya hech qaerga shoshmayapti. Ularga qo'yib bersa, hoziroq o'yin yakunlansa.

103-daqiqa. Ogohlantirish! Xintereger Belottiga nisbatan qo'pollik uchun sariq kartochka ishlab oldi.

101-daqiqa. Endi Avstriya raqib himoyasini zaif nuqtalarini izlash bilan band bo'lmoqda. 

98-daqiqa. Avstriyaning xavfli hujumini Spinaccola va Donnarumma bir amallab qaytarib olishdi. 

Buyog'iga Avstriya qanday harakat qilarkin? Jamoa o'yin uslubini o'zgartirishga majbur.

95-daqiqa. GOOOOOOL! Federiko Keza uzoq kutilgan gol muallifiga aylandi. 

93-daqiqa. Avstriya vakillarida ko'proq kuch qolgandek. Vaholanki Italiya termasi ko'proq o'yinchi almashtirdi.  

91-daqiqa. Lokatelli o'yin qoidasini buzdi. 

91-daqiqa. Demak, davom etamiz. Qo'shimcha bo'limlarning birinchisi start oldi. 

Va bo'ldi, hakamning final hushtagi chalindi, lekin bizni oldinda yana ekstra-taymlar kutmoqda.  

90+5-daqiqa. Ish zarbagacha etib bormadi.   

90+4-daqiqa. Jarima maydonchasi yonginasida yoida buzildi. Italiyada imkoniyat.

90+3-daqiqa. Qo'shib berilgan daqiqalarda ham ikkinchi bo'limda bo'lgan umumiy kartina o'zgarmayapti. 

90-daqiqa. O'yinning asosiy vaqtiga 5 daqiqa qo'shib berildi. 

90-daqiqa. O'zgarish! Aynan Kristofning o'rniga SHopf maydonga tushdi.  

90-daqiqa. Kristof Baumgartnerga shifokorlar yordam berishmoqda. 

89-daqiqa. Jamoadoshi yotganiga qaramay, o'yinni davom ettirganidan norozi bo'lgan Florian Grilich raqibni maydonga qulatdi.  

88-daqiqa. Italiya futbolchilari bosimni kuchaytirmoqda. 

86-daqiqa. Zabicer zarba berishga qaror qildi, lekin to'p himoyachilarga tegib, maydonni tark etdi. 

84-daqiqa. O'zgarish! Belotti va Keza aynan Berardi va Immobile o'rniga o'yinga qo'shildi.  


83-daqiqa. Spinaccola qanotidan oldinga o'tdi va uzoq burchakda bo'sh turgan Berardiga to'pni aniq etkazgandi, lekin Domeniko negadir "risovka" qilib tuzuk zarba ham bera olmadi.    

82-daqiqa. Italiya oxirgi daqiqalarda hujumga o'tishi ham qiyinlashib borayotgandek tasavvur uyg'onmoqda. 

"Torino" hujumchisi Belotti va "Yuve" futbolchisi Keza maydonga tushishga tayyorlanmoqda. 

80-daqiqa. Avstriyaning hujumi xavfli tus oldi va italiyaliklar burchak zarbasi bilangina qutilib qolyapti.  

77-daqiqa. Italiya to'pni nazorat qilmoqda. Bu borada ko'rsatkich 56% - 44%.  

Bo'ldi, penalti yo'q va o'yin davom etadi.  

75-daqiqa. Alaba ijrosidagi jarima zarbasidan keyin Italiya jarima maydoni ichida bahsli vaziyat yuzaga kelmoqda. Yana "VAR".

72-daqiqa. Keyingi hujumda Lorenco Insine soniyalar oldin jamoadoshining zarbasini havodagi variantini ijro etib berdi, natija o'sha-o'sha. 

72-daqiqa. Lokatelli aldamchi harakatlar bilan himoyachilarni chalg'itib, aylanma zarba berdi, ammo noaniq. 

70-daqiqa. SHlager to'pga ulgurmadi va Acherbini maydonga qulatdi. 

68-daqiqa. O'zgarishlar! Barella va Veratti o'rniga Lokatelli hamda Matteo Pessina o'yinga qo'shildi. 

68-daqiqa. Avstriya darhol hujumga tashlandi va Zabicer zarba berdi, noaniq.  

67-daqiqa. Offsayd! Hakamga gol urilgan vaziyatda o'yindan tashqari holat bo'lganini malum qilishdi. Marko Arnautovich juda xafa...

Biroq golni rasmiylashtirish uchun "VAR"ning qarorini kutamiz. Hakakm shoshmaslikni so'ramoqda. 

65-daqiqa. GOOOOOOOOOOOL! Marko Arnautovich hisobni ochmoqda. 

63-daqiqa. Burchak zarbasidan keyin Arnautovichning bergan zarbasi u qadar xavfli bo'lmadi. 

62-daqiqa. Zabicerning zarbasidan keyin to'p Bonuchchining oyog'iga tegib, sal qolsa darvoza to'ridan joy olardi.  

60-daqiqaga kelib Avstriya o'yinni nisbatan tenglashtira olgandek.  

58-daqiqa. Avstriyaning hujumi to'p uzatishdagi noaniqlik sabab uzilib qoldi. 

57-daqiqa. Xintereger chinakam qoya bo'lib Barellaga to'p tomon yo'l qoldirmadi. 

56-daqiqa. Bonuchchining zarbasidan keyin to'p darvozadan teparoqdan uchib o'tib ketdi. 

56-daqiqa. Italiyaning tezkor hujumini Alaba to'pni maydondan chiqarib yuborib, uzib qo'ydi. Burchak zarbasi.

54-daqiqa. Spinaccola zarba berdi, ammo to'p yo'liga raqib himoyachilari to'g'anoq bo'lishdi. 

53-daqiqa. Hujumdagi fol va Baumgartner Di Lorenconing oyog'iga "yaxshigina" zarba berdi, hakam vaziyat karotchkaga loyiq emas deb hisobladi.  

52-daqiqa. Zarbaaa! Alabaning zarbasiga biroz aniqlik etishmadi va to'p darvoza to'sini oldidan o'tib ketdi. 

51-daqiqa. Ogohlantirish! Nikolo Barellaga sariq kartochka ko'rsatildi. 

50-daqiqa. Jarima maydoniga "kiraverishda" Di Lorenco raqib futbolchisini yiqitdi va hakam jarima zarbasi belgiladi. To'p oldida Alaba va SHlager.

49-daqiqa. Leonardo Bonuchchining "sovg'asidan" keyin Arnautovich oldinga qochib ketdi, lekin ko'mak yo'qligi sabab oxiri Marko o'zi zarba berdi, ammo uning urinishi qovushmadi. 

47-daqiqa. Alaba o'zini aldashlariga yo'l qo'ymadi va to'pni uzoqlashtirdi.  

46-daqiqa. Maydon markazida to'p uchun qizg'in kurash kechdi va oxiri Verattiga nisbatan fol ishlatildi.  

46-daqiqa. Ikkinchi bo'lim boshlandi. 

Har ikki jamoa azolari maydonga qaytishdi.

45+1-daqiqa. Uzatmadan keyin Acherbining zarbasi noaniq chiqdi va hakamning bo'lim yakunlangani haqidagi hushtagi yangradi. 

45+1-daqiqa. O'sha daqiqa ham standart bilan o'tadigan ko'rinadi.

45-daqiqa. Birinchi bo'limning asosiy vaqtiga bor yo'g'i 1 daqiqa qo'shib berildi. 

45-daqiqa. Jarima maydonidan u qadar uzoq bo'lmagan joyda Arnautovich Spinaccolaga nisbatan qoida buzdi deb topildi.  

43-daqiqa. Insinening burchakdan uzatgan to'piga Di Lorenco etgan bo'lsada, ko'ngildagidek zarba bera olmadi.  

40-daqiqa. Avstriya raqib hujumini qaytarib, to'pni ham olib qo'ygach, hakam Insineda o'yindan tashqari holat bo'lganini qayd etdi. Bu tabiiyki, to'pni olib qo'yib, hujumni boshlamoqchi bo'lgan Franko Foda shogirdlariga yoqmadi.   

37-daqiqa. To'pga qarab chiqib kelayotgan Donnarumma Baumgartner bilan to'qnashib ketdi, futbolchiga shifokorlar yordami zarur.  

36-daqiqa. Standartdan uzatilgan to'pni Italiya himoyachilari qaytarishdi. 

35-daqiqa. Endi Veratti fol ishlatdi. Ammo yarim himoyachi bunday qarordan norozi.   

34-daqiqa. Immobile to'p uchun kurashda qoidani buzdi. 


32-daqiqa. CHirooo! Immobilening kutilmaganda yo'llagan zarbasidan keyin to'p darvoza to'siniga tegib, yon tomonga uchib ketdi. Zarba biroz aniqroq bo'lganida darvozabon ham yordam berolmasdi. 

28-daqiqa. Italiya hamon raqib darvozasiga yo'l izlash bilan ovvora, Avstriya esa sabr bilan kutmoqda. 

24-daqiqa. Ha, "zamonaviy Italiya" birinchi raqam bo'lib, raqibni shu kabi qamal qilib ham o'ynashga ko'nikib ulgurgan. 

21-daqiqa. Bu safar raqiblar Spinaccolaga umuman imkon qoldirishmadi. 

18-daqiqa. Marko Arnautovich tezkor qarshi hujumda zarba uchun qulay imkoniyatga ega bo'ldi, lekin uning urinishiga aniqlik etishmadi. 

17-daqiqa. Nikolo Barellaning kuchli va aniq zarbasini posbon oyoqlari bilan qaytarib yubordi. 

16-daqiqa. Italiyaliklarning navbatdagi hujumini qaytargan Avstriya futbolchilari o'yin tempini bir maromda ushlab turishga urinishmoqda va hozircha, qaysidir manoda buni uddalashmoqda.  

14-daqiqa. Italiya raqibning hujumiga hujum bilan javob berdi. Insine chapdan oldinga o'tib, jarima maydoniga kirmay, zarba yo'lladi darvozabon o'z o'rnida. 

11-daqiqa. Spinaccola uzoq davom etgan hujumni kuchli zarba bilan yakunladi, lekin biroz noaniq.

10-daqiqa. Italiya sekin-asta raqibni darvozasiga yaqinroqqa qamal qilishga, chiqish yo'llarini yopib tashlashga urinmoqda.   

9-daqiqa. Spinaccola rivojlantirgan hujum Immobiledan to'p olib qo'yilishi oqibatida yakuniga etmay qoldi. 

7-daqiqa. CHiro Immobile to'pga eta olmay, yakunda raqib posboni bilan to'qnashib ketdi. Hakam hujumchiga ehtiyotroq bo'lishni maslahat bermoqda.   

6-daqiqa. Nikolo Barella o'yin qoidasini buzdi, lekin hakamning hushtagidan norozi. 

4-daqiqa. Hozirgi daqiqalarda o'yin ikki jarima maydoni o'rtasida kechmoqda. 

2-daqiqa. Uchrashuvdagi birinchi hujumni avstriyaliklar amalga oshirdi.

1-daqiqa. O'yin boshlandi!  


Jamoalarning asosiy tarkiblari malum bo'lib ulgurdi. 

Italiya – Avstriya
London, "Uembli". 00:00
Bosh hakam: Entoni Teylor (Angliya)
Qanot hakamlari: Geri Besuik va Adam Nann (ikkisi Angliya)
Zaxira hakami: Sandro SHerer (SHveycariya)
VAR hakami: Styuart Ettuell (Angliya)
VAR hakami yordamchilari: Kris Kevanax (Angliya), Li Betts (Angliya) va Pol van Bukel (Niderlandiya)

Italiya: 21.Janluiji Donnarumma, 2.Jovanni Di Lorenco, 19.Leonardo Bonuchchi, 15.Franchesko Acherbi, 4.Leonardo Spinaccola, 18.Nikolo Barella, 8.Jorjino, 6.Marko Verratti, 11.Domeniko Berardi, 17.CHiro Immobile, 10.Lorenco Insine
Zaxira
: 1.Salvatore Sirigu, 26.Aleks Meret, 5.Manuel Lokatelli, 9.Andrea Belotti, 12.Matteo Pessina, 13.Emerson, 14.Federiko Keza, 16.Brayan Kristante, 20.Federiko Bernardeski, 22.Jakomo Raspadori, 23.Alessandro Bastoni, 25.Rafael Toloy

Avstriya: 13.Daniel Baxman, 21.SHtefan Layner, 3.Aleksandar Dragovich, 4.Martin Xinteregger, 8.David Alaba, 24.Konrad Laymer, 10.Florian Grillich, 23.Ksaver SHlager, 19.Kristof Baumgartner, 9.Marsel Zabitcer, 7.Marko Arnautovich
Zaxira
: 1.Aleksandr SHlager, 12.Pavao Pervan, 2.Andreas Ulmer, 5.Stefan Posh, 6.SHtefan Ilzanker, 11.Mixael Gregorich, 14.Yulian Baumgartlinger, 15.Filipp Linxart, 16.Kristofer Trimmel, 17.Luis SHaub, 18.Alessandro SHepf, 25.Sasha Kalayjich.


Italy

Federico Chiesa - 95', Matteo Pessina - 105'

EURO Final Stage . 1/8-tur

27/06/2021, 00:00

1
:
2
Finished AET

Austria

Sasa Kalajdzic - 114'

Stadion: Wembley, 18910 tomoshabin

Bosh hakam: Anthony Taylor

45'
90'
120'
50'  Giovanni Di Lorenzo
51'  Nicolo Barella
67'  Marco Verratti (Manuel Locatelli)
67'  Nicolo Barella (Matteo Pessina)
84'  Ciro Immobile (Andrea Belotti)
84'  Domenico Berardi (Federico Chiesa)
95'  Federico Chiesa
95'  Leonardo Spinazzola
105'  Matteo Pessina
105'  Francesco Acerbi
108'  Lorenzo Insigne (Bryan Cristante)
2'  Marko Arnautovic
65'  Marko Arnautovic
90'  Christoph Baumgartner (Alessandro Schoepf)
97'  Marko Arnautovic (Sasa Kalajdzic)
103'  Martin Hinteregger
106'  Florian Grillitsch (Louis Schaub)
106'  Xaver Schlager (Michael Gregoritsch)
114'  Konrad Laimer (Stefan Ilsanker)
114'  Stefan Lainer (Christopher Trimmel)
114'  Sasa Kalajdzic
114'  Louis Schaub
120'  Aleksandar Dragovic

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика