Hakam Kuypers avgustda faoliyatini yakunlaydi. U Evro-2020 finalida ishlagandi

Alisher
29 iyul 2021, 15:28
Futbol hakami Born Kuypers avgustda faoliyatini yakunlaydi.

Kuypers bosh hakam sifatida so'nggi o'yinini 7 avgustda "Ayaks" va PSV jamoalari o'rtasidagi bahsda o'tkazadi.

"Ajoyib bo'lardi. Aytganlaridek, yuqori cho'qqida to'xtatish kerk. Bundan ko'ra yaxshi lahza yo'q", - deydi Kuypers.

48 yoshli hakam Italiya va Angliya terma jamoalari o'rtasidagi Evro-2020 finalida ishladi. Uning faoliyatida shuningdek 2014 yilgi Chempionlar Ligasi finali ("Real" va "Atletiko") va ikki Yevropa Ligasi finali bor.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/Chris78Williams