So’nggi yangiliklar

12:50ФИФА рейтингида етакчилик қилаётган Бразилия футзал терма жамоаси ҳақида нималар маълум?  1 12:23Барчанинг иштаҳасини очиб юборган 8.5 та ўрин, биз ёлғиз эмасмиз!  5 12:07Пике Ламин Ямалнинг майдондаги хатти-ҳаракатларини эътироф этди   1 11:40Хоселу: "Карвахаль "Олтин тўп"га лойиқ"  1 11:16Яқин ўтмиш юлдузи Хуан Мата "яшил қитъа"га йўл олди  1 10:55Футзал. Бугун дунёнинг энг кучли термасига қарши баҳс олиб борамиз  7 10:27Футзал. Парагвай терма жамоаси Тошкентга етиб келди  2 09:55Жаҳон чемпиони Роналдунинг жамоадошига айланиши мумкин  14 09:26"Реал Мадрид"нинг яна бир асосий таркиб футболчиси ФИФА кунларида жароҳат олди  7 09:10Миллатлар лигаси. Португалия - Хорватия, Роналду терма жамоа сафидаги 131-голини урди  3 08:58Дахшатли нархлар. "Барселона" мухлисларга футболкаларни тарихдаги энг қиммат нархларда сотмоқда   4 08:30ЖЧ саралаши. Аргентина - Чили, Аргентина ўз уйида йирик ғалаба қозонди, Ди Мария терма жамоа билан хайрлашди  4 08:26Машариповнинг голи, Юсуповнинг қаҳрамонлиги. Ўзбекистон - КХДР учрашувидан ГАЛEРEЯ  3 07:59Роналду: "Португалиянинг Евро-2016даги ғалабаси жаҳон чемпионатидаги ғалабага тенг"  32 07:28Миллат қаҳрамонлари! ФИФАнинг энг кучсиз жамоаси тарихида илк бор расмий учрашувида ғалаба қозонди  8

Evro-2016. Guruh bosqichi ramziy terma jamoasi Yangiliklar

Evro-2016. Guruh bosqichi ramziy terma jamoasi

Barcha futbol ishqibozlari katta qiziqish bilan kuzatib borayotgan Evro-2016ning guruh bellashuvlari ham o'z nihoyasiga etdi.

Guruh yakunlariga bag'ishlangan turli xil materiallarni etiboringizga havola etib kelayapmiz. Navbat Evropa chempionati guruh bosqichining ramziy terma jamoasiga etib keldi. Demak, saytimiz ijodkorlari tomonidan tuzib chiqilgan ramziy quyidagicha ko'rinish oldi:

Darvozabon:
Xannes Xaldersson (Islandiya)

Islandiya terma jamoasi azosi Xannes Xaldersson guruh o'yinlarida eng ko'p seyv qilgan darvozabon bo'ldi. Vikinglar yurtidan tashrif buyurgan posbon 3 uchrashuvda jami 19ta seyv qildi. Ayniqsa, birinchi turda Portugaliyaga qarshi bahs Xaldersson uchun yarq etib ko'zga tashlanish imkonini berdi. Ronaldu jamoasi o'sha kuni darvoza tomon 25 bor zarba berishdi, shulardan 10tasi manzilga aniq bo'ldi. Hisob esa 1:1. Islandiyaning dastlabki o'yinda yutqazmasligida eng katta ishni aynan Xannes amalga oshirdi. Keyingi ikki bellashuvda ham u sovuqqonlikni yo'qotmagan holda harakat qildi.



Himoyachilar:
Kamil Glik (Polsha)

Polsha terma jamoasi guruh o'yinlarida o'z darvozasidan gol o'tkazmagan ikki jamoadan biri bo'ldi. Bunda markaziy himoyachi Kamil Glikning xizmati katta bo'ldi. Baland bo'yli Glik himoyada ishonchli o'yin namoyish etdi. "Torino" azosi Evrodan so'ng biror bir top klubga o'tsa ham ajablanmaymiz.

Jerom Boateng (Germaniya)
Guruh bosqichini gol o'tkazmay yakunlagan ikkinchi jamoa - Germaniya. Jerom Boateng stabil o'yini va himoya chizig'ini boshqarishi bilan ajralib turdi. Ukraina bilan o'tgan birinchi tur o'yinida Konoplyankaning zarbasidan keyin darvozaga kirib ketayotgan to'pni qaytarib qoldi. O'sha vaziyat tasvirlangan foto va videolar ijtimoiy tarmoqlarda ancha ommalashdi.
 
Leonardo Bonuchchi (Italiya)
Ramziy terma jamoaga nomzod uchinchi himoyachi "Skuadra adzurra" vakili Leonardo Bonuchchi. Bugungi Italiya himoyasining "miyasi" aynan Bonuchchi hisoblanadi. "Professor" Belgiya bilan o'yinda Jakkeriniga uzoq masofadan zargarona pas bergan edi.



Yarim himoyachilar:
Erik Dayer (Angliya)

U qadar yorqin o'yin namoyish eta olmagan Angliya terma jamoasi tarkibida Erik Dayer yaqqol ajralib turdi. 22 yoshli futbolchi tayanch yarim himoyasida asosiy rolni o'ynadi. Rossiya darvozasiga jarimadan urgan goli esa chiroyli gollar orasidan joy oladi.

Marek Gamshik (Slovakiya)
Slovakiya terma jamoasi tarkibidagi eng yorqin yulduz bo'lgan Marek Gamshik o'zining etakchilik qobiliyatini yana bir bor namoyon qildi. Har bir uchrashuvda jamoa hujumlarining asosiy "quruvchisi" bo'ldi. Igor Akinfeev darvozasiga kiritgan shedevr goliga esa ortiqcha tarif berish shart emas.



Balaj Judjak (Vengriya)
Evroning kashfiyot jamoasi - Vengriya. Vengerlar sardori Balaj Judjak jamoaning "yuragi" ekanligiga guvoh bo'ldik. Dekabrda 30 yoshni qarshi oladigan yarim himoyachi hujumlarni qanot bo'ylab rivojlantirishni maromiga etkazadi, jarima maydonchasiga etkazib beradigan to'plari ham "sifatli". Judjak Portugaliyadek jamoa darvozasiga ikkita to'p kiritdi va Vengriyaning guruhda sensacion tarzda birinchi o'rinni egallashiga ulkan hissa qo'shdi.

Ivan Perishich (Xorvatiya)
Xorvatiya terma jamoasining guruhdan chiqishiga eng katta xissa qo'shgan yarim himoyachi Ivan Perishich bo'ldi. “Inter” azosi birinchi turda Turkiyaga qarshi bahsda juda faol o'ynadi. Ikkinchi turda CHexiya bilan bahsda hisobni ochuvchi golga Perishich mualliflik qildi. So'nggi turda Ispaniyaga qarshi o'yinda Kalinichga golli pas uzatdi va so'nggi daqiqalarda o'zi De Xea qo'riqlayotgan darvozani ishg'ol qilib xorvatlarga irodali g'alaba va guruhda birinchi o'rinni keltirdi.

Dimitri Paye (Franciya)
Guruh bosqichining eng yaxshi futbolchilaridan biri bu shubhasiz Dimitri Paye. “Vest Xem” azosi ilk turdanoq Franciyaning etakchisiga aylanib oldi. Hamma Pogbadan nimadir kutayotganida Paye katta sahnaga chiqdi. Aynan uning goli Ruminiyani mag'lub etdi, uning goli Albaniyani taslim qilishga yordam berdi. SHveycariya bilan o'yinda agar Sissokoning pasidan so'ng darvoza to'sini emas darvozani nishonga olganida Paye yana bir super gol muallifiga aylangan bo'lardi.



Hujumchilar:
Alvaro Morata (Ispaniya)

3ta turda 3ta gol urgan yagona sof hujumchi. Morata faqat CHexiyaga qarshi birinchi o'yinda to'p kirita olmadi xolos. O'sha bahsdagi tanqidlardan keyin Turkiya darvozasiga ikkita, Xorvatiyaga bitta to'p kiritishga erishdi. Morata shunday davom etsa musobaqa to'purari bo'lishi ham mumkin.

Garet Beyl (Uels)
Ushbu musobaqada guruh bosqichining barcha o'yinida gol urgan yagona futbolchi. Evropa chempionati debyutanti Uelsdan ko'pchilik katta natijalarni kutmagandi. Biroq Beyl o'z jamoadoshlarini ortidan ergashtira oldi. “Real” azosi Slovakiya va Angliyaga jarima to'plaridan so'ng gol urishga erishdi. Rossiya bilan o'yinda ham Akinfeev darvozasiga yo'l topa oldi.



Bosh murabbiy: Bernd SHtork (Vengriya)
Yana bir debyutant Vengriya o'z guruhida autsayder deb hisoblangandi. Biroq germaniyalik Bernd SHtork boshchiligidagi Vengriya Avstriyani mag'lub etdi, Islandiya va Portugaliya bilan durang o'ynab keyingi bosqichga guruhda birinchi o'rin bilan chiqishga erishdi. SHtork vatandoshi Andres Myuller bilan birga tandem hosil qilganini ko'pchilik bilmasa kerak. Ajoyib natijalarda aynan Myullerning yordami ham katta bo'lmoqda.


Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика