So’nggi yangiliklar

10:07Клублар ўртасидаги ЖЧ. Ким қанча ишлаб олди?  1 09:30Ўтган мавсумдаги Суперлиганинг "энг яхши ёш футболчиси" фаолиятини водий жамоасида давом эттиради  1 08:53Терма жамоамизнинг яна бир аъзосига Греция ва Ла Лига 2 жамоасидан қизиқиш бор  12 08:19"Реал" ўз тарбияланувчисининг қайтганини эълон қилди  6 07:47Терма жамоамизнинг яна бир аъзоси легионерга айланди. Унинг янги жамоасидаги рақами ҳам маълум  7 07:39Ўзбекистон МТЖ аъзоси Эрон чемпиони билан шартнома имзолайди  9 01:44Жезуш Роналду ҳақида: "Унинг таклифи туфайли "Ал Насср"даман"  13 00:48Тер Штеген ғазабда, клубдагилар уни кетади деб ўйлашяпти, аммо...  7 00:30"Андижон" Валижон Раҳимов билан хайрлашди  3 23:43"Ал Ҳилол" собиқ устози энди "Ал Насср"ни бошқаради  1 23:17"Ньюкасл" "Айнтрахт" ҳужумчиси учун 70 млн. евро таклиф қилди  2 22:34Испания ҳукумати Ямалнинг туғилган кун байрамида карлик касаллиги бор одамларнинг ишга ёлланганини текширишни сўради  9 22:04КЖЧдан сўнг "Олтин тўп" учун ким асосий даъвогар?  75 19:54Грилишнинг янги манзили Туркия бўлиши мумкин  3 19:27Расман: Кенжабоев "Қизилқум"га қайтди  7

Evgeniy Kochnev: “Agar yaxshi taklif bo'lmasa, Bangladesh chempionatiga qaytishim mumkin” Yangiliklar

Evgeniy Kochnev: “Agar yaxshi taklif bo'lmasa, Bangladesh chempionatiga qaytishim mumkin”

Buxorolik yarim himoyachi Evgeniy Kochnev bu mavsumda Bangladesh chempionatida o'tkazdi.

 Futbolchi “Uttarad Baritxa” sharafini himoya qildi. Kochnev mavsum yakunlari va kelgusidagi maqsadlari bo'yicha o'z fikrlarini bildirdi.

- Evgeniy, aslida Bangladeshga yo'l olishingiz qay tariqa amalga oshgandi?


- Mavsum boshida Bangladeshdan bir agent men bilan aloqaga chiqqan edi. U “Uttarad Baritxa” klubidan taklif bo'layotganini aytdi. Borib, sharoitlari bilan tanishib chiqdim. SHu tariqa, klub bilan shartnoma imzolagandim.

- U erdagi faoliyatingizdan qoniqish hosil qildingizmi?


- Albatta. Bosh murabbiy barcha o'yinlarda menga ishonch bildirdi. Klubim safida bir nechta gollarni ham urishga muvaffaq bo'ldim. Umuman olganda, mavsum men uchun omadli tarzda kechdi. Klubimiz yangi jamoa bo'lsa-da, ko'plab jamoalarga yaxshigina boshog'riq bo'ldi.

- Kelgusida ham faoliyatingizni Bangladeshda davom ettirmoqchimisiz?


- Barchasi kelib tushadigan takliflarga bog'liq. Agar birorta yaxshiroq taklif tushmasa, balki yana Bangladesh chempionatiga qaytishim mumkin. CHunki u erdan ham bir nechta jamoalar qiziqish bildirgan.

- Oxirgi yillarda Bangladeshda o'zbekistonlik futbolchilar soni oshmoqda. Bu nima bilan bog'liq?


- CHunki bizning futbolchilar juda yaxshi o'yin ko'rsatishmoqda. Mahalliy yigitlardan bir bosh ustun. SHu jihatidan klublar imkon qadar o'zbekistonlik futbolchilarni jalb qilmoqda.

- O'zimizning klublarimizdan ham takliflar tushmoqdami?


- Har qalay taklif bor. Biroq men o'zimda legioner sifatida to'p tepish istagi yuqoriligi sababli, chetga yo'l olmoqdaman.

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика