So’nggi yangiliklar

23:53ЕЧЛ. "Интер" – "Барселона". Жавоб учрашуви учун таркиблар аниқ!  49 23:43"Реал" Трентни деярли текинга олди. Бу Перес стратегиясининг навбатдаги ғалабаси (мутолаа учун)  0 23:14Айбек Нурбаев: "Бугунги мағлубиятга мен жавобгарман. Ўзгартиришларда хатога йўл қўйдим"  0 22:18"Барселона" Ямал билан янги шартнома имзолайди. Томонлар келишувга эришишга яқин  1 21:46Виртц "Реал" ёки "Манчестер Сити"га ўтишни истамаяпти. У бошқа клубга бормоқчи  6 21:21"Олтин тўп" учун битта ҳақиқий номзод бор" – "Бетис" Винисиус ва Антонининг статистикасини солиштирди  2 20:57Кевин Де Брюйне "Сити"да қолиши мумкин, футболчи янги шартнома имзолашга тайёр  3 20:35Криштиану Роналду ўғлининг Португалия терма жамоасига чақирилганига муносабат билдирди  4 20:10​"Астон Вилла" Мартинес кетса, "Реал" дарвозабонини олиб келмоқчи  1 19:47МЮ сербиялик дарвозабонга қизиқиб қолди  0 19:26Про лига. "Олимпик-MobiUz" Нукусда кичик ғалабага эришди  0 19:05"Реал" скаутлари "Арсенал" – "Борнмут" ўйинида бўлди  3 18:388 ўйинда 8 хато. Суперлиганинг 8-туридаги ҳакамлик фаолияти таҳлили  20 18:14МЮ Рэшфордни сотишга тайёр. Клуб ўз тарбияланувчисини қанчага баҳоламоқда?  5 17:47Ўзга олам вакиллари  8

Evro-2016 paytida oliy ligani ham yodga olamiz (11-tur haqida) Yangiliklar

Evro-2016 paytida oliy ligani ham yodga olamiz (11-tur haqida)

Teglar :  Oliy liga11-tur
Hozir ko'pchilikning etibori Evropa chempionati bahslariga qaratilgan, kimdir Kopa Amerikani ko'rish bilan band.

Bu orada bizda ham oliy liga davom etayotganini unutmaslik lozim. 10-11 iyun kunlari ichki chempionatda 11-tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi.

Dastavval tur natijalarini eslatib o'tsak. 


Neftchi – Qo'qon-1912 – 2:1
Gollar:
SH. Po'latov (43, 63 - penalti) – N. Otaqo'ziev (18)

Bunyodkor – Qizilqum – 2:0
Gollar
: A. Alimpievich (77), B. Nasimov (80)

Metallurg – Andijon – 3:1
Gollar:
M. Toshmatov (22), D. Karimov (75), Z. Abdullaev (77) – I. Isoqjonov (43)

Mashal – Obod – 5:0
Gollar:
SH. Erkinov (40, 52), M. G'ofurov (44, 45+2), Z. Ko'ziboev (75)

So'g'diyona – Paxtakor – 0:1
Gol
: J. Iskanderov (45)

Lokomotiv – Buxoro – 3:1
Gollar:
S. Jeparov (16), M. Xudoyorov (39 - avtogol), S. Mirzaev (61) – B. Pardaev (62)

Navbahor – Nasaf – 2:2
Gollar:
D. Jabborov (81), A. Bahritdinov (84) – D. Bolevich (6), A. Allaniyazov (72)

SHo'rtan – Olmaliq – 4:3
Gollar:
Z. Polvonov (31), E. Boymatov (44), I. Taran (59), A. Omonov (74) – D. Turopov (41), YA. Martinyuk (78), D. Stanoevich (83)



Ko'rib turganigizdek, bo'lib o'tgan sakkizta o'yinning ettitasida g'alaba qayd etilgan va faqat bir uchrashuv durang bilan yakun topdi. Namanganda kechgan "Navbahor" - "Nasaf" 2:2 hisobida tugadi. Qizig'i shundaki, bu uchrashuvda qarshiliklar to 80-daqiqaga qadar 2:0 hisobida zafar quchishayotgandi. Biroq o'yin tugashiga 10 daqiqa qolganida mehmonlar ikkita to'p o'tkazib yuborishdi. Natijada "Nasaf" ketma-ket ikki uchrashuvda durang o'ynadi. "Navbahor" esa o'z maydonida muhim bir ochkoni qo'lga kiritdi deya olamiz.

11-tur bellashuvlarida mehmondan g'alaba bilan qaytgan birgina "Paxtakor" bo'ldi. Avvalgi ikki o'yinda mag'lubiyatga uchragan "Paxtakor" safarda Jamshid Iskandarovning yagona goli evaziga "So'g'diyona"ni mag'lub etib qaytdi. Natijada jizzaxliklar ketma-ket ikkinchi bor yutqazib qo'yishdi. Qolgan uchrashuvlar esa maydon egalarining g'alabasi bilan yakun topdi. Eng yirik hisob "Mashal" - "Obod" bahsida qayd etildi - 5:0. Bu o'yinda "Obod" futbolchilari ikki bor penaltidan foydalana olishmadi. O'yindan so'ng "Mashal" o'z hisobidagi g'alabalar sonini uchtaga etkazib oldi.

G'uzorda kechgan "SHo'rtan" - "Olmaliq" uchrashuvi esa gollarga boy bo'ldi. Bu o'yinda muxlislar ettita gol ko'rishdi. Oliy ligada ketma-ket olti bellashuvda imkoniyatni boy bergan "SHo'rtan" sekin-asta o'ziga kelmoqda. Jamoa oxirgi beshta uchrashuvning faqat bittasida mag'lub bo'ldi va ketma-ket ikki o'yinda g'alaba qozondi. Natijada "SHo'rtan" musobaqa jadvalida 13-pog'onaga ko'tarilib oldi.



Farg'onada bo'lib o'tgan vodiy derbisida ham maydon egalarining qo'li baland keldi. O'z maydonida "Qo'qon-1912"ni qabul qilgan "Neftchi" raqibini 2:1 hisobida mag'lub etdi. Va bu uchrashuvda mezbonlarning har ikkala goli himoyachi SHukurali Po'latov hisobiga yozildi. Andrey Fyodorov boshqaruvidagi jamoa mana endi o'ziga kelayotgan ko'rinadi. Negaki, chempionatning dastlabki turlarida Fyodorov tanqid ostiga olingan, "Neftchi"da hatto bosh murabbiy o'zgaradi degan gaplar tarqalgandi. Ammo rahbariyat murabbiyga ishonishda davom etdi va 6-turdan boshlab ishonch o'z mevasini bera boshladi. Farg'onaliklar qatorasiga oxirgi uchta uchrashuvni g'alaba bilan yakunlashdi.


Toshkentda kechgan ikkita uchrashuv ham maydon egalarining g'alabasi bilan yakun topdi. "Bunyodkor" o'z maydonida "Qizilqum"ni 2:0 hisobida mag'lub etgan bo'lsa, "Lokomotiv" "Buxoro"ni 3:1 hisobida engdi. "Qizilqum" raqibiga 75 daqiqadan sal ko'proq qarshilik ko'rsata oldi, biroq Aleksandr Alimpievichning juda chiroyli zarbasidan so'ng o'yinda hisob ochilgach, navoiyliklarning shashti tushib ketdi. Natijada ikkinchi gol ham o'tkazib yuborildi. "Lokomotiv" - "Buxoro" bellashuvida esa qiziq holat kuzatildi. Bu o'yinda mehmonlar darvozaboni Muhiddin Xudoyorov birinchi taym oxirlarida juda g'alati gol o'tkazib yubordi. Natijada darvozabon bundan tushkunlikka tushib qoldi va tanaffusda Sardor Qobuljonovga almashtirildi.

Yana bir bahs Bekobodda kechdi va bunda "Metallurg" "Andijon"ni 3:1 hisobida mag'lub etdi. 4-o'rinda borayotgan "Metallurg" hozircha o'z maydonidagi barcha uchrashuvlarni g'alaba bilan yakunladi. Bu tomonlama bekobodliklarga qoyil qolsa arziydi. "Andijon" esa safardagi "ananasi"ni davom ettirgan holda yana yutqazib qo'ydi. Safarda oltita uchrashuvda maydonga tushgan "Andijon" hammasida yutqazdi. Natijada jamoa bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov o'z arizasiga binoan istefoga chiqarildi.



15-16 iyun kunlari esa oliy ligada 12-tur bahslari bo'lib o'tadi. Bunda "Nasaf" - "Lokomotiv" bahsi turning markaziy uchrashuvi bo'lishi kutilmoqlda. SHunday ekan, Evropa chempionati va Kopa Amerika bilan birgalikda o'zimizning oliy ligani ham kuzatishda davom etamiz.

Oliy liga, 12-tur uchrashuvlari
15 iyun (chorshanba)
Obod – SHo'rtan
Hakam
: A. Risqullaev (Toshkent)

16 iyun (payshanba)
Paxtakor – Mashal
Hakam:
Z. Qodirov (Navoiy).
 
Qo'qon-1912 – So'g'diyona
Hakam:
O. Tolibjonov (Toshkent)

Buxoro – Neftchi
Hakam
: R. Ermatov (Toshkent)
 
Nasaf – Lokomotiv
Hakam
: H. Ro'ziev (Toshkent)

Qizilqum – Navbahor
Hakam:
SH. Qosimov (Toshkent)

Metallurg – Bunyodkor
Hakam:
V. Serazetdinov (Toshkent)

Andijon – Olmaliq
Hakam
: V. Ceytlin (Toshkent)

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика