Evra: "Ronaldu sizni tushlik uchun uyiga taklif qilsa, rad eting"
19 iyu 2018 15:41
Yangiliklar
Evra: "Ronaldu sizni tushlik uchun uyiga taklif qilsa, rad eting"
"Hammaga maslahat bermoqchiman: Krishtianu sizni tushlik uchun uyiga taklif qilsa, rad eting.
U menga shunday degan: "Patris, mashg'ulotdan so'ng mening uyimga boraylik". Rozi bo'ldim, juda charchagan edim. Stolda faqat salat va oddiy tovuq turgandi. Yana suv ham bor edi.
Tanovul qilishni boshladik va bundan so'ng maza qilib go'sht esak kerak deb o'yladim, biroq hech narsa olib kelinmadi. U to'xtaganidan so'ng, to'p bilan biroz fint qilib, menga shunday dedi: "Ketdik o'ynaymiz".
"Oxirigacha eb olay" - deyishimga qaramasdan meni futbol o'ynagani olib ketdi. Futboldan so'ng hovuzda suzdik, keyin jakuzi, sauna.
Unga shunday dedim: "Ronaldu bu erga nega keldik? Ertaga o'yinimiz bormi yoki tushlikka keldikmi?"
SHu sababli Ronaldu uyiga taklif qilsa, bormaslikni maslahat beraman. CHunki u mashina, u uyida ham shug'ullanishda davom etadi" - deydi Evra.
Fikrlar