So’nggi yangiliklar

12:31Мбаппе Роналдуга мурожаат қилди: "У менинг дўстим ва кумирим"  0 12:00TVCOM'да бугунги тақвим: "Атлетико", "Барса" МЮ ва бошқалар  0 11:54"Ливерпуль” "Барселона"нинг собиқ ҳимоячисига қизиқмоқда  0 11:25Криштиану Роналду "Форсаж 11"да  6 10:53"Хоразм" футболчиси ОКМКни танлади  0 10:21Колумбия терма жамоаси юлдузи: "Биз ЖЧни интиқлик билан кутмоқдамиз"  3 09:55Гвардиола кечаги ғалабадан сўнг нималар деди?  1 09:28"Локомотив" собиқ ҳужумчисини ортга қайтармоқчи  2 09:002025 йилнинг энг яхши 100 нафар футболчиси эълон қилинди. Месси ва Роналду ТОП-30дан жой олишмади  14 08:30Килиан Мбаппе "Реал Мадрид" тарихидаги Криштиану Роналдунинг рекордини такрорлади  4 08:02ФИФА "Ал Насср" клубига трансфер тақиқи қўйди  1 07:39Sofascore. Ҳусанов кечаги учрашувдаги ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  7 04:29Франция кубоги. ПСЖ "Фонтене"ни йирик ҳисобда мағлуб этди ва кейинги босқичга йўл олди  0 04:27Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Севилья"ни таслим этди  24 04:24АПЛ. "Эвертон" ва "Арсенал" ўртасидаги ўйин тақдирини пенальтидан урилган гол ҳал қилди  6

Evro-2008 qahramoni - Rushtu Rejber Yangiliklar

Evro-2008 qahramoni - Rushtu Rejber

Turkiya terma jamoasi tarixidagi eng kuchli darvozabon sanaladigan Rushtu Rejber Evro-2008da qahramonlik ko'rsatgandi.


Evropa chempionatlari tarixida o'zini yorqin taraflama ko'rsataga olgan futbolchilar haqida to'xtalamiz.

2008 yilda Avstriya va SHveycariyada o'tkazilgan Evropa chempionatida o'zining ajoyib o'yinlari orqali muxlislar va mutaxassislarning etiborini qozongan Rushtu Rejberning qahramonligi haqida to'xtalamiz.

Turkiya terma jamoasi Evro-2008da yarim finalga qadar bo'lgan yo'lda juda katta muammolarga duch kelgandi. Har bosqichda Turkiya musobaqadan chiqib ketishga juda yaqin qolar va doim o'yinning so'nggi daqiqalarida kiritilgan gol ularni qutqarardi.
Turkiya ushbu Evropa chempionatida yarim finalga qadar borgan.


Turkiya chorak finalda Xorvatiya bilan to'qnash keladi. Masala penaltilar seriyasiga qadar etib boradi. Xorvatiya Rechber darvozasi tomon tepgan to'rtta penaltidan faqat bittasida gol urgan. Dario Srnaning 11-metrlik nuqtadan yo'llagan zarbasi mo'ljalni aniq nishonga olgan. Qolgan uchta zarba Rechberning mahorati tufayli bartaraf etiladi. Aynan Rejber Turkiyani yarim finalga etaklab o'tadi.

Qahramonimiz shu o'yin xususida alohida to'xtalib o'tadi: "Petrichning zarbasidan keyin to'pni qaytarib bo'lgach butun jamoamiz bayramni boshlab yuboraganimiz hamon esimda. Lekin men avvaliga penaltidan gol urolmagan futbolchini yupatish uchun oldiga borgandim. O'sha o'yin va penaltilar seriyasidan keyingi ehtiroslarni so'z bilan ifodalab berish qiyin. G'alabani nishonlayotganimda Ardu adashib meni qulog'imda yaxshigina zarba berib yuborgandi. Bu ham esda qolarli voqea sifatida xotiramda qolgan", - deydi Rushte Rejber.

Final ostonasida Germaniyaga qarshi kechgan dramatik bahsda final "chiptasi" yakunda nemislarga nasib etgandi. Filip Lamning 90-daqiqada kiritgan goli barcha narsani hal etgandi.



Evropa chempionati oldidan ko'pchilik Rushtu Rejberni asosiy darvozabon bo'lishini kutmagandi. Yoshi o'tib qolgani va asosiy tarkibdagi o'rnini o'zining yoshroq raqobatdoshiga yutqazayotgan Rejberga murabbiylar shtabi ishonch bildiradi. Rushtu esa ularning ishonchini ikki hissa oqlaydi. Aynan Rejberning ishonchli harakatlari va ajaobtovur seyvlari orqali Turkiya qita chempionatida shov-shuv ko'tarishga muvaffaq bo'lgandi. Terma jamoadagi faoliyatini tugatish haqida o'ylab yurgan Rechberni keyinchalik yana terma jamoada qolishga ko'ndirishadi va Rushtu 2012 yilga qadar Turkiyaning birinchi raqamli posboni bo'lib qoladi.

Rushtu Rejber Turkiya terma jamoasi tarixidagi eng kuchli kiper sanaladi. Rejber terma jamoa safida 120 uchrashuv o'tkazgan.


Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика