So’nggi yangiliklar

00:45Юртимизга куз кириб келди, қалбимизда эса ҳамон ёз ҳукмрон  4 00:31Эра ўз якунига етди... 2003 йилдан бери илк бор Роналду ва Месси "Олтин тўп" учун номзодлар рўйхатига киритилмади  14 00:11"Олтин тўп" учун 30 нафар номзод номи эълон қилинди. Улар орасида Роналду ва Месси йўқ  6 23:50Унаи Симон, Лунин, Эми Мартинес ва бошқалар — France Football йилнинг энг яхши дарвозабони бўлиш учун номзодларни эълон қилди  1 23:29France Football йил клуби номинацияси учун номзод жамоаларни эълон қилди  2 23:06Хаби Алонсо, де ла Фуэнте, Анчелотти — France Football талқини бўйича йил мураббийи ким бўлади?  6 22:48"Қўқон-1912" қачон ўз стадионига қайтади? Жамоа бош мураббийи жавоб берди  1 22:32Ямаль, Гюлер, Гарначо — France Football йилнинг энг яхши ёш футболчиси бўлиш учун номзодларни эълон қилди  4 22:20Осимхен расман ижара асосида турк клуби ўтди. "Наполи" футболчини бепулга ижарага берди, аммо...  1 21:47Девид Бекхэмнинг 22 ёшли ўғли кутилмаганда футболни тарк этди. Энди у фаолиятини модел сифатида давом эттиради  1 21:18Гейнрихнинг сўнгги голи ва Абрамовни истеъфога чиқарган Ҳалатбори — Ўзбекистон терма жамоаси ЖЧ саралашининг сўнгги босқичларини қандай бошлаган?  9 20:49Ўзбекистон терма жамоасининг КХДР билан ўйиндан олдинги расмий машғулоти  1 20:10Ўзбекистон МТЖнинг КХДРга қарши ўйиндан олдинги аъло кайфиятда ўтган машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  10 19:42ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон МТЖ КХДРга қарши оқ либосда ўйнайди  5 19:04Одилжон Ҳамробеков: "Ушбу учрашувлар қанчалик катта аҳамиятга эга эканлигини барча тушуниб турибди"  4

Evro-2020 bilan erta xayrlashgan 7 yulduz Yangiliklar

Evro-2020 bilan erta xayrlashgan 7 yulduz

Hatto Ronaldu ham Portugaliyaning muvaffaqiyatsizligida tanqid qilinmoqda.

Evro-2020 nimchorak final uchrashuvlari yakuniga ko'ra birdaniga 5 top jamoa turnirni tark etdi: Niderlandiya, Portugaliya, Xorvatiya, Franciya va Germaniya.
Bir qator terma jamoalar musobaqa bilan jamoaviy tarzda xayrlashdi. Ammo ishonchlarni oqlolmagan futbolchilar ham etarlicha. Evropa chempionatida umidlarni puchga chiqargan 7 yulduz haqida hikoya qilamiz.

Kilian Mbappe (Franciya)
Gap faqat amalga oshirilmagan penaltidagina emas. Mbappe butun turnir davomida o'ziga o'xshamadi: mag'rurlik bilan o'ynash, vaziyatlarni ko'kka sovurish, hafsalasizlik bilan harakatlanish. Evrodan oldin yirik nashrlar jamoaning ichki muhiti haqida salbiy xabarlar yozishgandi. Unga ko'ra, jamoa azolari Mbappeni xudbinlikda ayblashgan. Kilian bu bosimni enga olmagan ko'rinadi. Futbolchi bir o'zi jamoani chorak finalga olib chiqishi mumkin edi, ammo o'xshamadi. Hatto so'nggi amalga oshirilmagan 11 metrlikdan so'ng jamoa azolaridan birortasi qo'llab-quvvatlash maqsadida uning oldiga kelmadi. O'yinchi bir o'zi kiyinish honasiga kirib ketdi. Jamoadagi ichki munosabatning ijobiy emasligi shu joyda bilinib qoldi.




Garet Beyl (Uels)

Har bir katta turnir oldidan hamma Garet Beyldan mo'jiza kutadi. Muxlislar uning Evro-2016 musobaqasidagi fenomenal o'ynini eslab qolishgan. Ammo o'sha payt Beyl Uels termasi bilan parallel ravishda o'sayotgan edi. Bu safargi chempionatda ham jamoa guruh bosqichidan chiqishni uddaladi, ammo bu ko'proq Turkiyaning passiv o'yni sabab — jamoa faqat turklar bilan o'yinda g'alaba qozona oldi. O'sha o'yinda Beyl ikkita golga assistentlik qildi — turnirdagi yagona foydali harakatlar. Ammo pley-offda Daniya Beyl va jamoadagi boshqa futbolchilarga umuman imkon bermadi. Lekin 31 yoshli sardorning milliy jamoadan ketish niyati yo'q. Beyl faoliyatini yakunlamoqchi emas va jamoa bilan Qatarda bo'lib o'tadigan jahon chempionatiga bormoqchi.




Memfis Depay (Niderlandiya)
"Barselona" noodatiy yo'l tutdi va yirik transfer haqidagi xabarni Evro davom etayotgan pallada elon qilib yubordi: Memfis Depay 19 iyun kuni rasman Katalon klubi azosi sifatida tanishtirildi. Niderlandlar guruh bosqichini yuz foizlik natija bilan bosib o'tishdi. Depay 2 gol va 1 assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ydi. CHexiyaga qarshi o'yindagi qiyin vaziyatlarda hamma uning liderlik sifatlaridan umid qilgan edi. Ammo de Ligt maydonni tark etgach, u ham huddi boshqalar kabi cho'kib qoldi. Niderlandiya nashrlari futbolchini tinmay tanqid ostiga olmoqda: ko'pchilikning fikricha, bunday zaif harakter bilan Depay "Barselona"da hech narsa qilolmaydi.




Krishtianu Ronaldu (Portugaliya)

Portugaliya muvaffaqiyatsizligining asosiy sababchisini topish unchalik qiyin kechmadi — aybdor yana Ronaldu. Ammo deyarli hech kim asosiy urg'uni maydonga qaratmadi. Vaholanki, Ronalduning o'ynida bir qancha kamchiliklar bor edi — yana sardor hammaning diqqat markazida bo'lishga harakat qildi, asosiy vazifani hech kim bilan bo'lishmadi. Etirozlarga Belgiyaga qarshi o'yindan keyin KriRoning sardorlik bog'ichini maysa ustiga uloqtirgani, birozdan keyin esa uni tepgani sabab bo'ldi. Bu muxlislarni g'azablantirdi. Ronaldu mag'lubiyatga asosiy sababchi emas, u huddi avvalgidek yuqori darajada o'ynadi, ammo har bir epizodni bir o'zi hal qilishni xohladi. 5 karra "Oltin to'p" sohibi individual tarzda zo'r harakat qilgan bo'lishi mumkin, biroq bu jamoa manfaatiga hizmat qilmadi.




Brunu Fernandesh (Portugaliya)
"Manchester Yunayted"ning asosiy yulduzi va APLning eng yaxshi o'yinchilaridan birining qanday qilib terma jamoa asosiy tarkibiga kirolmaganini tushunish qiyin. Evro-2020 turnirida u biror marta to'liq o'yin o'tkazmadi, biror foydali hakarat amalga oshirmadi va juda yomon o'ynadi. Muammo, balki, Ronalduning soyasida o'ynash bo'lgandir. Nima bo'lganda ham Brunu musobaqa bilan erta xayrlashdi. Ammo terma jamoa bilan Qatarga borish imkoniyati saqlanib turibdi.




Tomas Myuller (Germaniya)
Terma jamoaga chaqirilishi ham qiyinchiliklar ostida sodir bo'lgan o'yinchi hal qiluvchi paytda jamoasi joniga oro kirolmadi. Angliyaga qarshi o'yinda Germaniya 1:0 hisobida ortda qolayotgan vaziyatda aynan Myuller Pikford bilan birga-bir vaziyatni ko'kka sovurdi. Ana o'sha payt u muxlislarning asosiy dushmaniga aylandi. Muxlislar aynan unga g'azablarini sochdi. Ammo Tomas o'yin tugashi bilanoq hammadan uzr so'ragan, millionlab insonlarning ishonchini poymol qilganini anglab etgandi. Biroq eng achinarlisi, u o'z oyog'iga bolta urdi. Navbatdagi jamoa murabbiyi endi uni jahon chempionatiga chaqirmasligi mumkin.




Antuan Grizmann (Franciya)
Desham qattiq ishongan yana bir futbolchi. Grizmann allaqachon terma jamoa lideriga aylanishi kerak edi. Ammo birin-ketin yirik musobaqalar o'tmoqda, u esa hali hamon odatiy o'yinchi bo'lib qolyapti. Evro-2020 turnirida "Barselona" futbolchisi bor-yo'g'i 1 dona gol urdi, SHveycariyaga qarshi o'yinda esa hatto qo'shimcha daqiqalargacha ham o'ynamadi. Desham futbolchining o'ynidan qoniqmadi va asosiy o'yinchilaridan birini almashtirdi. Agar Grizmann jahon chempionatiga borishni istasa, o'z ustida ishlashga majbur.




Abduqahhor Qosimov tarjimasi

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика