So’nggi yangiliklar

10:45Испания футболи афсонаси "Ал Насср"га кўчиб ўтишга яқин  2 10:21Бугун ўсмирларимиз халқаро ўртоқлик турнирининг иккинчи туринида майдонга тушишади  0 09:55Sofascore. Алиқулов энг зўри, Турғунбоевчи?  3 09:31Абдуқодир Ҳусанов бугун ўтказиладиган "Анже" – "Ланс" учрашуви қайдномасига киритилдими?  1 09:03Mағлубият кечирилмади! "Ал Насср" раҳбарияти мураббийни ҳайдаб юборди  6 08:36"Байер" эртаги давом этади. Алонсо жамоаси тарихда илк бор Суперкубокни қўлга киритди  4 08:13Суперлига. Бугун Тошкентда дерби, "Бобур Арена"да "Андижон" "Сурхон"ни меҳмон қилади  3 07:25А Серия. "Милан" сўнги дақиқаларда камбек амалга оширди, Мората "Милан"даги биринчи голини урди, 1-тур ўйинлари битта саҳифада  4 06:50ЛаЛига. "Валенсия" - "Барселона" 1:2, Ямалдан ассист, Левандовский иккита урди   0 06:45Туркия Суперлигаси. "Адана Демирспор" - "Ризеспор" 1:2, Алиқулов бурчак зарбасини голга айлнатирди  6 02:34Ла Лига. "Барселона" илк турда камбэк эвазига меҳмонда ғалабага эришди, Левандовскидан дубль!  21 01:49Туркия Суперлигаси. "Ризеспор" меҳмонда "Демирспор"ни мағлуб этди, Алиқулов иккинчи ўйинда ҳам гол урди!  13 01:33Роналду Суперкубокдан сўнг "Ал Насср"га кумуш медаллари бериш маросимида иштирок этмади. Криштиану 1:4 билан тугаган ўйиндан сўнг дарҳол кийим алмаштириш хонасига кетиб қолди  14 00:55"Челси" ва "Атлетико" катта алмашинувни амалга оширишга яқин (Рубен Урия)  4 00:10Роналду клуб миқёсидаги 32та финалдан 10тасини бой берди  6

Evro-2016. "B" guruhi tahlili Yangiliklar

Evro-2016. "B" guruhi tahlili

Franciya yashil maydonlarida davom etayotgan Evropa chempionatining guruh o'yinlari o'z nihoyasiga etdi.

Quyida "B" guruhiga batafsil to'xtalib o'tamiz.

Ushbu guruhning ikki vakili musobaqada debyut qilgan bo'lsa (Uels va Slovakiya), yana ikki vakilining Evrolar tarixidagi eng yaxshi natijasi bronza (Angliya va Rossiya).

"B" guruhida Angliya yaqqol favorit deya etirof etilgan edi, ammo yakunda inglizlarfaqatgina ikkinchi o'rin bilan cheklanishdi. Kutilmaganda Uels yarq etib ko'zga tashlandi va guruhni birinchi o'rinda tugatdi. Slovakiya uchinchi o'rin bilan bo'lsa ham guruhdan chiqishni uddalagan bo'lsa, Rossiya terma jamoasi kutilmaganda juda yomon ishtiroki ila yodda qoldi.

Evro-2016 guruh bahslaridan so'ng o'yinchilarning umumiy statiskasi bo'yicha tuzib chiqilgan o'ntalikda mana shu guruhdan 3 nafar futbolchi joy oldi. Bular Erik Dayer (Angliya), Garet Beyl (Uels) hamda Marek Gamshik (Slovakiya).

Eng ko'p gol urgan jamoa: Uels - 6
Eng ko'p gol o'tkazib yuborgan jamoa: Rossiya - 6
Eng ko'p gol urgan futbolchi: Garet Beyl (Uels) - 3
Eng ko'p golli pas bergan futbolchi: Aaron Remsi (Uels) - 2
Eng ko'p to'g'ri uzatmalar bergan jamoa: Angliya - 89 %
Eng ko'p seyv qilgan darvozabon: Igor Akinfeev - 14
Darvoza tomon eng ko'p zarba bergan jamoa: Angliya - 65
To'p bilan eng ko'p muomala qilgan jamoa: Angliya (foizda) - 57 %



Uels - 6 ochko
Eng yorqin o'ynagan
- Garet Beyl, Aaron Remsi
O'yini chiqmagan yulduz - yo'q

Birinchi turda Uels terma jamoasi Slovakiya bilan bahs olib bordi. Ushbu o'yinda Kris Koulmen shogirdlari katta ustunlik qilishdi deb ayta olmaymiz, teng kurashlar ostida kechgan o'yinda omad Rayan Giggz izdoshlari tomonida bo'ldi. Avvaliga Beyl jarimani qoyilmaqom tarzda ijro etgan bo'lsa, ikkinchi gol qandaydir g'alati kiritildi. Remsi bir qarashda to'pni yo'qotayotgandek ko'ringan vaziyatda bu holat golli pasga aylanib ketdi.

Ikkinchi turda Uels Britaniya derbisida maydonga tushdi. Angliya qarshi o'yinning birinchi bo'limida ular deyarli hech nima qila olishmadi, ammo Beyl 42 daqiqada uzoq masofadan belgilangan jarima zarbasini golga aylantirdi va jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. Ikkinchi bo'limni boshlarida Remsi jamoadoshlari biroz hujum uyushtirishdi, Beyl bo'limni faol boshladi, ammo keyinchalik o'yin nazorati huddi birinchi bo'limda bo'lgani kabi inglizlar qo'liga o'tdi. Yakunda uelsliklar hisobni ushlab qola olishmadi va so'nggi daqiqalarda mag'lubiyatni tan olishga majbur bo'lishdi.

Guruhdagi so'nggi o'yinda esa Uels o'zining eng yaxshi futbolini namoyish etib berdi. Ruslarga qarshi Beyl istaganini qildi, Remsi va Allen markazda "qirol" bo'ldi. Mana shu o'yin tarkibda jahon darajasidagi yulduzning bo'lishi qanchalik muhim ekanligini ko'rsatdi. Beyl va Uels guruh o'yinlarini yuqori notada tugatishdi.



Angliya - 5 ochko
Eng yorqin o'ynagan
- Erik Dayer, Kayl Uoker
O'yini chiqmagan yulduz - Xarri Keyn

Angliya birinchi turda deyarli naqd qilib qo'ygan g'alabasini so'nggi soniyalarda boy berib qo'ydi. Butun o'yin davomida ustunlik qilgan Runi jamoadoshlari ikkinchi golni kiritishni uddalay olishmadi va buning uchun jazolanishdi. O'yinda inglizlar tarkibida Erik Dayer, Kayl Uoker, Raxim Sterlinglar alohida ajralib turishdi. Ueyn Runi markaziy yarim himoyachi joyida yaxshi harakat qildi. O'ng qanotda Uoker, chapda esa Sterling rus himoyachilariga nafas olishga imkon berishmadi. Lekin, birgina vaziyatni boy berilishi jamoani 2 ochkodan maxrum qildi.

Ikkinchi o'yinda inglizlar Beyl jamoadoshlariga qarshi ustunlik qilishdi. Birinchi bo'limdagi ustunlik hisobda aks etmagach Roy Xojson tanaffusdan so'ng Vardi va Starrijni jangga tashladi. Aynan mana shu o'zgarish yakunda murabbiy orasida guruh bosqichidagi eng zo'r "yurish" bo'lib chiqdi. Avvaliga Vardi hisobni tenglashtirgan bo'lsa, hakam tomonidan uchrashuv asosiy vaqtiga qo'shib berilgan daqiqalarda Starrij jamoaga g'alaba keltiruvchi golni kiritdi.

Uchinchi turda esa Xojson asosiy tarkibning 6 nafar o'yinchisiga dam berdi. Slovakiyaga qarshi o'yinda ham oldingi ikki bahsda bo'lgani kabi inglizlar o'yinda biroz ustunlik qilishdi, lekin gol urishga kelganda ha deganda omad kulib boqavermadi. Vardi, Lallana, Klaynlarning xavfli zarbalarini Kozachik bartaraf etdi va o'yinda hisob ochilmadi.



Slovakiya - 4 ochko
Eng yorqin o'ynagan
- Marek Gamshik
O'yini chiqmagan yulduz - Miroslav Stox

Slovakiya birinchi turni yomon o'tkazmagan holda mag'lub bo'ldi. Beylning zargarona jarimasi va Robson-Kanuning daydi goli tufayli jamoa engildi. O'yin bo'yicha esa slovaklar hatto biroz ustunlik qilishdi. Bir vaziyatda Gamshik 3ta o'yinchini aldab o'tib raqib jarima maydonchasiga kirib bordi va zarba berdi, darvozaga kirib ketayotgan to'pni Ben Devis qaytarib qolishga ulgurdi. Agar uchinchi daqiqadagi o'sha vaziyat gol bilan tugaganida o'yin boshqacha davom etishi ham mumkin edi.

Ikkinchi o'yin taqdirini Slovakiya birinchi bo'limning o'zidayoq hal etib qo'ydi. Avvaliga Vladimir Vayss jarima maydonchasida birgina "zamax" bilan Smolnikov va Ignashevichni xot-dog olib kelgani jo'natdi va o'zi to'pni aylanma zarba bilan darvozaga joylab qo'ydi. Keyin esa katta saxnaga Gamshik chiqdi. Birinchi bo'lim yakunlanayotgan bir pallada Marek hech bir darvozabon qaytara olmaydigan zarba bilan shedevr gol muallifiga aylandi. Ikkinchi bo'limning so'nggi 15 daqiqasida ruslar ustunlikni qo'lga olishdi, lekin bu ularga faqatgina bitta to'p kiritishga imkon berdi xolos.

Guruhdagi oxirgi o'yinda Slovakiya inglizlarga qarshi biroz himoyaviy taktika tanladi. Tajribali raqibga qarshi hujumkor o'yin ko'rsatib tavakkal qilishni istamagan murabbiy Yan Kozak o'z maqsadiga erishdi va bir ochkoga ega bo'ldi.



Rossiya - 1 ochko
Eng yorqin o'ynagan
- Igor Akinfeev
O'yini chiqmagan yulduz - Aleksandr Kokorin

Musobaqaning birinchi o'yinida Rossiya so'nggi daqiqadagi gol evaziga kimsan Angliyadan bir ochko tortib oldi. Aslida butun o'yin davomida raqib ustunlik qilgan bo'lsada, ana shu durang natijadan keyin ruslar "salmoqli gap"lar bilan chiqishlar qilishdi. Lekin, keyingi ikki to'qnashuv ularning asl kuchini ko'rsatib berdi. Eng qizig'i, Slovakiya bilan ham, Uels bilan o'yinni ham raqiblar tarkibidagi yulduz futbolchilar hal etishdi. Rus himoyachilari jahon darajasidagi futbolchilarga qarshi chora topa olishmadi. Gamshik, Beyl va Remsilar Rossiya himoya qo'rg'onida istagan qo'shiqlarini kuylab yurishdi. Ayniqsa, Garet Beyl Leonid Sluckiy shogirdlariga qarshi uchrashuvda qanday xohlasa, shunday o'ynadi. Rossiya 2018 yilgi mundial payti o'z maydonida sharmanda bo'lishni istamasa, hozirdan o'zgarishlarga qo'l urishi lozim.


Tolibjon Qosimov 

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика