

“Yuventus” bu mavsumda “Inter” tufayli skudettoni qo'lga kirita olmaydi. Milanliklar ilgari Turinda to'p tepgan ko'plab futbolchilarni jamoaga taklif qilishdi. Antonio Konte esa umuman boshqa sayyoradan kelgan murabbiy.
Andrea Pirloga omad tilayman, u mening ajoyib do'stim. “Yuventus”da ko'proq qolib, o'z maqsadlariga erishishini tilayman. Ammo turinliklarning eng katta xatosi bu Allegrini jamoadan chetlatganidir. U aqlli murabbiy. Muxlislar uni jamoani har yili chempion bo'lishiga, Chempionlar ligasiga olib chiqishiga qaramay tanqid qilishda davom etishdi. Ammo ishoningg u hali hamon “Yuventus”ni sevadi”, deydi Evra.



