Evro-2020. Ispaniya penaltidan gol ura olmadi va g'alabani qo'ldan chiqardi
20 iyu 2021 01:56
Yangiliklar
Evro-2020. Ispaniya penaltidan gol ura olmadi va g'alabani qo'ldan chiqardi
Luis Enrike shogirdlari 2-turda ham g'alaba qozona olmadi. Har ikki jamoa uchun vaziyat yanada chigallashdi.
Ispaniya - Polsha 1:1
Gollar: 1:0 – 25 Morata, 1:1 – 54 Levandovski.
Ispaniya – Unai Simon, Pau Torres, Alba, Laport, Rodri, Lorente, Olmo (Ferran Torres, 61), Koke (Sarabiya, 68), Pedri, Morata (Oyarsabal, 87), Jerar Moreno (Fabian Ruis, 68).
Polsha – SHensni, Bednarek (Davidovich, 85), Glik, Bereshinski, Puxach, Klix (Kozlovski, 55), Yuzvyak, Zelinski, Moder (Linetti, 85), SHviderski (Frankovski, 68), Levandovski.
Ogohlantirishlar: Klix (36), Moder (57), Yuzvyak (59), Pau Torres (81), Levandovski (90), Rodri (90).
Gol urilmagan penalti: Xerard Moreno (58, ustun)
Spain Alvaro Morata - 25' EURO Grp. E . 2-tur 20/06/2021, 01:00
Poland Robert Lewandowski - 54' Stadion: Estadio de La Cartuja, 11742 tomoshabin Bosh hakam: Daniele Orsato
Ushbu sahifada uchrashuvning matnli translyaciyasini kuzatib borishingiz mumkin.
Bo'ldi, hakamning final hushtagi chalindi va jamoalar bir ochkodan bo'lishib olishdi.
90+5-daqiqa. Ogohlantirish! Rodri ham sariq kartochkasiz chiqib ketmaydigan bo'ldi.
90+3-daqiqa. Ogohlantirish! Bu safar Robert Levandovskiy Pau Torresga nisbatan qoidani buzgani uchun ogohlantirildi.
90+1-daqiqa. Kamil Yuzvyak Xordi Albaga nisbatan qo'pol o'ynadi va hakam o'yinni to'xtatdi.
90-daqiqa. O'yinning asosiy vaqtiga 5 daqiqa qo'shib berildi!
Har ikki jamoa azolari hujumga o'tayotganda biroz shoshayotgandek, shu sababli xatolar yuzaga kelib, to'p oldirilmoqda.
87-daqiqa. O'zgarish! Morata o'rnini Mikel Oyarsabalga bo'shatib berdi.
86-daqiqa. Pau Torres yana Robertga nisbatan qoidani buzmoqda.
85-daqiqa. O'zgarishlar! Yan Bednarek va Yakub Moder o'rniga Pavel Davidovich hamda Karol Linetti o'yinga qo'shildi.
84-daqiqa. Xavfli vaziyat! Alvaro Morata super-imkoniyatni ko'kka sovurdi. Voycex SHensnining jon holatda raqib oyoqlari ostiga tashlanganini ham takidlash lozim.
83-daqiqa. Kamil Glik jarima maydoniga uzatilgan to'plarni osonlik bilan qaytarib tashlamoqda.
81-daqiqa. Ogohlantirish! Pau Torres Robert Levandovskiyga nisbatan ochiqchasiga qo'pollik ishlatdi va sariq kartochka bilan "siylandi".
80-daqiqa. Ispaniya hujumni davom ettirmoqda. Morata zarba bera olmagan bo'lsa, Rodrining urinishidan keyin to'p to'g'ri darvozabonning qo'liga borib tushdi.
79-daqiqa. Xavfli vaziyat! Kutilmaganda Voycex SHensni va Bartosh Bereshinskiy bir-birlarini tushunishmadi, oqibatda ispanlarda vaziyat yuzaga kelishi mumkin edi, lekin darvozabon ikkinchi urinishdan to'pni ushlab oldi.
76-daqiqa. Taqib ostida qolgan Pau Torres tavakkal qilgisi kelmadi va to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yuborib qo'ya qoldi.
74-daqiqa. To'pga egalik qilish bo'yicha ko'rsatkich deyarli o'zgarmayapti 70% - 30%, Ispaniya foydasiga.
73-daqiqa. Ferran Torres qulay nuqtadan zarba berishga imkon topdi, lekin uning bosh bilan bergan zarbasiga aniqlik etishmadi.
70-daqiqa. Yan Bednarek maydonga o'tirib olgan va o'yin shu sabab to'xtab turibdi. Bu esa Ispaniya muxlislariga umuman yoqmayapti.
68-daqiqa. O'zgarish! Ispanlarda ham o'zgarish - Pablo Sarabiya Kokeni alishtirdi, Moreno o'rniga esa Fabian Ruis tushirildi.
68-daqiqa. O'zgarish! Polsha tarkibida o'zgarish amalga oshirildi. Karol Sviderskiy o'rnini Pshemislav Frankovskiy egalladi.
67-daqiqa. Robert Levandovskiy hujumda raqibiga nisbatan qoidani buzdi.
64-daqiqa. Jarima maydoni ichida, lekin noqulay holatda bo'lishiga qaramay, Alvaro Morata zarbaga imkon topdi va darvozabonning ishonchli o'yinigina mehmonlarni goldan qutqarib qoldi.
61-daqiqa. O'zgarish! Dani Olmo o'rnini Ferran Torres egalladi.
59-daqiqa. "O'yin harorati" oshib bormoqda. Sardor sifatida Robert Levandovskiy hamyurtlarini tinchlantirishga urinyapti.
58-daqiqa. Penalti! Jabrlanuvchining o'zi imkoniyatdan foydalandi, Xerard Morenoning zarbasidan keyin to'p ustunga tegdi, qaytgan to'pni Morata qaergadir tepib yubordi.
57-daqiqa. "VAR"dagilar bosh hakam vaziyatlarning birida qoida buzilganini ko'zdan qochirganini etkazishdi. Takroriy lavhani ko'rgan Orsato nuqtani ko'rsatdi.
O'ng qanotdan uzatilgan to'pga Levandovskiy himoyachidan avval etdi va hisobiga gol yozdirib qo'ydi.
54-daqiqa. GOOOOOOL! Robert boshi bilan zarba yo'llab, muvozanatni tikladi.
50-daqiqa. Koke futbolchisi yordam muxtoj bo'lib, maydonda yotibdi. "Atletiko" futbolchisiga nisbatan qoida yaqqol buzilganini taroriy lavhada ko'rib olish qiyinmasdi.
48-daqiqa. SHveciya faolroq, lekin Ispaniya ham ustunlikni osonlikcha berib qo'yish niyatida emasligini ko'rsatmoqda.
46-daqiqa. Ikkinchi bo'lim boshlandi!
Taymni butun bo'lim davomida bir necha bor bo'lgani kabi ispanlar hujumda, jumladan, burchak zarbasini amalga oshirib yakunlashdi. Hakamning hushtagi esa jamoalar bilan bir qatorda bizlarni ham tanaffusga taklif qilmoqda.
45-daqiqa. Birinchi bo'limning asosiy vaqtiga 1 daqiqa qo'shib berildi.
45-daqiqa. Xordi Albaning uzatmasidan keyin Xerard Moreno yaqin burchakda to'pni darvozaga yo'llay olmadi. Qulay imkoniyat boy berildi.
43-daqiqa. Xavfli vaziyat! Karol Sviderskiy uzoq masofadan yo'llagan to'pi darvoza ustuniga tegib qaytdi, Robert Levandovskiy esa hech kim halaqit qilmayotganiga qaramay, Unay Simonni dog'da qoldira bilmadi.
39-daqiqa. Polsha bir oz jonlangandek. Aniqrog'i jamoaning boshqa yo'li yo'qligidan ham oldinga o'tishga intilmoqda.
36-daqiqa. Ogohlantirish! Mateush Klix qoidani buzgani uchun hakam tomonidan ogohlantirildi.
35-daqiqa. Karol Sviderskiy o'ng qanotdan uzatilgan to'pni darvozaga to'g'rilab qo'ya olmadi. Futbolchi negadir boshi bilan emas, oyoqda zarba berishga qaror qildi va mo'ljalda adashdi.
Buyog'i yanada qiziq bo'lishi turgan gap. Polsha yana birinchi bo'lib gol o'tkazib yubormoqda. Ispanlar esa musobaqadagi ilk golini urib oldi.
26-daqiqa. GOOOOOL! "VAR" bu safar hakamlar adashgani va gol "toza" urilganini qayd etdi va Ispaniya oldinga chiqib oldi. Himoyachining orqaroqqa qo'ygan oyog'i barchasini hal qildi.
25-daqiqa. GOOOOL! Alvaro Morata to'pni darvozaga to'g'rilab yubordi, lekin yon hakam bayrog'ini ko'tarib o'yindan tashqari holatni qayd etdi.
23-daqiqa. O'yin borishi va unda Ispaniyaning ustunligini qisman anglash uchun to'pga egalik qilish bo'yicha 75% - 25% ko'rsatkich ekanligini bilish etarlidek.
20-daqiqaga kelib, Ispaniya 3 burchak zarbasini amalga oshirdi, lekin bu safar ham samara chiqara olishmadi.
19-daqiqa. Robert Levandovskiy Xordi Albaga nisbatan qoidani buzdi.
14-daqiqa. Luis Enrike shogirdlarining navbatdagi hujumi oxiriga etishiga raqib himoyachilari yo'l qo'ymadi.
12-daqiqa. Ispanlar o'yin borishidagi muvozanatni tiklashga erishmoqda va hujumlari sonini oshiryapti.
7-daqiqa. Markos Lorente qanotidan oldinga o'tdi va jarima maydoniga uzatmani amalga oshirdi, lekin sheriklari to'pga eta olishmadi.
4-daqiqa. Mateush Klix uzoq masofadan kuchli zarba yo'lladi, biroz noaniq.
O'yinni polshaliklar faolroq boshlashdi. "Qizil furiya" hozircha faqat himoyalanish bilan ovvora.
1-daqiqa. Uchrashuv boshlandi!
Har ikki davlat madhiyalari yangramoqda.
Ispaniya - Polsha
Sevilya, "La-Kartuxa". 00:00
Bosh hakam: Daniele Orsato (Italiya)
Qanot hakamlari: Alessandro Jallatini va Fabyano Preti (ikkisi Italiya)
Zaxira hakami: Stefani Frappar (Franciya)
VAR hakami: Massimiliano Irrati (Italiya)
VAR hakami yordamchilari: Marko Di Bello (Italiya), Filippo Meli (Italiya) va Stefani Frappar (Franciya)
Spain Alvaro Morata - 25' |
EURO Grp. E . 2-tur 20/06/2021, 01:00 1
:
1
Tugadi
|
Poland Robert Lewandowski - 54' |
Stadion: Estadio de La Cartuja, 11742 tomoshabin
Bosh hakam: Daniele Orsato
Ispaniya: 23.Unai Simon – 6.Markos Lorente, 24.Emerik Lyaport, 4.Pau Torres, 18.Xordi Alba – 8.Koke, 16.Rodrigo Ernandes, 26.Pedri – 9.Jerar Moreno, 7.Alvaro Morata, 19.Dani Olmo
Zaxira: 1.David de Xea, 13.Robert Sanches, 2.Sesar Aspilikueta, 3.Diego Lorente, 10.Tiago Alkantara, 11.Ferran Torres, 12.Erik Garsiya, 14.Xose Gayya, 17.Fabian Ruis, 20.Adama Traore, 21.Mikel Oyarsabal, 22.Pablo SarabiyaPolsha: 1.Voycex SHensni – 18.Bartosh Bereshinskiĭ, 15.Kamil Glik, 5.Yan Bednarek – 21.Kamil Yuzvyak, 16.Yakub Moder, 14.Mateush Klix, 26.Timoteush Puxach, 11.Karol Sviderski, 20.Petr Zelinski, 9.Robert Levandovskiy.
Zaxira: 12.Lukash Skorupski, 22.Lukash Fabianski, 3.Pavel Davidovich, 4.Tomash Kendzera, 6.Kacper Kozlovskiy, 8.Karol Linetti, 13.Macey Ribus, 17.Pshemislav Plaxeta, 19.Pshemislav Frankovski, 23.David Kovnackiĭ, 24.Yakub SHverchok, 25.Mixal Gelik.
Fikrlar