Evgeniy Valickiy 90 yoshda!
15 jan 2019 21:32
Yangiliklar
Evgeniy Valickiy 90 yoshda!
Juda ham kamtarin inson bo'lgan Evgeniy Borisovich turli yillarda o'zbek futboliga ko'plab istedodlarni tayyorlab bergan. Ularni nomma-nom sanash shart bo'lmasa kerak.
Valickiy klublardagi murabbiylik faoliyati bo'yicha ham aytishga arzigulik yutuqlarga erishgan. 1999 yili Toshkent viloyatining “Do'stlik” jamoasi bilan O'zbekiston chempioni bo'lgan. Sobiq ittifoq yillarida “Paxtakor” va “Neftyanik” klublarida muvaffaqiyatli ishlagan.
O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan murabbiyi Evgeniy Valickiy 1929 yilning 15 yanvar kuni Toshkent shahrida tavallud topgan. Turli yillarda “Paxtakor” (Toshkent), “Spartak” (Andijon), “Spartak” (Qozog'iston), ”Neftyanik” (Farg'ona), ”Lada” (Tolyatti), ”Navro'z” (Andijon), “Do'stlik” (Toshkent viloyati) klublarida murabbiylik qilgan. Gennadiy Krasnickiy, Stadnik, Birodar Abduraimov, Yuriy Pshenichnikov, Ahrol Inoyatov singari afsonalarni o'zbek futboliga etkazib bergan.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Fikrlar