Evro-2016. Bugungi uchrashuvni boshqaradigan hakamning supermarketlar tarmog'i borligini bilasizmi?
03 iyu 2016 17:54
Yangiliklar
Evro-2016. Bugungi uchrashuvni boshqaradigan hakamning supermarketlar tarmog'i borligini bilasizmi?
Franciya hamda Islandiya o'rtasidagi Evro-2016 chorak final uchrashuvini gollandiyalik hakam Born Kuypers boshqaradi.
43 yoshli referi Radboud University Nijmegen universitetining biznes-boshqaruv yo'nalishini yakunlagan. U otasi bilan C1000 nomli supermarketlar va sartaroshxonalar tarmog'i egasi hisoblanadi.
2011 yilda Kievning "Dinamo" hamda "Braga" o'rtasidagi Evropa ligasi chorak final uchrashuvini boshqargan Kuypers xushtakdan so'ng to'pni tepib yuborgan Andrey SHevchenkoga ikkinchi sariq kartochka ko'rsatib, uni maydondan chiqarib yuboradi. Bu chetlatish ukrainalikning faoliyatidagi birinchi diskvalifikaciyasi edi. O'sha bahsdan so'ng Born Kuypersning yordamchisiga muxlis hujum qiladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar