So’nggi yangiliklar

01:10Сенсация! Манчинининг Саудияси Индонезияни мағлуб қила олмади  2 00:55Жалолиддин Машарипов: "Ўйинимиздан кўнглим тўлмади, бундан яхшироқ ўйнай оламиз"  0 00:36Бу даҳшат! Роналду фаолиятидаги 900-голини урди  6 00:22Ўзбекистон термасида Сречко Катанец қўл остида илк марта шундай ҳолат кузатилди  6 00:05Шерзод Насруллаев: "Майдоннинг ҳолати яхши эмаслиги бугунги ўйинга таъсир қилди"  13 23:40Элдор Шомуродов: "Ҳар бир учрашувда фақатгина уч очко учун ўйнаймиз"  8 23:22ЖЧ саралаши. Эрондан кичик ғалаба, БАА Қатарда камбек амалга оширди  17 22:59Миллатлар лигаси старт олмоқда! Португалия - Хорватия ва бошқа учрашувларнинг асосий таркиблари билан танишинг  4 22:24ЖЧ саралаши. B ҳамда C гуруҳидаги ўйинларнинг асосий таркиблари маълум бўлди  6 21:58Сречко Катанец: "Мақсадимиз томошабоп ўйин эмас, ЖЧга чиқиш"  47 21:44Жалолиддин Машарипов: "Яхши ўйнадик дея олмайман, асосийси ғалаба"  20 21:34КХДР бош мураббийи: "Биз кутган натижа бўлмади"  18 21:05ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - КХДР 1:0, Машарипов голини Роналду услубида нишонлади  31 20:54ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон КХДРни мағлуб этиб, учинчи босқични 3 очко билан бошлади  338 20:41Ўртоқлик учрашуви. Россия Вьетнамни қийинчиликсиз мағлуб қилди  3

Evro-2020. Angliya Xorvatiyani mag'lubiyatga uchratdi Yangiliklar

Evro-2020. Angliya Xorvatiyani mag'lubiyatga uchratdi

Evro-2020ning D guruhidan o'rin olgan Angliya - Xorvatiya bahsi yakuniga etdi.

England

Raheem Sterling - 57'

EURO Grp. D . 1-tur

13/06/2021, 18:00

0
:
1
Tugadi

Croatia

Stadion: Wembley, 18497 tomoshabin

Bosh hakam: Daniele Orsato

45'
90'
57'  Raheem Sterling
57'  Kalvin Phillips
64'  Phil Foden
71'  Phil Foden (Marcus Rashford)
82'  Harry Kane (Jude Bellingham)
90'  Raheem Sterling (Dominic Calvert-Lewin)
42'  Duje Caleta-Car
48'  Mateo Kovacic
66'  Marcelo Brozovic
70'  Marcelo Brozovic (Nikola Vlasic)
70'  Andrej Kramaric (Josip Brekalo)
78'  Ante Rebic (Bruno Petkovic)
85'  Mateo Kovacic (Mario Pasalic)

Angliya – Xorvatiya 1:0

"Uembli"

Gol: 1:0 – 57 Sterling.

Angliya – Pikford, Uoker, Mingz, Tripper, Stounz, Rays, Fillips, Foden (Reshford, 71), Maunt, Sterling (Kelvert-Lyuin, 90), Keyn (Bellingem, 82).

Xorvatiya – Livakovich, Gvardiol, Vida, CHaleta-Car, Vrsalko, Brozovich (Vlashich, 70), Kovachich (Pashalich, 85), Perishich, Modrich, Rebich (Petkovich, 78), Kramarich (Brekalo, 70).

Ogohlantirishlar: CHaleta-Car (42), Kovachich (48), Foden (64), Brozovich (66).


UCHRASHUV YAKUNLANDI!

90+2. O'zgarish: Sterling o'rniga Kalvert-Lyuin maydonga tushdi.

85. O'zgarish: Kovachich o'rniga Pashalich maydonga tushdi.

83. Hozirgina bahsga qo'shilgan Bellingem o'yinga tez kirishib ketdi.

82. O'zgarish: Xarri Keyn o'rniga Jud Bellingem maydonga tushdi.

78. O'zgarish: Rebich o'rniga Petkovich maydonga tushdi.

74. ZARBAAA... Sterling himoyachilar qaytargan to'pni darvozaga yo'lladi, ammo to'p umuman boshqa yo'nalishda uchib ketdi.

71. O'zgarishlar: Brozovich va Kramarich o'rniga Vlashich hamda Brekalo o'yinga qo'shilishdi. Angliyada esa Foden maydonni tark etdi, Reshford maydonga tushdi.

68. Ikkala jamoada o'zgarishlar tayyorlanyapti.

67. Angliyaliklarda gol urish uchun yana bir imkoniyat. Raqib jarima maydonchasi oldidagi standartni Foden ijro etdi. To'p darvozaning ustidan o'tib ketdi.

65. Rebich jarima maydonchasi ichidan Angliya darvozasiga zarba berdi, noaniq.

64. Sariq kartochka. Foden Gvardiolning oyog'ini bosib olgani uchun jazolandi.

62. Keyn o'rnidan turdi va maydonga qaytdi.

61. ZARBAAA... Keyn Mauntning qanotdan uzatgan to'pini darvozaga yo'llashga urindi, ammo noaniq. Biroq zarbadan so'ng u ustunga urilib ketdi, shifokorlar tibbiy yordam ko'rsatishmoqda. Hammasi yaxshi deb umid qilamiz.

57. GOOOL! STERLING! Nixoyat inglizlar hisobni ochishdi va bu ishni Raxim ismli yigit amalga oshirdi. Hujumni Kayl Uoker boshlab berdi, uning uzatmasini Kalvin Filipps qabul qilib, bir futbolchidan o'tdi va to'pni ochilib borayotgan Sterlingga uzatdi. Raxim esa qarshisida bir futbolchi bo'lishiga qaramasdan darvozaga zarba berdi va bu qaror to'g'ri bo'lib chiqdi.

53. Birinchi bo'lim boshidagi faollikdan so'ng inglizlarning "batareyka"si quvvatsizlanib qolgandek tuyilmoqda. Angliya terma jamoasi juda sust harakat qilyapti.

48. Sariq kartochka. "CHelsi" futbolchilarining (Maunt va Kovachich) o'zaro to'qnashuvida xorvatiyalik qo'pol o'ynadi va hakam tomonidan jazolandi.

46. Jamoalar maydonga qaytishdi va ikkinchi bo'lim boshlandi. Tayron Mings taym boshlanishi bilan o'z darvozasiga gol olib kelishiga oz qoldi. U tepayotgan to'pga xorvatiyalik futbolchi oyoq qo'ydiva Mingsning baxtiga to'p darvozaga emas, boshqa tomonga ketdi.


TANAFFUS!

43. ZARBAAA... To'p jonli devordagi futbolchiga tegib, maydonni tark etdi.

42. CHaleta-Car o'z jarima maydonchasi chizig'i ustida to'pni qo'li bilan o'ynadi. Inglizlarda hisobni ochish uchun ajoyib vaziyat paydor bo'ldi. To'p qarshisida Maunt va Triper.

40. Jamoalar o'yini juda zerikarli, muxlislar ham telefonlarini olib suratga tushishni boshlab yuborishdi.

35. O'yin tempi ancha pasaydi va jamoalar ko'proq markazda o'ynab, to'p almashishmoqda.

30. Xorvatiya o'yinni markazroqqa ko'chirdi va endi asta-sekinlik bilan hujumlar tashkil qilmoqda.

27. Perishich qarama-qarshi qanotdan uzatilgan to'pni darvozaga joylashga urindi, ammo zarba noaniq.

23. Hozircha uchrashuvdagi yagona golga yaqin kelgan vaziyat muallifi - Fil Foden.

20. Xorvatiyaning hujumlari soni keskin pasayib ketdi, chunki Angliya markazdayoq raqibni "bo'g'ib" qo'ymoqda.

17. Inglizlar raqib darvozasidan 35-40 metr uzoqlikda standart ishlab olishdi. To'p havolatib Xarri Keynga uzatildi, biroq yon hakam bayroqchasini ko'tarib, ofsayd borligini malum qildi.

13. Bahs boshlanishidan avval kecha yurak hurujiga uchragan Kristian Eriksenga sog'liq tilashdi. Biz ham ushbu tilaklarga qo'shilib qolamiz.

10. Angliya terma jamoasi tinimsiz hujum tashkil qilib, raqibni shoshirib qo'ymoqda, tez orada gol ko'rishimiz mumkin.

8. Inglizlar fint va mayda paslar orqali ajoyib hujum tashkil qilishdi, ammo Sterling so'nggi zarbani bera olmadi.

5. ZARBAAA... Sochini bo'yab olgan Fodenning chap oyoqda uzoq burchakka bergan zarbasi darvoza ustuniga tegib qaytdi.

4. Xorvatiya hujum qilayotgan vaqtda to'p hakamga tegib ketdi, ammo xorvatlar hujumni davom ettirayotgandi, referi esa xushtak chalib, bahsni to'xtatdi va to'pni mehmonlarga tashlab berdi.

1. Uchrashuv boshlandi.

Angliya - Xorvatiya

18:00, "Uembli"

Angliya - 1. Jordan Pikford, 2. Kayl Uolker, 4. Deklan Rays, 5. Jon Stounz, 9. Xarri Keyn, 10. Rahim Sterling, 12. Kiran Tripper, 14. Kelvin Filips, 15. Tayron Mings, 19. Meyson Maunt, 20. Fil Foden.

Xorvatiya - 1. Dominik Livakovich, 25. Yoshko Gvardiol, 21. Domagoy Vida, 5. Due CHaleta-Car, 2. Sime Vrsalko, 8. Mateo Kovachich, 11. Marselo Brozovich, 10. Luka Modrich, 4. Ivan Perishich, 17. Ante Rebich, 9. Andrey Kramarich.

Reyting: +24   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика