So’nggi yangiliklar

21:50"Орзулар театри"? МЮ "Олд Траффорд"даги охирги олтита ўйиннинг бештасида мағлуб бўлди  1 21:24АПЛ. "Арсенал" – "Манчестер Сити" 1:0 (матнли трансляция)  70 21:09А Серия. "Милан" – "Интер". Таркиблар аниқ!  4 20:58АПЛ. "Ман Юнайтед" бу сафар ўз уйида "Кристал Пэлас"га ютқазди. Лисандро Мартинес жароҳат олди  13 20:48Туркия. "Фенербахче" – "Ризеспор": Алиқулов сариқ карточкалари йиғилиб қолгани сабаб бу ўйинни ўтказиб юборади  0 20:16АПЛ. "Арсенал" – "Манчестер Сити". Абдуқодир Ҳусанов захирада  64 19:58Ла Лига. "Барселона" ўз уйида минимал ҳисобда "Алавес"ни таслим этди  62 19:33Гави жароҳат олди  5 18:55«Ал Насср» яна бир ТОП футболчи учун 100 миллион евро таклиф қилди  9 18:27А Серия. "Ювентус" ўз уйида "Эмполи"ни йирик ҳисобда таслим этди, Коло-Муанидан дубль  4 18:02АПЛ. "Брентфорд" — "Тоттенхэм" ва "Манчестер Юнайтед" — "Кристал Пэлас" ўйинларининг таркиблари маълум  14 17:24«Машъал» икки нафар футболчи билан шартнома тузди. Улардан бири ўтган мавсумни Жанубий Кореяда ўтказган  0 16:52Гвардиола матбуот анжуманида Абдуқодир Ҳусановнинг ҳолати ҳақида фикр билдирди  21 16:40Расман. «Манчестер Юнайтед» қишдаги илк харидини амалга оширди  2 16:22«Манчестер Сити»га қарши учрашувдан олдин «Реал»да жиддий йўқотиш бор  12

EVRO-2016. Qiziqarli faktlar va statistika Yangiliklar

EVRO-2016. Qiziqarli faktlar va statistika

Evropa chempionatining guruh bosqichi statistikasi va qiziqarli faktlari bilan tanishtirib o'tamiz.


O'tkazilgan 36 o'yinda jami 69 marotaba darvozalar ishg'ol etildi.

Bu degani har bir uchrashuvda o'rtacha 1,92 goldan to'g'ri keladi.

Yani har 47 daqiqada 1ta gol urilmoqda.

Gollar qaysi daqiqalar oralig'ida urildi?

1-15: 5ta, 16-30: 6ta, 31:45: 13ta, 45+ yo'q.

46-60:
15ta, 61-75: 10ta, 76-90: 13ta, 90+ 7ta.



JAMOALAR STATISTIKASI:


To'g'ri to'p uzatmalarni amalga oshirgan TOP-5

Ispaniya 93% (2023 uzatmadan 1876tasi aniq)

Germaniya 91% (1967 uzatmadan 1794tasi aniq)

SHveycariya 90% (1573 uzatmadan 1416tasi aniq)

Portugaliya 89% (1634 uzatmadan 1461tasi aniq)

Angliya 89% (1476 uzatmadan 1316tasi aniq)



TO'P BILAN MUOMALA QILISH:


Germaniya 65%

Ispaniya 61%

Portugaliya 61%

SHveycariya 58%

Angliya 57%



DARVOZA TOMON ENG KO'P ZARBA YO'LLAGAN JAMOALAR:


Portugaliya - 69

Angliya - 65

Belgiya - 59

Germaniya - 59

Ispaniya - 50



ENG KO'P GOL URGAN JAMOALAR:

Vengriya - 6

Uels - 6



TO'PURARLAR:


Alvaro Morata - 3

Garet Beyl - 3



ASSISTENTLAR:

Aaron Remzi - 2

Eden Azar - 2


ENG KATTA TEZLIKDA YUGURGAN FUTBOLCHI:


Kingsli Koman 33 km/s


ENG KO'P ZARBA QAYTARGAN DARVOZABONLAR:

Xannes Xalldersson (Islandiya) - 19

Maykl Makgovern (SHimoliy Irlandiya) - 16

Igor Akinfeev (Rossiya) - 14


GOL O'TKAZIB YUBORMAGAN JAMOALAR:

Germaniya

Polsha


FAKTLAR:

* Evropa chempionatida debyut qilgan Islandiya, Uels, Slovakiya va SHimoliy Irlandiya pley-off yo'llanmasini qo'lga kiritishdi.

* Ronaldu ushbu Evropa chempionatida ikkita rekord qayd etdi. Evrolarda eng ko'p o'yin o'tkazgan futbolchilar ro'yxatida peshqadamlikni qo'lga kiritdi va to'rtta Evropa chempionatida gol urgan dastlabki futbolchiga aylandi. Agarda Ronaldu yana ikki marotaba raqiblar darvozasini ishg'ol etsa, unda Krishtianu Evropa chempionatlari tarixidagi eng yaxshi to'purarga aylanadi.

* Garet Beyl guruh bosqichidagi barcha o'yinda gol urdi.

* Guruh bosqichida hech bir jamoa hamma o'yinda g'alaba qozona olmadi.

* Eng ko'p gol kiritilgan o'yin (Vengriya - Portugaliya 3:3)

* Guruh bosqichida Krishtianu Ronaldu, Alvaro Morata va Romelu Lukaku dubl muallifiga aylanishdi.

* Ispaniyaning Evropa chempionatlaridagi "quruq" seriyasiga Xorvatiya hujumchisi Kalinich barham berdi.

* Guruh bosqichida Rossiya terma jamoasi eng ko'p gol (6) o'tkazib yubordi.

* Eng ko'p ogohlantirish olgan jamoalar: Italiya, Albaniya va Ruminiya (10ta sariq kartochka)

* Avstriya va Albaniya futbolchisi chetlatildi.

* SHimoliy Irlandiya, Portugaliya, Irlandiya va Slovakiya terma jamoalari uchinchi o'rin bilan nimchorak final yo'llanmasini qo'lga kiritishdi.

* Portugaliya guruh bosqichida umuman g'alaba qozonmagan holda (3ta durang) pley-off yo'llanmasiga egaliq qildi.

* Garet Beyl Evropa chempionatida ikki marotaba jarima zarbasidan gol urgan uchinchi futbolchiga aylandi. Unga qadar Mishel Platini (Evro-1984) va Tomas Xessler (Evro-1992) Evropa chempionatida ikki bor jarima zarbasidan gol urgan.

* Germaniya Evropa chempionatlari tarixidagi o'zining 25-g'alabasini nishonladi.

* Angliya terma jamoasi Evropa chempionatlari tarixidagi 10-g'alabasiga erishdi.

* Italiyaning Irlandiyaga qarshi o'yinda imkoniyatni boy bergani ularning Evropa chempionatlaridagi jami 6-mag'lubiyati hisoblanadi. Italiya Evropa chempionatida ko'p ishtirok etgan jamoalar orasida eng kam mag'lubiyatga ega.

* Morataning Xorvatiya darvozasiga kiritgan goli Ispaniyaning Evropa chempionatlaridagi 55-goli sifatida tarixdan o'rin oldi.

* Portugaliya guruhdagi barcha bahsda durang o'ynab Evropa chempionatlaridagi duranglari sonini sakkiztaga etdi va mag'lubiyatlari soni bo'yicha tenglashib oldi. Ayni paytda Portugaliyaning Evropa chempionatlaridagi ko'rsatkichi (15 g'alaba, 8 durang va 8 mag'lubiyat).

* Ushbu Evropa chempionatida faqatgina Ukraina terma jamoasi gol ura olmadi. SHveciyaning yagona kiritgan goli esa avtogol sifatida qayd etildi.

* Ushbu Evropa chempionatida Polsha, Islandiya, Uels, Slovakiya va SHimoliy Irlandiya terma jamoalari dastlabki g'alabalarini qo'lga kiritishdi.

* Garet Beyl (Uels), Armando Sadiku (Albaniya), Ondrey Duda (Slovakiya), Birkir Byarnason (Islandiya) va Garet Makoli (SHimoliy Irlandiya) kabi futbolchilar o'z terma jamoalarining Evropa chempionatidagi birinchi golini kiritishdi va tarixdan joy olishdi.


SHahboz Beg'amov tayyorladi

Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика