

43 yoshli referi Radboud University Nijmegen universitetining biznes-boshqaruv yo'nalishini yakunlagan. U otasi bilan C1000 nomli supermarketlar va sartaroshxonalar tarmog'i egasi hisoblanadi.
2011 yilda Kievning "Dinamo" hamda "Braga" o'rtasidagi Yevropa ligasi chorak final uchrashuvini boshqargan Kuypers xushtakdan so'ng to'pni tepib yuborgan Andrey Shevchenkoga ikkinchi sariq kartochka ko'rsatib, uni maydondan chiqarib yuboradi. Bu chetlatish ukrainalikning faoliyatidagi birinchi diskvalifikaciyasi edi. O'sha bahsdan so'ng Born Kuypersning yordamchisiga muxlis hujum qiladi.

