Evra: "Bu haqiqiy MYU emas"
06 dek 2020 15:14
Yangiliklar


Evra: "Bu haqiqiy MYU emas"
"Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisi Patris Evra jamoaning "Vest Xem"ga qarshi o'yini haqida to'xtaldi.
"Doimgidek eski tarix. Deklan Rays van de Bekning ustidan kulib o'ynaydi. Bouen MYU himoyasini daxshatga soladi. Oddiy paslar, temp yo'q. Bu "Yunayted" emas.
Arbitr tezroq taymni tugatsin deb duo qilib turdim. SHunchaki "Vest Xem" MYUni ezg'ilab tashladi. "Yunayted" esa bunga kech reakciya bildirmoqda", - dedi Evra.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar