Evro-2020 finalini Evropaning eng boy hakami boshqaradi - uning o'z supermarketlar tarmog'i bor
11 iyu 2021 22:03
Yangiliklar
Evro-2020 finalini Evropaning eng boy hakami boshqaradi - uning o'z supermarketlar tarmog'i bor
Born Kuypers yuksakda: undan oldin niderlandiyalik hakamlar hech qachon Evropa chempionatida finalida ishlamagan
Kuypers nafaqat hakam, balki muvaffaqiyatli ishbilarmon hisoblanadi. Born supermarketlar, dam olish uylari va go'zallik saloniga egalik qiladi, uning boyligi 16 million evroni tashkil qiladi hamda Evropaning eng boy futbol hakami hisoblanadi.
Kupers hakamlardan g'azablanardi — otasi uni hakamlikka o'qishga yubordi. Born JCH-2014 finalida ishlashi mumkin edi, ammo Niderlandiya terma jamoasi bunga xalaqit berdi
15 yoshli Born o'z tug'ilib-o'sgan joyi Oldenzaldan (Germaniya bilan chegaradosh shaharchada deyarli 30 ming aholi istiqomat qiladi) "Kvik 20" jamoasi yoshlari tarkibida futbol o'ynardi. Uning otasi Yan o'g'lini kuzatgani tez-tez o'yinlarga borar, biroq Bornning xatti-harakatlari padari buzrukvorning jahlini chiqarardi: Born hakamlar bilan doimo tortishib, ularni so'kardi. SHunday o'yinlarning biri yakunlangach, Yan o'g'liga kinoya aralash: "Borib hakamlik kursiga ro'yxatdan o't, chunki sen qoidalarni juda yaxshi bilasan", dedi. Yosh Born bunga itoat etdi.
32 yoshida Kuypers Niderlandiya chempionatiniing Vitess — Villem II bahsida debyut qildi. Uning karerasi asta-sekin o'sib bordi: 2012 yilda Born Evropa chempionatiga qadam qo'ydi (kuchli yomg'ir tufayli Ukraina va Franciya o'rtasidagi o'yin to'xtatib qoldi), bir yil o'tgach, u "Amsterdam Arena"da Evropa Ligasi finalini boshqardi (o'shanda "CHelsi" "Benfika"ni mag'lub etdi), keyin esa Konfederaciyalar kubogida hakamlik qildi.
2014 yil Kuypersning faoliyatidagi eng yaxshi yil bo'ldi. Birinchidan, u "Real" va "Atletiko" o'rtasidagi CHempionlar Ligasi finalida ishladi (o'sha uchrashuvda 12 ta sariq kartochka ko'rsatib, rekord o'rnatgan), keyinchalik jahon chempionati finalini boshqarishi mumkin edi, ammo unga o'z mamlakat terma jamoasi xalal berdi — Niderlandiya 1/2 finaliga qadar etib bordi. "Biz bundan bir oz xafa bo'ldik, ammo bu uzoq vaqt davom etmadi, — deydi keyinchalik Kuypers.
Kuypers 2015 yilgi CHempionlar Ligasi 1/8 finalidagi "CHelsi" — PSJ o'yinini faoliyatidagi eng yomon o'yin deb ataydi. O'shanda u Zlatan Ibragimovichni 31-daqiqada Oskarga nisbatan qo'pollik qilgani uchun maydondan chetlatgandi va bu holat juda ko'p tanqidlarga sabab bo'lgandi. Keyinchalik Kuypers o'sha ishi noto'g'ri ekanligini tan oldi.
SHuningdek, "lolalar yurti" referisining ro'yxatiga Evro-2016 (guruhdagi ikkita o'yin hamda Franciya va Islandiya o'rtasidagi yorqin chorak final) va Evropa Ligasining 2018 yildagi finali ham qayd etildi.
Kuypers JCH-2018 finaliga tayinlanishini kutdi, ammo so'nggi bahs unga nasib etmadi: "Hafsalam pir bo'ldi. Har qanday hakam bunday o'yinda ishlashni orzu qiladi, afsuski, finalga men tayinlanmadim".
Kuypers supermarketlari: kuniga 7 soat ishlaydi va tartibni nazorat qilish uchun ertalab do'konlarni aylanadi
Kuypers tadbirkorlar avlodidan. Uning bobosi va buvisi o'z biznesini 1937 yilda boshlagan: ular uyning o'zida do'kon ochib, velosipedda mol etkazib berishgan. Kuypersning otasi esa yoshligidanoq biznes asoslarini o'rgangan, keyinchalik onasi ham bu ishga qo'shilgan.
Born Neymegen universitetining biznes menejmenti fakultetini tugatgandan so'ng, biznes yo'liga kirdi. "Otamning qanchalik behuda asabiylashganining guvohi bo'ldim. U juda ko'p ishlardi. Bu menda juda katta taassurot qoldirdi va muhim saboq bo'ldi", — deb eslaydi Kuypers. "Garchi ota-onam mendan ko'ra ko'proq pul muammosiga duch kelishgan bo'lsa-da, har qanday holatda ham bu muammodan qutulishni xohlardim".
Kuypersning o'zi uchta C1000 supermarketini boshqargan va 2013 yilda ulardan biri Niderlandiyada eng yaxshi supermarket deb topilgan. 2014 yilda unda muammolar boshlandi va ikkita do'konni sotishga to'g'ri keldi, uchinchisi esa Jumbo supermarketlar tarmog'iga kirdi.
"Biz bilan birga ishlagan har bir xodim uchun ishdan bo'shatish qarorini qabul qilish qiyin edi. Bu menga qattiq tasir qildi. Ammo bitta do'konni saqlab qolib, uni Jumbo'ning bir qismiga aylantirish yaxshi qaror bo'ldideb o'ylayman. 2015 yilning yozi omadsiz o'tdi, do'kon tashrif buyuruvchilar va xodimlar ishonchni yo'qotdi. Biz yondashuvimizni o'zgartirdik va 2016 yilda yana eng yaxshi supermarketga aylandik. Bu mashaqqatli mehnatga yarasha mukofot bo'ldi".
Kuypers biznes bilan jiddiy shug'ullanadi. U shaharda bo'lganida, kuniga 7 soat ishlaydi va rejalashtirishni nazorat qiladi, ertalab esa do'konlarni aylanib chiqadi, do'kon ochilishiga hamma narsa tayyor ekanligiga ishonch hosil qilmaguncha u erdan ketmaydi. Agar biror joyga ketishi kerak bo'lsa, rafiqasi Marliz va yordamchilar guruhi hamma narsani nazoratiga oladi.
"Men xaridorlarga Lionel Messi, Zlatan Ibragimovich yoki Krishtianu Ronaldu bilan bir xil munosabatda bo'laman", deydi Kuypers. "Hamma narsa hurmat, aniqlik va samimiy muloqot atrofida aylanadi".
Kupersning principlari: jamoaviy ish va zavq. U Evro-2020'dan keyin karerasini yakunlamoqchi edi, ammo hozir bunga aminmas
Kuypers biznesda ham, hakamlikda ham xuddi shu tamoyillarga amal qiladi.
"Jamoaga bir xil yaxshi munosabatda bo'lishga harakat qilaman. Bu ham futbol maydoniga, ham supermarketga taalluqlidir, — dedi Kuypers. — Uchrashuv paytida doimiy yordamchilarim Sander van Rukel va Ervin Zeynstrga, do'konda esa xodimlarga ishonaman. Men bu ishlarni yolg'iz qila olmasdim".
Uning yana bir qirrasi — zavq ola bilish. Kuypersning aytishicha, har ikkala mashg'ulot — xobbi: "Menga bu ishlar energiya beradi. Ham futbol, ham biznesni boshqarib, hordiq olaman, chunki bu menga ishtiyoq bag'ishlaydi".
Endilikda Kuypers o'z ishida kamroq asabiylashishga harakat qilmoqda: "Menga agar ishlaringiz 95% yaxshi bo'lsa, unda qolgan 5% haqida qayg'urmang, deyishdi. Siz ijobiy narsalarga etiboringizni qaratishingiz kerak. Ilgari men ko'proq biznesga etibor qaratardim, hozir esa ham tadbirkor, ham hakam sifatida o'zgardim. Men o'zimni yanada erkin his qila boshladim, lekin bu mening bu sohalarga yuzaki munosabatda bo'lishimni anglatmaydi".
Kuypers hakamlik faoliyatini ushbu turnirdan so'ng yakunlashini aytdi: "SHu yo'l orqali dam olish kunlariga erishaman. Xotinim bilan shanba kuni kechki ovqatga chiqishim mumkin. Garchi Evro-2020'dagi eng keksa hakam bo'lsam ham, turnirdan oldin hushtagini mixga ilishiga ishonchi komil emasdi: "Men juda yaxshi formadaman. Qarorim hissiyotlarimga, uydagi ishlar qanday kechayotganiga hamda Evropa chempionating qanday o'tishiga bog'liq bo'ladi. Turnirdan keyin tatilga chiqaman, kelajagim haqida keyinroq o'ylab ko'raman".
***
"Uchrashuvlar paytida ko'rinmaslikni afzal ko'raman. Men spektaklda ishtirok etishga roziman, faqat yordamchi bo'lish orqali. Asosiy ijodkorlar — futbolchilar", — dedi Kuypers.
Umid qilamizki, u bu maqsadiga qita turnirining hal qiluvchi bahsida erishadi.
Oqil Abdubarnoev tarjimasi
Italy Leonardo Bonucci - 67', Domenico Berardi - 121', Leonardo Bonucci - 121', Federico Bernardeschi - 121' |
EURO Final Stage . final-tur 12/07/2021, 01:00 3
:
4
Tugadi
|
England Luke Shaw - 2', Harry Kane - 121', Harry Maguire - 121' |
Stadion: Wembley, 67173 tomoshabin
Bosh hakam: Bjorn Kuipers
Fikrlar